Boku – shahar nomi, Salimdan:
Натавон ёфт дили хуш ба ҷаҳон, ей коку,
Чӣ равӣ гоҳ сӯи Ганҷаву гоҳе Боку.
Va qadimiy lug‘atlarda koku so‘zining ma’nosi amaki ekanligi bitilgan [Орзу, 1992:
30]. Darhaqiqat, fors tilida koku, koko va afdar amaki bo’lib, hozirda koko so’zi faol qo’llanadi.
Muallif ayrim so‘zlarning ma’nosini keltirilgan misollar asosida sharhlashga urinadi va
buni uddasidan chiqadi, misol uchun:
Ali(o)qopiy – Sifahondagi maqom (ziyoratgoh) nomidirkim, amirulmo‘minin Aliy
alayhittahiyat ostonasi deb qaror berganlar. Ka’ba hukmidadir, negaki ichi ofatdan emindir. Said
ashraf aytadi:
Ҳайдар, ки дари мадинаи ими набист,
Меҳраш зи ғами ҷаҳон Алии қопист.
Va zohiran qopiy turkchadir va uning ma’nosi hanuz menga zohir bo‘lmagan va
ko‘pincha ostona ma’nosida bo‘lsa kerak [Орзу, 1992: 154].
Ma’lumki ostona so‘zining “bo‘sag‘a, kirish joyi, darvoza, dargoh” [Фарҳанг, 1969:
930] kabi ma’nolari mavjud, bayt mazmunida esa “Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ni ilm shahriga, Aliy
(r.a.) uning darvozasi”ga qiyoslanayapti, shuningdek, turkiy qopu so‘zi ham darvozadir
[Қошғарий, 2017: 170, 154].
Muallif ayrim joy nomlarini keltirib ularning fonetikasi va imlosi haqida ham ma’lumot
beradi, jumladan, Ali(o)qopiy (
ﻠع
ی
پﺎﻗ
ی
), Ko‘chai Mu(i)shkinon (
هچﻮﮐ
ۀ
ﻥﺎنکشﻣ
), Jo‘(av)robod
(ﺩﺎﺑﺍﺭﻮج), Bandari Surat (ﺕﺭﻮﺻ ﺭﺪنﺑ), Jamna (ﻪنمج), Bihor (ﺭﺎهﺑ), Barvaj (
ﺮﺑ
ﺝو ), Bharvj (خوﺮهﺑ) [27]
kabi joy nomlarining talaffuz va imlosi haqida ma’lumot beradi. Qayd etish lozimki, mazkur
431
Bharvaj shahri hindcha so’z bo’lib, “bh” qorishiq undoshini hosil qilish uchun ﺏ undoshi ustida
kichik ﻁ harfi qo’yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |