Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet327/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   323   324   325   326   327   328   329   330   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

Foydalanilgan adabiyotlar 
1. Loghatnâme (Encyclopedic Dictionary). Chief Editors: Mohammad Mo‘in & Ja’far 
Shahidi. Tehran, Tehran Universitiy Publications, 1998-1999. 16 (14) vols. 
2. Алимӣ Ҷ. Ономастика (назария ва амалия) дастури шмӣ-методӣ. – Душанбе, 2017.
3. Баҳриддин Дарвеш «Чароғи ҳидоят»-и Орзу ва забони тоҷикии форсӣ. – Душанбе. 
1992.
4. Бегматов Э., Улуқов Н. Ўзбек ономастикаси терминларииииг изоҳли луғати — 
Наманган, 2006.
5. Йўлдошев Б. “Ўзбек ономастикаси масалалари” танланма фанидан услубий 
қўлланма. — Самарқанд. СамДУ нашри, 2011.
6. Муҳаммадҳусайни Бурҳон. Бурҳони қотеъ (ҷилди 3). – Душанбе, «Адиб», 2014. 
7. Отахонова А. “Фарҳангнома”-и Ҳусайн Вафоӣ. – Душанбе, “Дониш”, 1986.
8. Сироҷуддин Алихони Орзу. Чароғи ҳидоят. –Душанбе. Ирфон, 1992.
9. Фарҳанги забони тоҷикӣ (аз асри Х то ибтидори асри ХХ): – М: Сов. энциклопедия, 
1969. Ҷ. 1. 951 с. Ҷ. 2.
10. Қошғарий М. Девону луғати-т-турк. – Т: Ғафур Ғулом, 2017.
 “IZHORUL HAQ” JURNALIDAGI MAQOLALARNING TIL XUSUSIYATLARI 
LANGUAGE FEATURES OF ARTICLES IN “IZHARUL HAQ” 
MAGAZINE 
Muhayyo To‘rayeva 

 
Annotation. This article provides information about the linguistic features of the 
articles in the magazine "Izharul haq" published during the period of national awakening, 
and the use of words in the articles. 
Key words: renaissance, enlightenment, press, social system, famine, decadence. 
 
Milliy uyg‘onish davri adabiyotimiz tarixida XIX-asrning ikkinchi yarmi – XX asr 
boshlaridagi 50-60 yillik muddatni qamrab oladi. Ana shu davrda chop etilgan matbuot nashrlari 
bugungi matbuot uchun ko‘prik vazifasini bajaradi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. “Hamma oʻz 
tarixini ulugʻlaydi. Lekin bizning mamlakatimizdagidek boy tarix, bobolarimizdek buyuk 
allomalar hech qayerda yoʻq. Bu merosni chuqur oʻrganishimiz, xalqimizga, dunyoga yetkaza 

Olmazor tumani 249-maktab o‘qituvchisi


433 
bilishimiz kerak. Bu markazga kelgan odam tariximiz haqida toʻla tasavvurga ega boʻlishi, katta 
maʼnaviyat olib ketishi zarur” dir prezidentimiz Sh. Mirziyoyev Islom sivilizatsiya markazining 
ochilish marosimida bejizga ta’kidlamadilar. Tarixdan mamlakatimiz aholisi asrlar davomida bir 
necha yozuvlardan foydalanib kelgan. VIII asrdan to 1929- yilgacha arab yozuvidan 
foydalanilgan. 1920-yillarning o‘rtalaridan arab yozuviga keng hujum boshlanadi. Arab yozuvi 
qoloqligimizning, savodsizligimizning, dindorligimizning sababchisi deb e’lon qilinadi. 1929-
1930 o‘quv yilidan O‘zbekiston lotin yozuviga o‘tdi va biz o‘zbek xalqining asrlar davomida 
yaratilib kelingan hamda chop etilgan ilmiy, badiiy va falsafiy adabiyotdan uzilib qoldik. “Izhor 
ul haq” jurnali ana shu davrda chop etilgan manbalardan biridir. “Izhor ul-haq” jurnali “Fuqaholar 
jamiyati” raisi muftiy Sayfiddinxon A'lam va movin Xayriddinxo‘jalar rahnamoligida chiqqan. 
Shuningdek, jurnalga muftiy Muhammad Oxun domla, Eshonxo‘ja Qori domlalar muharrirlik 
qilishgan. Jurnal Cho‘lponning va Abdulla Avloniyning ma‘lumotiga ko‘ra, 5-6 oy davom etgan, 
keyinchalik uning o‘rniga “Bayon ul-haq” jurnali chop etilgan. Ushbu jurnal ham uzoq davom 
etmay tugatilgan. “Izhorul haq” jurnali arab yozuviga asoslangan turkiy tilda chop etilgan. 
Jurnalning 1918 yilda nashr etilgan 18 ta sonida 9 ta adabiyot materiallari bosilgan. Bularning 
aksariyati nazmiy asarlardir. Jurnalda nashr etilgan 7ta she'rdan 6 tasi o‘zbekcha, 1 tasi esa fors-
tojik tilida.
Mualliflardan; Mirmaqsudiy 1ta, Bahriddin al Azmiy al Aziziy 2 ta, Rofea Mo‘miniy 1 ta , 
Fuzuliy g‘azali 1ta, Idora tomonidan imzosiz 1ta she’r e'lon qilingan. She'rlarning ichida eng 
ko‘p uchraydigan g‘azaldir. 
Jurnalda turkiy so‘zlardan tashqari, forsiy, arabiy ba’zi o‘rinlarda ruscha so‘zlar ham 
uchrab turadi: 
a) g‘arazdin - maqsad 
b) bari- pok behojat 
c) tajvizi - joizligi, mumkinligi 
d) mo‘- tamad Ishonchli, asoslanuvchi 
e) iktisob- kasblar 
f) najjor – duradgor 
g) bazzoz-gazlama sotuvchi 
h) juba- yengi uzun ustki kiyim 
i) saxtiyon-teriga ishlov berish 
j) kutubi - kitoblar 
k) hanafiyalar - Hanafiy mazhabi 
l) tasrihlarig‘a - ochiq tushuntirish, bayonot 
m) nazaron e'tiboran 
n) a'zam ra'y - fikr 
o) Zohirur rivoyat - Kitob nomi 
p) tarjih - Afzal ko‘rish 
q) talon-taroj qilish 
r) g‘orat - bosqinchilik qilish 
Nafsi ammora - Nafsi bu maqomda bo‘lgan kimsa Haqni inkor etadi, har doim yomon 
ishlarni qilishni rejalashtirib yuradi. Ammora bosqichi nafsning zulmatdagi bosqichidirki, u 
bosqich faqat tuban axloq manbaidir. Mazammati- Yomon qo‘rilgan qabih ishlarni kabi arab va 
fors tilidagi so‘zlarni uchratishimiz mumkin. 
Jurnaldagi ba’zi o‘rinlardagi xatoliklar keyingi sonlarda to‘g‘irlanganligini ko‘rishimiz 
mumkin. Jurnalning 3-sonidagi “Tasxix” nomli qismida “birinchi numr majallamizda “Iyqoz” 
unvonli maqolada sahvi kotib o‘laroq “ya huv” o‘rnida “yo har” 
Ikkinchi numrda “Aldin alnasixa” unvonli maqolada “buning ila musulmonlar doimo ” 
jumlasi o‘rniga “limning sur’at birlan” jumlasi badal qilinmish. Va ham “xudovandi karim” 
jumlasi tamom yozilmasdin br necha kalima ziyoda qilinub, jumlani tamom qilmishshuni 
tuzatub o‘qulsun.[10, 65]” kabi tuzatishlar ham uchrab turadi.


434 
Bundan tashqari idora tomonidan “Majallamizning 5 chi numrasida (68) chi 
sofhasidagi hadisi sharifda sahvan “و نﻣ مﻟ ضﺮﻳ ” iboratidagi “مﻟ” suqut qilinmish ekan. Shuni 
tuzatub o`qumoqlari qoriʼiynlardin tavsiya qilinur” [11,87] singari tuatishlar keltirilgan.
Ushbu jurnalning o‘rganilishi o‘sha davrdagi tuzum, dinga, adabiyotga bo‘lgan 
munosabatlarni yana bir bora ayonroq bilishimiz uchun xizmat qiladi deb o‘ylaymiz. 
Jurnalda nashr etilgan adabiyot materiallari orasida salmoq jihatdan she'riy asarlar yetakchi 
o‘rinda turadi. 
Mumtoz she'riyatida asosan ishq-muhabbat mavzuida bitilgan asarlar uchrasa, XX asr 
boshida millat dardini ifodalagan, yurt istiqboli uchun qayg‘urish, uning tanazzul girdobiga 
tushganidan iztirob tuyg‘ularini aks ettirdigan, millatni ilm olishga chorlaydigan satrlar bitilgan. 
Quyidagi she’r fikrimizni tasdiqlaydi: 
Vatan avlodi ho g‘ayrat qiling tahsil irfonni 
Maorif bir ziyodurkim qilur tanvir vijdonni 
O‘turma ganj g‘aflatda cholishi kasb ulum ila 
Maorif bir tijoratdur, g‘oniy aylar faqironi 
Badoyi goh sun’ing bilmak istarsen rumuz etin 
Bu yo‘lda ittihot et o‘zingga rahbar dabustonni 
Dabuston o‘lmasa millat, jahon bir dor vaxshatdur 
Dabuston ila vaxshatdin ko‘tardi na’va insonni 
Maorif soyasinda kasb o‘lubdur muncha san’atlar 
Maorifla edub kasbla tamaddun qovma nasroni[8,87] 
Ilm-ma'rifat insonni yuksaltirishi uni tubanlik botqog‘idan qutqarishi, unga barcha 
eshiklarni ochishi, boy bo‘lishiga sabab bo‘lishi kabi g‘oyalar ilgari surilgan, ushbu she’rni 
badiiy jihatdan mukammal deb bo‘lmaydi. Ushbu she’rdagi irfon (arabcha anglash, bilish), 
Tanvir, ganj (arabcha xazina) , g‘aniy (boy), faqiro (fuqaro) so‘zlri keltirilgan. Vatan avlodi 
ya’ni yoshlr ilm olishni, ilmni anglashda g‘ayrat qiling, maorif shunday bir nurki, vijdonni 
poklaydi, ya’ni ilmli isnon o‘zgalarga yomonlik qilishni xohlamydi. Boylik, xazina to‘plashni 
o‘zingga hunar qilib o‘tirma, maorif shunday bir tijoratdirki hamma kambag‘alni boyga 
aylantirib yuborishi mumkin. Dunyo ilmlarini bilishni istasang bu yo‘lda o‘zingga rahbar etib 
maktabni bilgin. Maktab bo‘lmasa millat, john ilmsizlik vaxshatidadir. Maktab insonni ilmsizlik 
vaxshatidan yuksaklikka ko‘targandir. Maorif ya’ni ilm soyasida bir qancha kasblar paydo 
bo‘ldi. Ilmni kasb qilib dinni rivojlantir.
Jurnalda nashr etilgan diniy mavzudagi she'rlar asosan turkiy tilida yozilgan. Diniy 
mavzudagi she'rlar ichida bironta an'anaviy ishqiy va hajviy she'rlar uchramaydi.Chunki bunday 
she'rlar ulamolarning keskin tanqidiga uchragan. 
B. Aziziy qalamiga mansub “Muxtaram Maqsudiy afandig‘a javob” nomli she’rida har 
kimsa harakat va g‘ayrat qilsa , adovat va xiyonatdan xalos bo‘lsa maqsadiga yetadi. Dinga 
bo‘lgan o‘sha davrdagi munosabat, dilida makr xiyla tilida zikr bo‘lgan, o‘z manfaati yo‘lida 
dinini va millatini ham sotadigan kishilar. Ollohning ilmimni ziyoda qilgin deb so‘ra degan 
qavliga amal qilib ilmga ega bo‘lib lekin amal qilmaydigan kishilar, agar Turkiston maorifdan 
gullab yashnashini xohlasang jaholat urug‘ini qirqmoq kerakligi haqida yozilgan. 
Bahriddin al Azmiy al Aziziyning “Tarix” nomli she’rida olam sarvari Muhammad 
payg‘ambarga bag‘ishlangan. E’tiborli jihati she’rning hech bir qismida ul muborak zotning 
ismlari keltirilmagan, lekin
Sarvari ahli tariqat rahnamoyi sodigon 
Kabi satrlar orqali Muhammad payg‘ambar (s.a. v) ga bag‘ishlangani bilishimiz mumkin.
“Izhorul haq” jurnalida chop etish jarayonida nasriy asarlar ham davr ruhidan kelib 
chiqqan holda ma'lum darajada saralangan va shundan keyingina jurnalxonlar e'tiboriga havola 
qilingan. Nazmiy asarlarda bo‘lgani kabi nasrdagi ijod namunalarida ham badiiylikdan ko‘ra 
ijtimoiylik birinchi o‘rinda turgan. 
Jurnalda asosan ijtimoiy tuzum, qimmatchilik, qahatchilik balosidan aziyat chekayotgan 
aholining moddiy ahvoli, atrofdagilar uchun bu odatiy holga aylangani va odamlarning bir biriga 


435 
e’tiborsizliklari, xalq dardini tinglaydigan hech bir zot yuq ekanligi aks ettirillgan hikoyalar va 
she’rlar berilgan. Jurnalfagi har bir xoh diniy xoh dunyoviy masalalarga bag‘ishangan asarlar 
Qur’oni karim oyatlari, hadislar orqali sharhlangan. Jurnaldagi adabiy materiallarning lirik va 
epik janrdan tashqari publisistik yo‘nalishda ham yozilgandir. Sobirjon G‘oniyzoda qalamiga 
mansub “Vatang‘a xitob” maqolasida ilm ma’rifat beshigi bo‘lgan Turkiston, ilmlar majmuasi, 
ma’rifat diyori ma’nolarida bo‘lgan “Buxoro” ismi bilan dunyoga tanilgan, donishmand, avliyo, 
hakim, fozillarni yetishtirib chiqqan, ismoil Buxoriy, mirzo Ulug‘bek, ibn Rushd, Farobiy kabi 
allomalarni yetishtirib chiqqan, tаfsиr, hаdis, fiqh, usul, mаntiq, hikmat, tib, tashrih, falsafa, 
tarix, jug‘rofiya, hayvonot, nabotot, handasa, hay’at, jabr kabi yuzlarcha ilmlar madrasalrda 
o‘qitilgani, keying avlod vakillari ajdodlariga munosib bo‘lolmagani, ilm ma’rifatdan, dindan, 
riyozatdan yiroqlashgani, natijada Turkistonning dovrug‘i pasayganidan tashvish chekkan 
yozuvchining tuyg‘ulari yoritilgan.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, “Izhorul haq” jurnalidagi adabiy materiallarning barchasi 
ham badiiyati yuksak bo‘lmasa-da, o‘sha adabiy jarayonda maydonga kelib, o‘zining yutuqlariga 
erishgan realistik adabiyotning ilk namunalari sifatida qimmatlidir. Milliy uyg‘onish davrida 
chop etilgan jurnallarning aksariyati dinniy masalalarga, millatni ma’naviy qoloqlikdan 
qutqarishga bag‘ishlangan bo‘lib ularning til xususiyatlari bo‘yicha bir qator ishlar amalga 
oshirilgan. 

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   323   324   325   326   327   328   329   330   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling