Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


E-pochta:  mahliyoshavkatjonovna@gmail.com   ORCID ID


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet329/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   325   326   327   328   329   330   331   332   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

E-pochta: 
mahliyoshavkatjonovna@gmail.com
 
ORCID ID: 0000-0002-6849-0603 
Tel: +99899 999-79-53 


437 
holatdagi mavqeini baholashga, o‘rganilayotgan tilga qardosh va qardosh bo‘lmagan tillarning 
leksik jihatdan ta’sirini baholashga imkoniyat beradi[Бафоев, 1983:146]. 
Turkologiya va o‘zbek tilshunosligida turkiy tillar leksikasini mavzuviy guruhlarga bo‘lib 
tahlil qilish borasida E.Fozilov, F.Isxakov, I.Ismoilov, S.Nominxanov, D.Bozorova, B.Bafoyev, 
E.Begmatov, I.Nosirov, H.Dadaboyev, M.Abdulxayrov, B.Abdushukurov, Z.Xolmonova singari 
turkolog va tilshunoslar tomonidan turli tadqiqotlar amalga oshirilgan.
L.Budagovning “Сравнительный словарь турецко-татарских наречий” lug‘ati 
tarkibidagi chig‘atoycha leksemalar yuzasidan mavzu guruhlari bo‘yicha tadqiqiy tahlillar 
amalga oshirildi. Tahlil jarayonida 1917 ta chig‘atoycha leksemalar ijtimoiy-siyosiy, davlat 
qurilishi istilohlari, ma’muriy birlik, harbiy istilohlar, kosmonimlar, urug‘, qavm, qabila nomlari, 
qon-qarindoshlik terminlarikishilarning ruhiy-jismoniy belgilari va unga aloqador so‘zlar, 
somatizm, tibbiy terminlar, savdo-sodiq va unga aloqador ma’noni ifodalovchi, pul o‘lchov 
birligi nomlari, in'om, sovg‘a-salom, hadya va unga aloqador so‘zlar, fiqh va shariat istilohlari, 
diniy, falsafiy-tasavvufiy istilohlar, poetik istilohlar, musiqa istilohlari, gidronimlar, toponimlar 
kabi 38 turdagi mavzu guruhlarga ajratilgan holatda tahlil etildi. Lug‘atdagi chig‘atoycha 
leksemalar tarkibida 30 dan ortiq ijtimoiy-siyosiy istilohlar mavjudligi ayon bo‘ldi.
Ijtimoiy-siyosiy istilohlar: Ijtimoiy hayotning obyektiv ta’siri muhim ekstralingvistik 
omil sifatida ijtimoiy-siyosiy leksikaga oid masalalarni o‘rganishni zaruriyat darajasiga ko‘tardi. 
Shunday ekan, “ijtimoiy-siyosiy tizim taraqqiyoti tilning lug‘at tarkibiga qay darajada ta’sir 
ko‘rsatganini o‘rganish, lug‘aviy birliklarning funksional-semantik tavsifini berish, ularning 
eskirgan, yangi va zamonaviy qatlamlarini, tematik guruhlari va mikrosistemalarini aniqlash
lisoniy va uslubiy xususiyatlarini yoritish ijtimoiy-siyosiy leksika oldida turgan muhim 
vazifalardan sanaladi [Исақова, 2010:7]. Mansab-martaba bilduruvchi terminlar o‘ziga xos 
taraqqiyot bosqichiga ega. Mansab-martaba so‘zlarining shakllanish jarayoni umumiy tengsizlik 
kuchaygan va tabaqalanish yuzaga kelgan davrga borib taqaladi. Mansab-martaba leksikasining 
shakllanish va taraqqiyot xususiyatlari Mahmud Koshg‘ariy lug‘atida, G.Dyorfer, I.Berezin, 
B.Grekov, L.Budagov, N.Xanikov, N.Baskakov, V.Bartold tadqiqotlarida yoritilgan[Холманова, 
2021: 215]. H.Dadabayev XI-XIV asrlar turkiy yozma yodgorliklar tilidagi mansab-martaba 
so‘zlarini maxsus tadqiq qilgan [Дадабаев, 1991: 42-59]. Tubanda L.Budagovning 
“Сравнительный словарь турецко-татарских наречий” lug‘ati tarkibidagi chig‘atoycha 
ijtimoiy-siyosiy istilohlardan ayrimlarini keltiramiz: 

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   325   326   327   328   329   330   331   332   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling