Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Download 5.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bakavul /bukovul
буғрo/ буғри fonetik shakllari “ikki o‘rkachli tuya” semasi ham mavjudligi badiiy parcha
yordamida ma’no ochiqlangan: “Ulki bo‘lg‘ay bug‘ri yanglig‘ulug‘, Yo‘l nechuk, qat’ aylag‘ay bo‘lmay ozug‘” (Lisonut-tayr, 55-2) kabi (ANATIL, I, 343). Hozirgi o‘zbek adabiy tilida buγro/ buγra shaklida ikki xil semada qo‘llangan, O‘TILda ayni semalarga badiiy parchalar taqdim etilgan: 1) aynan buγra shaklida “Faqat bo‘g‘rolar, ya’ni tuyalargina bahorning boshida xavfli bo‘ladi (M.Osim, Karvon yo‘llarida)”, 2) buγrolar shaklida “Qoraxoniylar xoqonligi (X-XI asrlar)ning g‘arbiy qismini xoqon nomidan idora qilgan sulola xonlarining unvoni” (O‘TIL, I, 394). ا َرْغُب ، ناخارْغُب buγraxan, buγro leksemasi L.Budagov lug‘atida ham “Xorazm xonining nomi hamda uning nomiga atalgan lag‘mon taomning nomi” (BD. I, 284) tarzida ayni shu ma’noda keltirilganligi leksemaning davrlar osha ma’nosiga putur yetmaganligini ko‘rsatadi. Eski o‘zbek adabiy tilida “bakavul, oshpaz” ma’nosida bakavul leksemasi faol qo‘llangan leksemalar tarkibida bo‘lgan:“… salotinning xoh razm asbobi uchun ba xoh bazm jihoti uchun mu’tabardur, andoqki … yasovul va bakavul …” “Muhokamatul-lug‘atayn, 19” (ANATIL, I, 198). Bu leksema O‘TIL da ma’no kengayish holatiga guvoh bo‘lamiz. Bakavul/bukovul fonetik shaklining to‘rt semasi qayd etilgan: 1) podshoh, xon va lashkarlarga ovqat tayyorlash ustidan nazorat olib boruvchi, hukmdorga taom tortishdan oldin uni avval o‘zi totib ko‘ruvchi mansabdor; bosh oshpaz (XV asr va undan keyingi davr); 2) Oltin O‘rda xonligida qo‘shinga maosh ulashish, o‘ljalarni taqsimlash singari vazifalarni bajaruvchi yuqori mansabdor; 3) to‘ylarda taom tayyorlovchi oshpaz, pazanda; 4) to‘y va bayram (hayit) munosabati bilan o‘tkaziladigan kurash, poyga, uloq (ko‘pkari) kabi musobaqalarni boshqaruvchi. L.Budagov qayd etishiga ko‘ra, ل ُواَكَب bakavul leksemasi O‘TIL da keltirilgan birinchi ma’noga hamohang “xonga yemakni berishdan oldin ta’tib ko‘ruvchi, saryodagi dasturxonchi lavozimi” (BD. I, 262.) hisoblangan, leksemaning bӧkӓvul hamda bӓkӓül (RSL, 1877) tarzida qayd etilgan o‘rinlar ham mavjudligi orfoepik jihatdan turlicha bo‘lganini ko‘rsatsa, H.Dadabayev lug‘atida šilanči leksemasi bakavul, bosh oshpaz leksemalari bilan sinonimik qatorni tashkil etib, “Muholamatul- lug‘atayn”da o‘z ifodasini topgan: “Mansabda andoqki...yurtchi va shilanchi va axtachi yo‘sunlug‘ ko‘ptur.” (ML, XIV-117.)[ Дадабоев, 2008: 266] kabi. Turk-tatar tillarining ko‘p qirrali solishtirish usuli, ya’ni so‘zlarning o‘zaklarigacha bo‘lgan holda bir so‘z misolida turli tillarda turli ma’no anglatishi va ularning o‘zaro bog‘likligi va to‘ldirib borilishini bir nuqtaga keltirish o‘sha til haqida to‘liq, aniq xulosa qilishga xizmat qiladi. Lug‘atda ko‘pgina turkiy tillar qatori eski o‘zbek adabiy tili (chig‘atoy)da bitilgan manbalarda qayd etilgan ko‘pdan ko‘p so‘z va istilohlarning izohi o‘z aksini topgan. O‘rta Osiyo xalqlarining tili uchun umumiy xususiyatlarni jamlovchi L.Budagov tomonidan tuzilgan “Turk- tatar tillarining qiyosiy lug‘ati”ning tuzilishi, unda aks etgan eski o‘zbek (chig‘atoy)cha so‘zlarni leksik-semantik, tematik nuqtayi nazardan tadqiq etish hamda lug‘atda izohlangan eski o‘zbekcha (chig‘atoycha) so‘zlarning anglatgan semasiga ko‘ra turli lug‘atlardan foydalanib qiyosiy tahlil etish chig‘atoy tilining ayni zamonida O‘rta Osiyoda egallagan o‘rnini ham belgilaydi. O‘zbek lug‘atshunosligining rivojiga munosib hissa qo‘shadi. Download 5.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling