Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet339/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   335   336   337   338   339   340   341   342   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

Key words: Mahmud Koshgari, "Devonu lug`otit-turk", food names, grouping, preserved, 
names of drinks and alcohol. 
 
Barchamizga ma’lumki, tilimizning shakllanishi qadim tarix davrlariga borib taqaladi. 
Ana shu davr mobaynida yaratilgan barcha asarlar tilimizning sofligini aks ettira olishi bilan 
ahamiyatlidir. Ana shunda nodir asarlardan biri bu Mahmud Koshg`ariyning “Devonu lug`otit-
turk” asari hisoblanib, asarda qayd etilgan taom nomlari ushbu maqolamizning asosiy tadqiq 
manbai hisoblanadi. 
“Devonu lug`otit-turk” asari turkiy tillarda mavjud qator so`zlarning izohini yoritishga 
qaratilgan maxsus lug`at hisoblanadi. S. Rustamova ta`biri bilan aytganda: “Devonu lug`otit-
turk” da turklarning hayot kechirishi uchun zarur ashyolarning nomlari, urug`, qabilalarning 
nomlari, faxriy unvonlar, turli lavozimlarning nomlari, oziq-ovqat, yovvoyi va uy hayvonlari, 
parrandalar va yovvoyi qushlarning nomlari, jug`rofiy atamalar, shaharlar, turli kasalliklar 
nomlari, anatomik atamalar, metallar va minerallarning nomlari, harbiy atamalar va ma`muriy 
vazifalarga oid atamalar bor. Turli tarixiy va afsonaviy qahramonlarning nomlari, bolalarning 
o`yin va ermaklari va boshqalarga xos atamalarga boyligi bilan hozir zamon kishisiga XI asrda 
yashagan 
turklarning 
hayot 
tarzi 
haqida 
ma`lumot 
beruvchi 
yagona 
manba 
hisoblanadi”[Wikipedia.org].
Mahmud Koshg`ariyning “Devonu lug`otit-turk” asari tildagi lug`atlar jamlanmasi 
hisoblanib, uni ulkan xazina deb atasak, aslo mubolag`a bo`lmaydi. Sababi, ushbu xazinadan 
tildagi deyarli barcha so`zlar – taom nomlari, harbiy atamalar, tarixiy shaxslar, xalq og`zaki 
ijodining yuksak namunalari o`rin olgan bo`lib, ularni tadqiq etish bugungi kun oldida turgan 
dolzarb masalalardan biri sanaladi. Ushbu asardagi taom nomlarini o`rganish masalasi bizga 
taom nomlarining tarixiy ko`rinishlari, ularning turli xalqlarda turlicha nomlanishga ega ekanligi 
hamda bugungi va qadimgi tildagi taom nomlari borasidagi tafovut va o`xshatishlar haqida 
ko`plab ma`lumotlarga ega bo`lishga imkon berdi. Uyg`ur olimi Xo`ja Ahmad Yunus: “X asrdan 
XII asrgacha bo`lgan oraliqda o`tgan Qoraxoniylar sulolasining gullagan iqtisodiy va yuksak 
madaniy hayotining mahsuli bo`lgan bu asar (turkiy xalqlarning) shu vaqtdagi va undan ilgarigi 
yeyish-ichish madaniyatini tadqiq qilishga asoslangan muhim manba hisoblanadi” 
[Wikipedia.org], – deya Mahmud Koshg`ariyning ushbu asarida yuksak ta`rif bergan edi. 
Darhaqiqat, ushbu ensiklopedik asarda taom nomlariga xos bo`lgan ko`plab so`zlar o`rin olgan 
bo`lib, ularning ma`lum xalqlarda boshqa nom bilan, yana boshqa millatlarda boshqacharoq nom 
bilan yuritilishi, taom tayyorlanish usul va uslublari, oziq-ovqat mahsulotlarining tayyorlanish 
jarayonlari haqida batafsil ma’lumot berilgan. Mahmud Koshg`ariyning ushbu asarida turkiy 
xalqlar taomlariga alohida urg`u beriladi. Unda aytilishicha, turkiy xalqlar taomlari turli-tuman 
bo`lib, ularning o`ziga xos o`xshash jihatlari taom va uning tayyorlanish uslubida ham o`zining 

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti universiteti magistranti 
muhsinjonovashirinoy@gmail.com
 


445 
yorqin ifodasini topgan. Mahmud Koshg`ariyning taomlar haqida jamlagan ma`lumotlaridan 
shuni ham anglash mumkinki, o`troq hayot tarzini kechiruvchi turkiy xalqlarning asosiy taomi 
dehqonchilik mahsulotlaridan, don, meva va sabzavotlardan tashkil topgani oydinlashadi. 
Ko`chmanchi turkiy qabilalarning esa asosiy taomlari sifatida sut va go`sht mahsulotlari 
keltiriladi. Bundan tashqari, ushbu asarda taom tayyorlashda ishlatiladigan uskuna nomlari 
haqida to`xtalingan bo`lib, bu bizga Qoraxoniylar davridagi taom tayyorlashda ishlatilgan 
buyumlarning nomi haqida bilim hosil qilishga yordam beradi.
Mahmud Koshg`ariy “Devonu lug`otit-turk” da aks ettirgan taom nomlari o`ziga xos 
xususiyatga ega hisoblanib, bugungi kunda nutqimizda keng ishlatilayotgan taom nomlarining 
asosiy qismi Qoraxoniylar davriga borib taqalishiga guvoh bo`lishimiz mumkin. Oziq-ovqat 
nomlarining maxsus nomlar bilan atalishi, ularning kundalik yoki marosimlarga oid ekanligi 
ushbu asarda yaqqol aks etgan.
Mahmud Koshg`arining “Devonu lug`otit-turk” asarida keltirilgan taom nomlarini 
umumiy jihatdan ikki yirik guruhga bo`lib o`rganish maqsadga muvofiqdir: 
a)oziq-ovqat nomlarini ifodalovchi leksemalar; 
b)ichimlik va ichkilik nomlarini aks ettiruvchi leksemalar.[Dadaboyev, 2017: 35] 
Yuqorida qayd etilgan taom leksikasiga doir birliklar xususiy jihatdan ham qator 
guruhlarga ajratilib, ularga misol sifatida quyidagilarni keltirishimiz mumkin: 

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   335   336   337   338   339   340   341   342   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling