Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet336/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   332   333   334   335   336   337   338   339   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

Yoz so‘zi ham sof turkiy bo‘lib, uning ta’rifi quyidagicha:
Yoz 1 Yilning bahor bilan kuz orasidagi eng issiq fasli. Laylak keldi-yoz bo‘ldi. 
Dangasaning ishi bitmas, yoz kelsa ham, qishi bitmas. Maqol. • Yoz kechasining yoqimli salqini. 
Ko‘kda daraxtlar ustida g‘uj-g‘uj yulduzlar yonadi. Oybek, Tanlangan asarlar. Kuz keldi-yu
ketdi 
yoz: 
gul, 
maysa 
o‘t 
sarg‘aydi.
H. Po‘lat. Qirqinchi yilning yo‘z pallasi edi. S.Karomatov, Oltin qum. [O‘TIL, 2006. 671] 
“Boburnoma”da ham bu so‘z fasl ma’nosida kelib, asarning ko‘p o‘rinlarida mavjud.  
Bu navbat yoz yog‘inlari jihatidin bu rudqa andoq suv kelibturkim, aslo guzar 
topolmaduk [Boburnoma, 164]. 
Qish. Bu so‘z asarda to‘rt fasldan eng sovug‘ini anglatish uchun ishlatilgan bo‘lib, asarda 
ellikdan ortiq o‘rinda uchraydi. Qish so‘zi hozirgi o‘zbek tilida ham faol ishlatilib kelinmoqda. 
Bir necha kundin so‘ng, bovujudkim, qish o‘rtasi edi, Bodipech yo‘li bila Kobulg‘a 
kelduk . 


442 
Kuz. Ushbu so‘z sof turkiycha bo‘lib, asarda to‘rt fasldan birning nomini ifodalash uchun 
qo‘llanilgan. Hozirgi tilimizda ham ushbu so‘z juda faol qo‘llanilib kelinmoqda.
Havosi bisyor mutaaffindur, kuzlar bezgak ko‘p bo‘lur (4). 
Tun. Ushbu so‘z ham sof turkiy hisoblanadi. Asarda ancha ko‘p ishlatilgan hamda bir 
kecha-kunduzning qismini ifodalashga xizmat qilgan. 
To‘xta Bo‘g‘a sulton yada qilg‘on ekandur. Tun yel qo‘pub, yomg‘ur yog‘a kirishti.
TUN 1 Sutkaning kun botishdan kun chiqqungacha, oqshomdan tongotargacha bo‘lgan 
qismi. Oysiz tun. Tun kapalagi. Oy tunda kerak, Aql kunda kerak. Maqol . Ochil yarim tungacha 
ko‘chalarda tentirab yurdi, yotoqqa borsa, yana tun bo‘yi uxlay olmay chiqishini bilar edi. P. 
Qodirov, Uch ildiz. Kechalari yulduz to‘la osmonga tikilib, tunni tongga ulab, qushlar 
nag‘masidan, suvlar shildirashidan ko‘ngilga allaqanday yupanch izlardi. S. Ahmad, Ufq. 
[O‘TIL, 2006. 606] 
Kecha-kunduz. Bu juft so‘z o‘z qatlamga mansub hisoblandi. Ushbu so‘z asarda 
ishlatilgan bo‘lib, yigirma to‘rt soatdan iborat bir sutkani ifodalshga xizmat qilgan. 
Tushga yovushub edikkim, Ahmad qo‘shchi to‘rt otliq bila G‘avodin Axsi sarig‘a 
borudur. Bir xayol qildimkim, Ahmad qo‘shchini chorlab, va'da va istimolat berib, otlarni 
olalingkim, otlarimiz bir kecha-kunduz harb-u zarbda edi, bo‘g‘uz ham topmaydur edi, xarob 
bo‘lub edi . 
Yosh. Bu so‘z ham sof turkiydir. Ushbu hisob so‘z sanoq sonlardan so‘ng kelib, 
insonning umrini hisoblash uchun keltirilgan. Bu so‘zni ham vaqt ma’nosini bildiruvchi leksik 
birliklarga qo‘shishimiz mumkin.
Yana bir qiz Shahrbonubegim edi, bu dag‘i Nosir mirzo bila bir tuqqon edi, mendin 
sekkiz yosh kichik edi
Tonglasi.  Ushbu so‘z asarda yetmishdan ortiq o‘rinda kelgan bo‘lib, „ertalab“ ma’nosini 
ifodalagan. Hozirgi kunda ushbu so‘z adabiy tilda deyarli ishlatilmaydi, uning „tongla“ varianti 
ayrim shevalarda uchrab turadi, shuningdek, badiiy uslubda ham adiblar tomonidan qo‘llanishini 
uchratishimiz mumkin.
Tonglasi cherikni Qo‘chbekka boshlatib chopqun yiborildi. 
Bu so‘zga O‘TILda boshqacha ta’rif beriladi: 

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   332   333   334   335   336   337   338   339   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling