“Boburnoma” asarida vaqtni bildiriruvchi o‘z qatlamga oid so‘zlar
Zahiriddin Muhammad Boburning memuar asari hisoblanngan va o‘zbek adabiyoti
hamda tili uchun muhim manba hisoblangan “Boburnoma” asarida ham vaqt konseptiga oid o‘z
qatlam, o‘zlashgan qatlamga oid juda chiroyli misollar berilgan. Ular esa o‘z navbatida asar
yaratilgan davr, madaniyat, ijtimoiy hayot haqida ham muayyan tasavvurlar hosil qilisimizga
yordam beradi.
Asarda “vaqt” ma’nosini ifodalash uchun o‘z qatlamga oid juda ko‘p so‘z va birikmalar
qo‘llangan. Jumladan, yil, yoz, qish, kuz, kun, tun, kecha, tong, oy, tush vaqti, tong boshida,
kecha tong otquncha, yosh kabi birliklarni bunga misol sifatida keltirib o‘tishimiz mumkin.
Yil. Ushbu so‘z “jilimoq” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, sof turkiy so‘z
hisoblanadi. Tilshunos olimlarning fikriga qaraganda, hozirgi kundagi yil, ilon, jilmaymoq kabi
so‘zlarning hammasi “jilish” fe’lidan kelib chiqqan. Bu so‘zlarning hammasida “ish-harakatning
asta-sekinlik bilan amalga oshishi” ma’nosi bor. Darhaqiqat, yil ham soniya, daqiqa, soat, tun,
kun, kecha-kunduz, hafta, oylarning asta-sekinlik bilan almashinishi natijasida vujudga keladi.
“Yil” so‘ziga o‘zbek tilining izohli lug‘atida shunday ta’rif beriladi:
1. Yerning
Quyosh
atrofida
bir
marta
aylanib chiqish muddati; o‘n ikki kalendar oyiga teng vaqt, shunday vaqtga teng o‘lchov. O‘tgan
yil. Bu yil. Yilning to‘rt fasli. 2006 yil uchun obuna davom etmoqda. Gazetadan. Bu yil yog‘in-
sochin
ko‘p
bo‘lib,
yer-ko‘k
chamanday
yashnab
ketdi.
S. Siyoev, Yorug‘lik.
2. Biror
hodisa,
voqea
yuz
bergan
kundan
boshlab o‘tgan o‘n ikki oylik vaqt. Uning ishga kirganiga besh yil bo‘ldi. Uchinchi otam bilan
ikki
yilcha
yaxshi
turishdi.
O‘.
Hoshimov,
Qalbingga
quloq
sol.
3 O‘n ikki oylik vaqt bilan xisoblanadigan kalendar tizimi. Milodiy yil. Hijriy yil. Kabisa yili.
Quyosh yili. Oy yili. Qamariya yil hisobi. [O‘TIL, 2006, 268].
“Yil” so‘zi asarda ikki yuzga yaqin o‘rinda ishlatilgan bo‘lib, asosan unda hijriy yil
nazarda tutilgan. Yil so‘zi sanoq sonlardan, olmoshlardan so‘ng qo‘llanilgan. Ayniqsa, o‘shul
olmoshi bilan birgalikda ko‘p qo‘llangan.
Besh-olti yil mening qoshimda bo‘ldi. Mening otimg‘a ham yaxshi qasidalar aytdi. Bebok
va mutlif kishi edi. Chuhra saxlar edi. Hamisha nard o‘ynar edi, qimor qilur edi [Boburnoma,
2012, 189].
Do'stlaringiz bilan baham: |