Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet343/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   339   340   341   342   343   344   345   346   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

suyultirilgan qatiq. 
Qatiq leksemasiga oid “Devon” da qo`llanilgan yana bir birlik “yogurt” 
[Koshg`ariy,1960: 82] hisoblanadi. Ushbu so`zning asosi “yogur-” sanalib, “aralashtirmoq”, 
“qormoq” ma`nolarini anglatadi. Uning “yogrut” shakli ham eski turkiy tilda keng qo`llanilgan. 
Bu so`z asosida yuzaga kelgan birliklar ham asar tarkibidan o`rin olgan: “yogrut udisdi” – qatiq 
uvidi. Bundan tashqari, ushbu so`zning “Qutadg`u bilig” da ham qo`llanilishiga guvoh bo`lamiz: 
qimiz sot ya yon yag yogrut qurut – qimiz, sut yoki jun , yog` yoki qatiq, qurt. “Tarjumon” 
asarida “yagurt” shaklining, “At-tuhfa” da “yogur-/yovur-” ko`rinishining mavjudligi eski 
turkiy tilda bu leksemaning faol qo`llanilganligidan dalolat beradi. Hozirgi o`zbek tilida esa 
“yogrut” leksemasining fonetik o`zgarishga uchragan variant mavjud bo`lib, u “yogurt” deb 
yuritiladi va ma`nosi ham tubdan o`zgarishga uchragan. Wikipedia onlayn lug`atida “yogurt” 
so`ziga quyidagicha ta`rif beriladi: jem, meva konservasi, shokolad, kaka ova boshqa qo`shimcha 
(to`ldirgichlar) aralashtirilgan, qaymoqli kremga o`xshash sut-qatiq mahsuloti. Demak, 


448 
aytishimiz mumkinki, eski turkiy tilda hamda hozirgi kunda nutqimizda qo`llanilayotgan 
“yogurt” so`zi ma`noviy o`zgarish asosida yuzaga kelgan.
Qarluqcha “suzma” ma`nosini anglatuvchi so`z “Devon” da “sogut” deb yuritilgan. 
Qatiqdan tayyorlanadigan mahsulot nomi “qurut” deb yuritiladi va uning bugungi ko`rinishi 
“qurt” hisoblanadi. Bundan tashqari, sut mahsulotlariga oid qaymoq nomining ikki xil ko`rinishi 
keltiriladi. Birinchisi, “qayaq/qiyaq” va ikkinchisi “qanaq”. “Qayaq” so`zini she`riy misra 
yordamida izohlaydi: 
Sedramish olgun qoyaq,
Sarmamis suttan qayaq.
Ya`ni: tariq donlari siyrak bo`lib qolgan. Sutdan qaymoq suzildi, yeyish uchun ikkovini 
birga pishirish kerak. 
Qaymoq so`zining ikkinchi ko`rinishi “qanaq” ma`lum fonetik o`zgarishga uchragani va 
arg`u hamda bulg`or tilida bu so`z tarkibidagi “ya” harfining “nun” ga almashgani haqida muallif 
ma`lumot beradi. Asarda uchraydigan yana bir sutdan tayyorlanadigan mahsulot nomi sifatida 
sariyog`ni keltirishimiz mumkin. U asarda “sag yag” tarzida qo`llanilgan.
Xulosa sifatida aytishimiz mumkinki, Mahmud Koshg`ariyning “Devonu lug`otit-turk” 
asari taom nomlarini tadqiq etish bo`yicha muhim manba hisoblanib, bunda o`z aksini topgan 
birliklarning ayrimlari bugungi kunda tubdan o`zgargan bo`lsa,ba`zilari hozirgi kunga qadar 
o`zining asl ko`rinishini saqlab qola olgan. Ta`kidlash lozimki, asar hozirgi kunda tilimizdagi 
leksemalarning tarixiy holatini tadqiq etuvchi nodir asar sanaladi. 

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   339   340   341   342   343   344   345   346   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling