Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


turna, kaklik, bulbul, qoraqargʻa, čaγrï (lochin), zagʻizgʻon, quzgʻun


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet346/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   342   343   344   345   346   347   348   349   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

turna, kaklik, bulbul, qoraqargʻa, čaγrï (lochin), zagʻizgʻon, quzgʻun kabi qush nomlarini 
keltirishimiz mumkin. Bu qushlar yakka insonlar ayrim hollarda ko‘plab kishilar, ya’ni butun 
xalq yoki guruhning obrazini umumlashtirgan. Bundan tashqari, ularni salbiy va ijobiy turlarga 
ham ajratish mumkin: 
− o‘z ko‘rinishi, ovozi, insonga foydasi yoki zarari jihatidan ijobiy hislatga ega bo‘lgan 
qushlar. Bu qushlar tasvirida hayotdagi ijobiy fazilatlarga ega bo‘lgan insonlar obrazi 
nazarda tutiladi. 
− ko‘rinishi, yoqimsiz ovozi va insonlarga zarari tegadigan qushlar. Bu xildagi qushlar 
o‘zida hayotdagi salbiy insonlar obrazini gavdalantirgan. 


450 
Ayniqsa, bahor madhi va lashkarboshi, sipohsolor qanday xislatlarga ega boʻlishi kerak 
ekanligi haqidagi boblarda adib ajoyib oʻxshatishlarni keltirib oʻtadi. Asar tabdiliga nazar 
tashlaydigan boʻlsak, masalan: 
Chinnigul hidini tarqatibsabo yeli ko‘tarildi, 
Butun olamga qin ipor hidini taratdi. 
Gʻoz, oʻrdak, oqqush, qil quyruqlar osmonni toʻldirib 
Qagʻillashib yuqori va quyini toʻldirib uchmoqda. 
Ushbu birgina baytning oʻzida adib turli-xildagi qush nomlarini oʻxshatish sifatida olgan. 
Asarda Bugʻroxonning taxtga oʻtirishi olamga bahor kelishi ramzi bilan tasvirlangan. Bu qushlar 
gʻozal bahor faslini, qushlar timsolidagi odamlar esa ulugʻ Tavgʻach Bugʻroxonning taxtga 
kelishini quvonch, xursandchilik bilan kutib olmoqdalar. Mana shunday adolatli podshohning 
taxtga kelishi, shak- shubhasiz, xalqqa shodonik keltirgan. Albatta, qushlar tasvirida ijobiy va 
salbiy insonlar obrazi umumlashgan. 
Magʻrur turna koʻkda ovoz chiqarib sayramoqda
Tizilgan tuya karvonidek uchmoqda, qanot qoqmoqda. 
Bilamizki, turnalar navbahor elchilari hisoblanadi. Ular osmonda goʻyoki, tuya 
karvonidek qator boʻlib, elga adolatli shoh kelganligi haqidagi xushxabarni olam ahliga ovoza 
qilmoqdalar.  
Ular qush ovozini sozladi, oʻz eshini chaqirmoqda, 
Goʻyo goʻzal qiz oʻz koʻngil berganini chorlagani kabi. 
 Kaklik yoqimli ovoz bilan sayradi, qah-qahlab kulmoqda, 
Uning qizil ogʻzi qon kabi, qoshi esa qop-qoradir. 
Kaklik ornitonimini misol sifatida olinar ekan, uning yoqimli ovozi adib nazdida xuddiki, 
oshiq-ma’shuqlarning ishqiy kechinmalarini yodga soladi. Yusuf Xos Hojib goʻyoki, 
ma’shuqaning lablaridagi qizillikni, qoshlaridagi qop-qoralikni eslatganday boʻladi. Bu yangilik 
oshiqlar ahliga ham baxt-shodlik olib kelmoqda. 
Gulzorda bulbul ming ovoz bilan sayramoqda, 
Tun-u kun tinmasdan suri ibri chalmoqda. 
Ushbu parchadagi bulbul obrazi yurtdagi hofizlar, mugʻanniylar majozidir. Ular tun-u 
kun ming xil kuylar bilan siyosatli shohning zafarini tantana qilmoqdalar. Ma’lumki, bulbul 
qushlar ichida eng ovozi yoqimli qush sifatida baholanadi. Adib bu sehrli ovozni Isrofil 
surnayining yoqimli kuyiga mengzaydi. 
Qora zogʻ tumshugʻini koʻpirtirib qagʻilladi, 
Uning ovozi dod solib yigʻlayotgan erka qiz ovozi kabidir. 
Yaxshilik va yomonlik doimo yonma yon yurganidek, bunday xursandchilik hammaga 
ham quvonch olib kelmaydi. Qora qarg‘a tumshug‘ini ko‘pirtirib qag‘illaydi, uning ovozi 
go‘yoki, dod solib yig‘layotgan erka, tantiq qizning ovoziga o‘xshatiladi. Shubha yoʻqki, qora 
qargʻa obrazi ulugʻ Bugʻroxonning elga hukmdor boʻlishini xohlamayotganlar, ya’ni gʻanimlar 
toifasining ramzidir 
Asirdan kelgan olam qushlari, 
Ba’zilari hind rajlari, bazilari (rum) qaysarlari toifasidandir.
Ovozasini tez yoyishdi, otini madh etib kuyladilar. 
Sevinchga to‘lib toshib quvonch bilan ovundilar


451 
Bug‘roxonning taxtga ko‘trilishini faqat uning o‘z mamlakatidagi kishilar, jumladan, mug‘anniy 
va hofizlar madh etilib qolmay, uzoq mamlakatlardan uni tabriklash, madh etish uchun 
mehmonlar kelishgan. Bunday manzara yana qushlar obrazi misolida umumlashgan:  
Bunday baytlar asarda juda koʻp oʻrinlarda uchraydi. Bu esa bizga asardagi 
ornitonimlarni tadqiq qilish jarayonida ularning semantik-funksional xususiyatlarini ochishda 
katta xazina boʻlib xizmat qiladi. 
Oʻzini zagʻizgʻondek hushyorroq tutishi kerak, 
Qoya quzgʻuni kabi uzoq-uzoqlarga koʻz yugurtirishi kerak. 
Zagʻizgʻon – hakka boʻlib, bu qush ehtiyotkorligi, hushyorligi bilan ajralib turadi, doimo 
atrofini kuzatib, oʻz uyasini, polaponlarini himoya qiladi.[Oʻzbek tilining izohli 
lugʻati,1981:284]. Aynan shu jihatlarini hisobga olib, muallif zagʻizgʻonni misol sifatida 
keltirgani bejizga emas. Quzgʻun — qargʻasimonlar oilasiga mansub qush. Daraxt, qoya, baland 
inshootlar va boshqalarga uya yasaydi. [Oʻzbek tilining izohli lugʻati,1981:158]. Bundan 
koʻrishimiz mumkinki, quzgʻun baland joylarga, qoyalarga uya soladi va uzoq masofalarni ham 
koʻra oladigan qush. Lashkarboshilar ham sergak, uzoqni koʻra biluvchi, oʻylab, fikr- mulohaza 
bilan ish tutishi nazarda tutilgan. 
Ushbu asarni o‘qish davomida ayrim zoonimlar etimologiyasiga aniqlik kiritildi. 
Masalan, Uluγ tutsa himmat kür arslanlayu, ügi-teg usuz bolsa tünlä sayu – Botir arslon kabi 
himmatini ulug‘ tutsa, tunlari ukki kabi bedor bo‘lsa.Yuqoridagi baytda lashkarboshining 
xususiyatlari ifodalangan bo‘lib, tabdilda baytning ikkinchi misrasi “tunlari bedor onaday bo‘lsa” 
deb izohlangan. Bizningcha, ügi deganda Yusuf Xos Hojib ukki zoonimini nazarda tutgan va 
baytni “Lashkarboshilar ukkidek tunlari bedor bo‘lsa” deb tabdil qilish maqsadga muvofiq 
bo‘ladi. Mahmud Qoshg‘ariy lug‘atida ushbu zoonim ühi shaklida keltirilgan: ko‘p turklar bu 
so‘zni ügi deydilar. To‘g‘risi shudir, chunki turkiy tilda bo‘g‘izdan chiqadigan h 
yo‘qdir.[Хоlmurodova M, 2019:57]. 
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, “Qutadgʻu bilig” asarida qoʻllangan qushlar 
tasviri oʻzbek xalqining ijtimoiy va madaniy hayotida juda muhim oʻrin tutgan va kundalik 
turmushida muntazam munosabatda boʻlingan qushlar nomi boʻlib, ular majoziy ma’noda 
ezgulik va yovuzlik, yaxshilik va yomonlik, toʻgʻrilik va egrilik kabi tushunchalarni ifodalab 
kelgan. Asardagi ornitonimlarni tahlil qilar ekanmiz, biz bunda avvalo, qushlarning harakat- 
holati, xarakter xususiyati, funksional jihati, sharq adabiyotida namunalarida berilgan 
qushlarning ramziy ma’no anglatishini inobatga olgan holda amalga oshirmog‘imiz lozim. 
Oʻzbek tili boʻyicha yaratiladigan izohli lugʻatlarda adib tomonidan qoʻllangan qush nomlari 
etimologiyasini qayd etish, ularning izohini keltirish maqsadga muvofiqdir. Ularni 
madaniyatimiz taraqqiyoti bilan bevosita bogʻliq hodisa sifatida oʻrganish fanimiz uchun 
hamisha dolzarb va ahamiyatlidir. 


Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   342   343   344   345   346   347   348   349   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling