Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Download 5.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Sobirov M. «Boburnoma»ning inglizcha tarjimalarida muallif uslubi va badiiyatini qayta tiklash muammolari. Filol. fan. nom. ... diss. – T.: 2002 454 2. Ibrohimov A.P. «Boburnoma» – buyuk asar. – Toshkent.: Adabiyot va san'at nashriyoti, 2000. 3. Otajonov N. «Boburnoma» jahon adabiy jarayonida: qiyosiy-tipologik tahlil. – T., 1998; Xudojestvenniy perevod i nauchnoe kommentirovanie (na materiale perevodov «Babur-name»). – T., 1972. 4. Hoshimova D.M. «Boburnoma» asarining tanqidiy matnini yaratish muammolari («Boburnoma» tanqidiy matnining yapon nashrlari misolida). Filol. fan. nom. ... diss.– T., 2006. 5. Zahiriddin Muhammad Bobur ensiklopediyasi. – T.: Sharq, 2014. – B.178., 744 b “BОBURNOMA” ASARIDA TABIIY FANLARGA OID LEKSEMALAR TAHLILI ANALYSIS OF LEXEMES RELATED TO NATURAL SCIENCES IN “BOBURNOMA” Shodiya Safoyeva Annotation. In this article, lexemes related to natural sciences in Zahiriddin Muhammad Babur's work "Baburnoma" are analyzed from a lexical-semantic point of view. Zahiriddin Muhammad Babur left his mark on world culture as a talented poet, a subtle creator who deeply understood reality and depicted it in bright lines, a skilled general, a just ruler, the founder of spiritual and educational development, and a great emperor. Text of "Baburnoma" XV-XIV It contains notes on the historical environment, social-political, household system of Central Asia, Afghanistan and India in the centuries. Key words: natural science, lexical-semantic feature, medicine, treatment process, internal disease, external disease. Tarixiy-badiiy manbalar leksikasini o‘rganish yozma asarlar yaratilgan davr adabiy tiliga xos xususiyatlar, lug‘aviy sath taraqqiyoti,leksik birliklar semantikasini yoritishda ahamiyatlidir.Yozma yodgorlikda muayyan davr adabiy tili lug‘at fondining asosiy qismi aks etadi.Shu bilan birga,muallif mahoratining o‘ziga xos qirralari namoyon bo‘ladi.Eski o‘zbek adabiy tilining leksik xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan,ijodkor mahoratining yuksak namunasi bo‘lgan yozma manbalardan biri “Boburnoma”dir. Jahon memuar janrining nodir namunasi hisoblangan “Boburnoma” qomusiy asar sifatida e’tibor topgan. Asarni g‘arb tillariga tarjima qilish XVIII asrdan boshlandi.1737-yilda G.Y.Ker lotin tiliga tarjima qildi.”Boburnoma” to‘rt marta fors va ingliz, ikki marta olmon, fransuz, turk, urdu, bir marta golland, italyan, hind, yapon, polyak, nemis, ispan, uyg‘ur, qozoq tillariga tarjima qilingan.Asarning bu darajada mashhurligi keng ko‘lamdagi mazmuni,tasvir obyekti,betakror uslubi,ifoda tili,ilmiy va badiiy qiymati bilan belgilanadi. “Boburnoma”da XV-XVI asrlar eski o‘zbek adabiy tilidagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, harbiy tizim, maishiy hayotga oid leksik birliklar jamlangan.Shuningdek, Afg‘oniston, Hindiston tabiati, iqlimi, o‘simlik va hayvonot dunyosi, xalqning yashash tarzi, madaniyati, turmush darajasini aks ettiruvchi fors-tojikcha, hindcha so‘zlar o‘z ifodasini topgan. Ushbu asar nafaqat memuar asar, balki turli xil fan sohalarining rivoji uchun ulkan hissa qo‘shgan asar hamdir. Zero, “Boburnoma” asari nafaqat tilshunoslik va adabiyotshunoslik fanlari uchun ahamiyatli, balki etnografiya, tarix, geografiya fan sohalari bo‘yicha qimmatli mana hisoblanadi.Asar mavzular ko‘lamining kengligi bilan ham ajralib turadi.Asarda turli xil fan sohalariga oid leksemalarni uchratish mumkin.Biz bugungi maqolamizda tabiiy fanlarga oid leksemalarning tahliliga nazar tashlaymiz va yoritishga harakat qilamiz. “Boburnoma “asarini lingvistik aspektda oʻrganish yuzasidan Oʻzbekistonda olib borilgan tadqiqotlar mazmunan 3 ga ajratiladi. - “Boburnoma”ning grammatik xususiyatlari tahliliga bagʻishlangan tadqiqotlar; - “Boburnoma”ning ayrim leksik xususiyatlariga doir tadqiqotlar Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti magistranti 455 - “Boburnoma”ning fonetik xususiyatlariga doir tadqiqotlar “Boburnoma” leksikasiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, tarixiy-etimologik jihatdan arab tilidagi so‘zlar salmog‘i 19%, fors-tojikcha so‘zlar 17%, mo‘g‘ucha,hindcha va boshqa tildagi so‘zlar 3% ni tashkil etadi.Asar leksikasi tarkibida turkiy so‘zlar eng ko‘p miqdorda qo‘llangan bo‘lib 61% ni tashkil qiladi. Asardagi tabiiy fanlarga oid leksemalarga e’tibor qaratamiz.Asarning o‘ziga xos tili mavjud. Kitobxon asar bilan tanishish davomida bunga guvoh bo‘ladi, bu esa asar mavqeyining yanada oshishiga xizmat qiladi.Asarda astronomiyaga oid nujum (yulduzlar), tahvil (quyoshning bir Download 5.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling