Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


“Soqtu” [Koshg`ariy,1960: 110] leksemasi ham go`shtdan tayyorlanadigan mahsulot  nomlariga daxldor bo`lib, bunda asos “soq”


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet342/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   338   339   340   341   342   343   344   345   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

“Soqtu” [Koshg`ariy,1960: 110] leksemasi ham go`shtdan tayyorlanadigan mahsulot 
nomlariga daxldor bo`lib, bunda asos “soq” fe`li – kiritmoq, joylashtirmoq, to`latmoq – 
hisoblanadi va ma`nosi quyidagicha izohlanadi : “jigar, go`sht hamda turli dorivorlar bilan 
to`latilib, qaynatib yeyiladigan ichak”.
“Devonu lug`otit-turk” yog` mahsulotlarini ifodalovchi leksemalar ham mavjud bo`lib, u 
yag” [Koshg`ariy,1960: 142] so`zi yordamida izohlangan va “Devon” da “ urug` va o`simlik 
yog`i” deya ta`rif berilgan. Yog`ning turlarini ifodalovchi nomlar sifatida ham qator nomlar 
keltiriladi, xususan, “kunjut yog`i” ma`nosini ifodalovchi leksema “koc yagi” birligi yordamida 
aks ettiriladi. Qo`shimcha sifatida ta`kidlash mumkinki, yog` leksemasi atrofida ko`plab 
assotsiativ birliklar hosil qilingan , jumladan, “yagni erut” – yog`ni eritmoq , dog`lamoq: Ol 
yagni erutti; “yag erusdi, erisdi” – yog` va boshqa narsalar eridi va hokazo. Bundan tashqari
“uz” so`zi ham yog` ma`nosini anglatib kelgan , “uzlug as” birikmasi “yog`li osh, yog`li ovqat “ 
ma`nosini ifodalagan. Bugungi kunda nutqimizda qo`llanilayotgan “yog`” so`zi eski turkiy tilda 
qo`llanilgan “yag” so`zining ma`lum o`zgarishlar asosida vujudga kelgan ko`rinishi hisoblanadi.
Bundan tashqari, “yaqri” so`zi ham “yog`” ma`nosini ifodalagan: “qoy yaqrilandi” – qo`y 
yog`li bo`lib semirdi. Ich yog`iga nisbatan ham “yaqri” leksemasi ishlatilib, quyidagi satr misol 
sifatida keltiriladi:
Pisrilur yaqri qiyaq,
Tosgurur yogri canaq, ya`ni ich yog`i , sardaklar pishirilib, tog`ora, kosalar to`lg`azildi. 
“Devonu lug`otit-turk” leksikasidan o`rin olgan “jir” so`zi “jir, yog`” ma`nosini anglatgan, 
xususan , uni quyidagi misol yordamida ko`rishimiz mumkin: esicta jir yoq – qozonda yog` 


447 
yo`q; bu etta jir yoq – bu go`shtda jir yo`q. Yog` eritilib olingach, qozon tagida cho`kib qolgan 
quyqa “Devon” da “tar” deya nomlangan va uning ma`nosi “yog` quyqasi” demakdir. 
Koshg`ariy “Devon”i turfa xalqlar lug`at boyligini aks ettiruvchi asar hisoblanadi, bir so`z 
boshqa xalqda o`zga nom ila yuritilsa, boshqa xalqda tamoman boshqa ma`no anglatadi. Buni biz 
“yag” so`zi orqali ham kuzatishimiz mumkin, ya`ni ko`plab qabilalar orasida “yag” so`zi “urug` 
va o`simlik yog`i” deya talqin qilingan bo`lsa, o`g`uzlarda ushbu so`z o`zgacharoq ma`no kasb 
etgan , ya`ni “charvi” ma`nosini o`zida aks ettirgan. 
“Devonu lug`otit-turk” da sut va sut mahsulotlarini ifodalovchi leksemalar miqdori boshqa 
mahsulotlar nomlariga qaraganda ko`proqdir. Aytish joizki, eski turkiy tilda qo`llanilgan sut 
mahsulotlari nomlari va bugungi kunda nutqimizda faol qo`llanilayotgan sut mahsulotlariga oid 
leksemalar bir-biriga juda o`xshash yoki ma`lum nutqiy o`zgarishlarga uchrash asosida 
o`xshashlik hosil qilgan. “O`zbek tilining izohli lug`ati” da : “sigir, qo`y, echki va shu 
kabilarning yelinidan sog`ib olingan shunday suyuqlik(ovqat va mahsulot sifatida)”, deya 
izohlangan sut so`zi Mahmud Koshg`ariyning “Devonu lug`otit-turk” asarida “sut” tarzida 
ifodalangan . “Sut” leksemasi asosida hosil bo`lgan mahsulot nomlari ham asar tarkibidan o`rin 
olgan. Sut turlaridan biri sifatida qo`llanilgan “qimiz” [Koshg`ariy,1960: 96] ga asarda 
quyidagicha izoh beriladi: “qimiz, bu yilqi suti bo`lib, uni sano-meshlarga solib achitib 
ichiladi”. Bundan tashqari, dastlabki sog`in olingan sutning nomi ham asardan o`rin olgan va u 
“aguz” deya yuritiladi . Bugungi kunda ushbu sut nomi nutqimizdagi turli shevalarda turlicha 
nomga ega , eski turkiy tilda qo`llanilgan “aguz” nomining hozirda fonetik o`zgarishlarga 
uchragan “ovuz, og`iz, o`g`uz suti” kabi shakllari mavjud. 
“Devon”dan sutdan tayyorlanadigan yeguliklar va dorilar nomlari ham o`rin olgan , 
xususan, “Igduk” [Koshg`ariy,1960: 218] atamasining asarda qo`llanilishiga bevosita guvoh 
bo`lishimiz mumkin, unga quyidagicha izoh beriladi: “sut va qatiqdan ishlangan , suzmaga 
o`xshash, yeyiladigan narsa”. Qatiq va sutning aralashtirilgani, qurtoba ichishdan ichi qotgan 
odamga surgi uchun beriladigan dori sifatida “ipruk” berilishi haqida “Devon” dan ma`lumot 
olishimiz mumkin. Suzma, yangi panir, ya`ni pishloq nomi “uditma” tarzida qo`llanilgan. 
Ushbu “uditma” so`zining bugungi kunda fonetik o`zgarishga uchragan shakli mavjud bo`lib, u 
“ivitma” ko`rinishini olgan. “Ivitma” nomi ham sut mahsulotlariga doir hisoblanib, sutga qatiq 
aralashtirish natijasida hosil bo`lgan qatiq mahsuloti nomiga nisbatan ishlatiladi va u o`zida 
qipchoq shevasi elementlarini aks ettirgan. Surxondaryo viloyatining shimoliy tumanlarida 
ushbu “ivitma” nomi faol qo`llaniladi. Demak, “uditma” va “ivitma” so`zining qiyosiy tahlilini 
amalga oshiradigan bo`lsak, ushbu so`zlarda nafaqat fonetik o`zgarish yuzaga kelganiga, balki 
leksik-semantik jihatdan ham ma`noviy o`zgarish yuz berganiga guvoh bo`lamiz. Hozirda 
nutqimizda faol iste`molda bo`lgan “qatiq” so`zi eski turkiy tilda tamoman boshqa ma`no kasb 
etgan, muallifning izohlashicha, uning ma`nosi “qotishtirish, aralashtirish” demakdir. Ushbu 
so`z bilan assotsiatsiya hosil qilgan birlik sifatida “qatiqliq er” (ovqatga soladigan qatig`i bor 
kishi) birikmasi keltiriladi. Asar davomida qatiq so`ziga ma`lum sifatlashlar ham ishlatilgan 
bo`lib, unga misol sifatida quyidagi birikmani keltirishimiz mumkin: “suvuq/suviq qatiq” – 

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   338   339   340   341   342   343   344   345   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling