Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


TONGLA esk. kt. Ertangi, kelgusi kun. Bugun degani tonglaga to‘g‘ri kelmaydi. Oybek,  Navoiy. [O‘TIL, 2006. 606]. Tong otmoq


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet337/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   333   334   335   336   337   338   339   340   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

TONGLA esk. kt. Ertangi, kelgusi kun. Bugun degani tonglaga to‘g‘ri kelmaydi. Oybek, 
Navoiy. [O‘TIL, 2006. 606].
Tong otmoq. Ushbu birikma asarda tong otquncha, tong otar, tong otib shakllarida 
ishlatilgan bo‘lib, ularning barchasida „ertalab“ ma’nosini anglatgan. 
Yomg‘urluq va qorong‘u kechalari kerak, bu kechalarda bu qushlar sibo‘ va darandalar 
jihatidin tong otquncha tinmaslar va muttasil ucharlar va past ucharlar, qorong‘u kechalarda 
qushlarning yo‘li oqar suvdur, qorong‘uda oqarib ko‘runur . 
Tush vaqti. Ushbu birikma asarda ikki martagina uchraydi hamda peshinga yaqin 
muddatni ifodalaydi. 
Tush vaqtida Sulton Ali mirzo bek-bekotig‘a, yigit-yalangiga, hech kimga xabar qilmay, 
hech kim bila kengashmay, bir necha yovug‘idag‘i kichik-kirim bila Chorraha darvozasidin 
bog‘i Maydong‘a Shayboniyxon qoshig‘a bordi. 
Kecha. Ushbu so‘z o‘z qatlamga mansub bo‘lib, asarning ko‘p joyida uchraydi hamda
„vaqt“ ma’nosini ifodalashga xizmat qilgan. Kecha so‘zi hozirgi kunimizda ham faol 
qo‘llaniladi. 
Qorong‘i kechada o‘z elining o‘qi-o‘q Hasan Ya’qubning qochorig‘a tegib, qochoridin 
burunroq o‘z amalig‘a giriftor bo‘ldi. 
Kecha 1 Sutkaning qorong‘i tushgandan tong otguncha o‘tadigan qismi; tun. Oydin 
kecha. Qorong‘i kecha. Oyimni bir oydan beri ko‘rganim yo‘q. Bir kecha yonida yotishni orzu 
qilaman, — dedi yengillanib Nuri. Oybek, Tanlangan asarlar. Sidiqjon yo‘lga tushish niyati 
borligini aytmasa ham, chol.. bu kecha shu yerda qolishni, erta sahar yo‘lga chiqishni maslahat 
berdi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari . 


443 
2 Biror narsaga bag‘ishlangan, odatda rasmiy va badiiy qismdan iborat bo‘ladigan kechki 
umumiy y i g‘ i l i sh . Mehmonlar bilan vakillarning qizg‘in tabriklari, xayrli tilaklaridan keyin 
kechaning rasmiy qismi tugadi. P. Tursun, O‘qituvchi. Kecha oxirida O‘zbekiston san’at ustalari 
katta konsert qo‘yib berishdi. Gazetadan. 
3 Bugundan oldingi kun. Kecha sizni kutgan edim. Kecha ertalab, shaharni bir aylanib 
kelayin, deb chiqib ketgan. A. Qodiriy, O‘tkan kunlar. Hozir ham vaqt ma’nosi bildiruvchi bu 
so‘zning har uchala ma’nosi ham tilimizda faol qo‘llaniladi. O‘g‘zaki nutqda asosan uchunchi 
ma’no, ya’ni bugundan oldingi kun sifatida keng istefoda qilinadi.
Kun. Bu so‘z ham o‘z qatlamga mansub. Bugungi kunimizda ham faol qo‘llaniluvchi 
bu so‘z asarda juda ko‘p o‘rinda ishlatilgan. Kun so‘zi „Boburnoma“ da asosan sanoq sonlar 
hamda ko‘rsatish olmoshlaridan keyin kelgan. 
Bir kun Asfidak qo‘rg‘onida jami’ ichkilar, misli Do‘st Nosir, Nuyon ko‘kaldosh, 
Xonquli, Karimdod, Shayx Darvesh, Xisrav ko‘kaldosh, Mirim Nosir bori hozir edilar, mening 
qoshimda o‘lturub edilar. 
O‘zbek tilida vaqt konseptining ifodalanishida o‘z qatlamning o‘rni katta bo‘lib, bu 
bevosita millat tarixi, madaniyatiga bog‘liqdir. „Boburnoma“ asari ham o‘zbek tiliga xos 
xususiyatlarni o‘zida jamlagani bilan ahamiyatli sanaladi. Unda uchragan vaqt tushunchasiga 
aloqador leksik birliklarning aksariyati o‘z qatlamga, ya’ni umumturkiy leksikaga mansub 
bo‘lib, bugun ham tilimizda faol qo‘llanadi. Asarda uchragan yil, kun, tun, kecha-kunduz, tong, 
tush kabi vaqtning ma’lum bir qismini bildiruvchi so‘zlar ayni hozir ishlatiladigan ma’noda 
qo‘llanilgan. Bu esa tilimizning, undagi voqea- hodisalar, muayyan tushunchalarning ifodasining 
uzoq tarixga borib taqalishini ko‘rsatadi. Vaqtga oid boshqa tarixiy asarlardagi o‘z qatlamga oid 
so‘zlarni ham aniqlash, tahlil qilish esa bevosita keyingi tadqiqotlarimizda davom etadi.  

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   333   334   335   336   337   338   339   340   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling