Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
PRESENTATION OF TOPONYMS IN THE ANNOTATED DICTIONARY OF
Download 5.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Key words
PRESENTATION OF TOPONYMS IN THE ANNOTATED DICTIONARY OF
SIROJIDDIN ALIKHAN ORZU “CHAROGHI HIDAYAT” I. Jo‘rayev Annotation. This article deals with toponymy, which is a branch of onamastics that studies toponymy, and the presentation of toponymic units in classical dictionaries, as well as the presentation of toponyms in the annotated dictionary of Sirojiddin Alikhan Orzu “Charogi hidayat”. There are 52 toponymic units in the dictionary, and the author explained the characteristics of these units in several ways, including from ethmological, phonetic, morphological and hermeneutic points of view, and expressed his conclusions about the assignment of toponyms in a literary text. The study of toponyms in historical lexicographic sources serves to enrich the toponymic field of linguistics with theoretical and practical information, and also serves to study historical toponymy. Key words: onomastics, toponymy, lexicography, text, allusion, moving meaning, etymology, oikonym. Yunoncha onomastike – so‘zidan olingan va “nom qo‘yish san’ati” degan ma’noni bildiruvchi onomastika hozirda ikki ma’noda qo‘llanadi: 1. Ma’lum bir til, xalq (xalq tili – J.I) tarkibida qo‘llangan barcha atoqli otlarning yig‘indisi. 2. Atoqlqi otlar, ularning shakllanishi va o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganuvchi tilshunoslik sohasi [Бeгматов, 2006: 60]. Bizga ma’lumki, nomshunoslik (onomastika)ning geografik joy nomlarini o‘rganuvchi sohasi toponimika bo‘lib, u, o‘z navbatida, agronimlar (maydon, sath, kengliklar nomi), gidronimlar (suv havzalari, inshootlari va unga bog‘liq nomlar), gidrotoponimlar (okean, dengiz, daryo, ko‘l va suv havzalari nomlari), makrotoponim (aholi yashamaydigan katta hududlar nomi), mikrotoponim (aholi yashamaydigan kichik joylar nomi), oykonim (turarjoy, maskan va mahalla nomlari), godonim, (yo‘l, mahalla va ko‘cha nomlari), nekronim (qabriston, maqbara nomlari), urbonim (shahar nomlari), oronim (tog‘ nomlari) kabi turlarga bo‘linadi [Алимӣ, 2017: 127]. B. Yo‘ldoshev taniqli tilshunos olim B.V.Gornungning “atoqli otlar har bir til lug‘at sostavining tarkibiy qismi sanaladi hamda tilshunoslik sohalaridan biri bo‘lgan leksikologiyaning o‘rganish obyektidir. Shu sababli tilshunoslarni toponimlarni til materiali sifagida o‘rganishdan mahrum etish, cheklash mumkin emas. Shu bilan birga, toponimik materialning xususiyatlarini o‘rganishga tarixchining ham, geografning ham, etnografning ham haqqi bor”, – degan asosli fikrini keltiradi [Йўлдошев, 2011: 28]. Shuni ham qayd etish kerakki, onomastik birliklarni o‘rganish bevosita leksikografning ham vazifasi hamda izohlash jarayonidagi zarurati hisoblanadi. Negaki ma’lum davrda yaratilgan ilmiy, tarixiy va badiiy asarlarda uchragan onomastik birliklarda diaxronik o‘zgarish yuzaga keladi. Bu jarayonda mazkur nomlarning tarixiy shakli, etimologiyasi, semiotik va semasiologik sabablari yoinki nomlanish sabablari (vajhi tamsiya)ni o‘rganish jarayonida leksikograflarning ham katta xizmati mavjud. Mashhur olimlardan biri: “Yer sharida bitilgan eng qadimiy tarix bu – joy nomlaridir”, – deganida nechog‘lik haq ekanligini bilish uchun joy nomlari anglatgan ma’nolarni yuzaki bilishning o‘zigina kifoya, lekin bu har doim ham to‘g‘ri bo‘lavermaydi. Misol uchun: Samarqand shahri yaqinidagi qishloqlardan biri bo‘lgan Motrud tarixiy manbalarda Matrid//Motrid//Maturit//Moturid kabi shakllarda qayd qilingan. Bu qishloqning nomi tarixchi olim Sanoiy (XII asr), arab sayyohi Yoqut Hamaviy (XIII asr) asarlarida ham uchraydi. Motrud so‘zining etimologiyasi haqida dastlab fikr bildirgan olim B.Valixo‘jayev o‘z maqolasida Siyob arig‘i qadimda Motrud arig‘i deb nomlangan, chunki Motrud va Siyob (Siyohob) so‘zlari orasida Doktorant, Sharof Rashidov nomidagi SamDU, jorayevilyos1@gmail.com 428 ma’no jihatdan yaqinlik bor, degan edi. Olimning fikriga ko‘ra, “mot” so‘g‘dcha so‘z bo‘lib, u bir necha ma’noni, ya’ni “qoramtir”, “qora”, shuningdek, “hayratga solmoq, hayajonga keltirmoq, mot qilib qo‘ymoq” ma’nolarini bildiradi. “Rud” so‘zi esa “ariq”, “daryo” ma’nosini anglatadi. Shunga ko‘ra, “Motrud ” so‘zi “qoramtir”, “hayratga soluvchi, hayajonga keltiruvchi” ma’nolarini beradi. Qoramtirlik tufayli keyinchalik “Siyob (Siyohob)” – “Qorasuv” tarzida nomlanishiga sabab bo‘lgani ehtimoldan xoli emas. Toponimist olim N.Begaliyevning fikricha, “mot//mat” so‘zi o‘rta asr fors tilida “mat” va “modar” shakllarida qayd qilinib, “ona” ma’nosida ekanligi ko‘rsatilgan. Demak, Motrud//Matrud so‘gdcha so‘z bo‘lib, “Ona daryo” ma’nosini beradi. Bunda suvning ilohiy va muqaddas hayotiy manba ekanligi hisobga olingan [Йўлдошев, 2011: 34]. Yoki “Toshkent” so‘zini lingvistik metodda o‘rganganda, birinchi bo‘lib “tosh shahar” tushunchasi anglashiladi (hatto bu so‘z bilan bog‘lab izohlagan tadqiqotlar ham bor, (Beruniy ham mazkur ma’noda izohlagan), aslida esa, bu so‘z Chosh (Choch), Shosh shakllaridagi fonetik o‘zgarishga uchragan Chosh (hosildor yerli, xirmon joyli hudud) va kent (shahar) so‘zlaridan hosil bo‘lgan. Yoinki Surxon vohasining tog‘li qishloqlaridan birining nomi bo‘lgan Xo‘jadiyak qishlog‘i marhum tilshunos A.Omonturdiyev tomonidan “Xo‘jadiyak (xoja + deha (qishloq) + ak (cha) – xo‘jalar qishlogi. Mazkur qishloqda hozira xo‘jalar avlodi bo‘lgan xalq yashaydi” kabi izohlangan. Sirtdan qaraganda shunday, ammo mazkur qishloq ahli bu toponimni: 1) “o‘ndan bir (ushr) solig‘ini yig‘ib oluvchi, ushrning xo‘jayini, egasi” laqabini olgan avliyo zot (aytishlaricha, keyinchalik muhtojlarga ehtiyojiga ko‘ra ulashgan); 2) u kishi dafn etilgan hamda shu nom asosida nomlangan qabriston (Xojadiyak ato) asosida paydo bo‘lgan toponim; 3) shuningdek, boshqa atrofdagi qishloqlarga imom, peshvo, din ahli vakillarini va rohbarlarni “yetkazib” beruvchi, ya’ni xoja (xo‘ja) + dehak – xo‘ja beruvchi degan so‘zlar asosida qo‘shni qishloq vakillari tomonidan berilgan maqom deya ta’kidlaydilar. Qishloqning tarixini o‘rganganda ikkinchi qarashning to‘g‘ri ekanligini kuzatishimiz mumkin. Shuni ham qayd etish lozimki, mazkur qishloqda eshon (ular) – sayyidlar avlodi ham yashaydi va ular o‘zining go‘zal axloqi va taqvodorligi bilan qishloq ahliga o‘rnak sanaladi hamda qishloq ahli (qo‘shni qishloqlar ham) ularni o‘ziga pir deb biladi, ammo qishloqning nomlanishida ularning ta’siri yo‘q. Aytish mumkinki, lug‘atlarda joy nomlari haqida izoh berilishi eng qadimiy lug‘atlar bilan bog‘liq. Jumladan, bu jarayon fors tilida “Lug‘ati furus”, turkiy tillarda “DLT” bilan bog‘liqdir. Bu kabi an’analarni keyinchalik yaratilgan barcha tarixiy lug‘atlarda, jumladan, biz tadqiq etayotgan Sirojiddin Alixon Orzuning “Charog‘i hidoyat” lug‘atida ham kuzatishimiz mumkin. Bu leksikog‘rafik manbada ko‘pgina joy nomlari: davlat, shahar va mahallalar; tog‘ va suv havzalari nomlari berilgan bo‘lib, ularning aksariyati hozir ham shu ilgarigi nom bilan yuritiladi. Shuni ham qayd etish kerakki, mazkur lug‘atda berilgan ko‘pgina toponimlar badiiy va ilmiy asarda uchragan bo‘lib, Hinduston ahli vakillari uchun tushunarli bo‘lishi nuqtayi nazaridan izohlangan. Lekin bu Eron, Afg‘oniston va Movorounnahr xalqlari uchun muhimligini yo‘qotadi degani emas. Negaki aksar so‘zlar Eron va Xuroson hududidagi joy nomlari bilan bo‘liq. Qayd etish lozimki, mazkur joy nomlari ma’nosini bilmasdan matnlar ma’nosini to‘la anlash mumkin emas. Lug‘atda 52 ta toponim berilgan bo‘lib, ularni quyidagicha guruhlash mumkin: 1. Download 5.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling