Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


O‘RXUN-ENASOY BITIKLARIDAGI MUDOFAA BILAN ALOQADOR TERMINLAR


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet312/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

O‘RXUN-ENASOY BITIKLARIDAGI MUDOFAA BILAN ALOQADOR TERMINLAR 
TERMS RELATED TO DEFENSE IN ORHUN-ENASOY INSCRIPTIONS 
Ma’rufjon Dustmurodov 
*
 
 
Annotation. Determining how the system of military terms and titles in the Turkish 
kaghanate was formed, their origin, and etymological apects will further clarify the state 
traditions of the ancient Turks, as well as the developments in the military terminology system of 
modern Turkic languages. In this article, the terms related to military defense in the inscri’tions 
of Orhun-Enasoy are studied from a semantic-functional and etymological ‘oint of view. 
Key words: terminology, military terms, Orhun-Enasoy inscriptions, Turkish kaghanate, 
defense. 
Qadimgi turkiy tildagi harbiy termin va unvonlarni diaxron aspektda atroflicha o‘rganish 
nafaqat til tarixi, balki qadimgi turklarning davlatchiligi, boshqaruv an’analari va harbiy qurilishi 
uchun ham katta ahamiyatga ega bo‘lib, ularning ijtimoiy tuzilishi hamda xoqonlikda keng 
foydalanilgan istilohlar tizimini ham ochib beradi. Toshmatnlardagi harbiy mudofaa bilan 
bog‘liq terminlar guruhi yaγï [yov, dushman]; tıl [josus, asir, ma’lumot yig‘ish uchun asirga 
olingan shaxs]; qarγun [dushman hujumidan ogohlantiruvchi inshoot; post, patrul]; körüg 
[kuzatuvchi, nazoratchi, razvedkachi], tuγ [to‘siq; g‘ov]; kabi terminlarni o‘z ichiga oladi.
yaγï istilohi Ko‘k turk, Uyg‘ur, Enasoy va Oltoy bitiklarida uchraydi. Xususan, Kul Tegin 
matnidagi quyidagi gapda ifodalangan: “täŋri bulgakın üçün yaγı boltı” [KT, 4]. Manbalarda 
asosan ushbu termin “dushman, notanish va raqib” degan ma’noni anglatadi. Eng qadimgi turkiy 
istilohlardan biri bo‘lgan ushbu terminning 50 o‘rinda va uning o‘zakdoshlari hisoblanmish 
yaγïsïz – “dushmansiz”, yaγïčï – “jangchi”, yaγïla – “jang qilmoq”, yaγïd – “dushman bo‘lmoq” 
terminlarining bitiklarda 30 o‘rinda qo‘llangani uning qadimgi turkchada qanchalik faol 
iste’molda bo‘lganligidan dalolat beradi [Shirin, 2015: 153]. yaγï eski o‘zbek adabiy tili 
obidalarida ham keng qo‘llangan. Istiloh “Devoni lug‘otit-turk”da jaγï – “dushman” [DLT, III: 
11-16], “Qutadg‘u bilig”da jaγï – “dushman”, jaγïlïγ – “dushmanli”, jaγïlïq – “dushmanlik”, 
jaγsïz – “dushmansiz” shakl va ma’nolarida uchraydi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida “dushman” 
ma’nosida qo‘llanuvchi yov istilohi jaγïning fonetik o‘zgargan shakli hisoblanadi [Rahmatullaev, 
2000: 160]. Hozirgi o‘zbek tilida “dushman” ma’nosidagi yog‘iy [O‘TIL, II, 2008: 58] va “urush, 
jang holatidagi qarshi tomon, dushman, g‘anim [1]; qarama-qarshi maqsaddagi kishi; dushman, 
raqib [2] ma’nosidagi yov shaklida [O‘TIL, II, 2008: 22] qayd etiladi. Ko‘rinadiki, har ikki 
leksemaning semalari mushtarak. Bu ikki so‘z tarixan bir leksemaning ikki varianti hisoblanadi. 
Jumladan, yåv so‘zida bo‘lgani kabi ikkinchi bo‘g‘inlardagi -agi [ag‘i] yoki -agu [ag‘u] > -av 
*
Mustaqil izlanuvchi. E-mail: maruf_dust@mail.ru 


417 
o‘zgarishi o‘zbek tilida tez-tez uchraydi: birägü > biräv > birov; küdägü > küyäv > küyov; 
karagı > kırav > kırov
[Yilmaz, 2000: 267]. yaγı so‘zida ham huddi shu jarayon kuzatilgan. 
Hozirgi o‘zbek tilida yov so‘ziga aloqador quyidagi leksemalar mavjud: yovgarchilik 1. jang, 
urush holati. 2 dushmanlik, g‘animlik, o‘zaro adovatda bo‘lishlik; yov-yov yov hujumi, urush, 
jang; yovlamoq hujum qilmoq, bostirib bormoq; yovlik yovgarchilik; yovuz 1. o‘taketgan 
yirtqich; ashaddiy. 2 dushman, yov; yov-yaroq qurol-aslaha, qurollar; yovqur hech narsadan 
qo‘rqmaydigan; jasur, botir, mard; yovqurlik botirlik, mardlik, jasurlik; yovchi [yog‘chi] 
[ko‘chma ma’noda] sovchi. 
“asir, ma’lumot yig‘ish uchun asirga olingan shaxs” ma’nosini ifodalovchi tıl istilohi 
Ko‘k turk yozuvlaridan To‘nyuquq bitigida uchraydi: “kälmäz ärsär, tïlïγ sabıγ alï olur tädi” 
[To‘n, 32]; “tïlïγ kältürdi sabı” [To‘n, 36]. Ushbu o‘rinlarda tıl so‘zining ma’no ko‘chish 
hodisasiga uchragani yaqqol namoyon bo‘lgan. Donuk [Donuk, 1988: 104] hamda Gul [Gul, 
2014: 79] tıl so‘zini “urushda dushman tomonidagi yangiliklar uchun ushlab turilgan odam, asir 
va josus” sifatida tushuntiradi. Ushbu so‘zning harbiy termin sifatidagi ma’no va vazifasi XI asr 
va undan keyingi matnlarda xususan, hozirgi o‘zbek harbiy terminologiyasida ham o‘z aksini 
topgan. Jumladan, DLTda tıl istilohi josus sifatida izohlanadi: јag‘ıdan tıl tuttı – dushman 
josusini tutib oldi” [DLT, II: 148-3]. “Qutadg‘u bilig” muallifi jangovar harakatlar 
boshlanishidan oldin g‘anim tomonidan asir olishning ahamiyatini alohida tahkidlaydi: 
Qatïγlanγu ašnu til alγu keräk, bu tildin yaγï qïlqï bilgï keräk [DTS, 559]. til istilohi Bobur 
Mirzo harbiy-idora tizimida ham faol qo‘llanilgan. CHunonchi, “Bobournoma”dagi til tuta 
yibormoq iborasi “ayg‘oqchilikka yubormoq” [Muhammadiyeva, 2021: 19] ma’nosida 
qo‘llangan. 
Bitiklarda “qaramoq, ko‘rmoq, nazar tashlamoq” mahnosidagi kör= fe’lidan hosil 
bo‘lgan körüg derivati “ayg‘oqchi, josus” ma’nosini ifodalagan: “körüg sabï antaγ: toquz oγuz 
bodun üzä qaγan olurtï tär ...” [BX, 9]. Istiloh keyingi davr obidalarida qayd etilmaydi.
Qadimgi turk bitiktoshlarida harbiy istehkom tushunchasiga aloqador terminlardan qarγun Bilga xoqon 
va To‘nyuquq yodgorliklarida aks etgan: “Säläŋä qodï yorïpan qarγun qïslata äbin barqïn anta 
buzdum” [BX, 37]. Ushbu satrdagi qarγun istilohi “dushman hujumidan ogohlantiruvchi harbiy 
istehkom; soqchixona” ma’nolarida kelmoqda. Temuriylar tomonidan Xitoyga elchi qilib yuborilgan 
G‘iyosiddin Naqqoshning safarnomasida qaraγu haqida dushman hujum qilganda chegara harbiy 
qismlarining o‘zaro tutunli olov bilan bir-biriga xabar berishiga xizmat qiluvchi baland mudofaa 
inshooti mazmunida ma’lumot berilgan. Ushbu qaydlar nisbatan keyingi davrga tegishli bo‘lsa-da, harbiy 
inshoot qadimda ham xuddi shunday vazifa bajargan, deb aytish mumkin [Samarqandiy, 2008: 428; 
Dadaboyev, 2018: 170-173]. V.Tomsen ushbu so‘zni qarag‘ın shaklida o‘qib, qarag‘ 
[talonchilik],  [egalik qo‘shimchasi], -n [tushum kelishigi qo‘shimchasi] shaklida morfemalarga 
ajratgan. V.Radlov va P.Melioranskiy qurg‘an [qo‘rg‘on], S.Malov qarag‘ın shaklida o‘qigan, 
lekin S.Malov qarag‘ [zo‘r] asos, -ın vosita kelishigi shaklida tahlil qilgan [Abdurahmonov, 
1982: 136]. Hozirgi o‘zbek tilida ushbu so‘zga ma’no jihatdan yaqin qaroqchi “yo‘lto‘sar” va 
qarog‘ “qorachiq” leksemalari mavjud. Qolaversa, o‘zbek tilida faol qo‘llaniladigan qo‘rg‘on 
leksemasining kelib chiqishi ham qarγu bilan bog‘liq. O‘zbekistonning ko‘pgina toponimlarida 
saqlanib qolgan ushbu so‘z O‘TILda “1. o‘rta asrlarda qalin va mudofaa devori bilan o‘rab 
qurilgan, asosan, bir darvozali shahar-qal’a”; “2. qal’a, shahar, qo‘rg‘on va shu kabilarni 
mudofaa qilish uchun qurilgan mustahkam devor” ma’nolarida izohlangan. Xullas, qo‘rg‘on va 
qarg‘u leksemalarini shakliy o‘xshashlik bilan birga “mudofaa ishnooti” mushtarak semasi 
birlashtirib turibdi. Shuningdek, To‘nyuquq bitigida “qorovul, qo‘riqchi” ma’nolaridagi qarγu 
termini ham qo‘llanilganki, bu so‘z yuqoridagi qarγun istilohi bilan bevosita aloqadordir. 
“Yälmä, qarγu ädgüti urγïl, basitmä! – tämiş” [To‘n, 34]. Mahmud Koshg‘ariy “Devonu lug‘otit-
turk”da qarγu[y] haqida shunday yozadi; “qarg‘uy – tog‘ cho‘qqisiga yoki baland yerlarga minoraga o‘xshatib 
yasab qo‘yiladigan joy. U yerda o‘t yoqilishi bilan dushmandan xabar beriladi va odamlar o‘zlarini ham, 
mollarini ham qutqarishga harakat qiladilar” [DLT, III: 260]. Bu o‘rinda qarγu istilohini “qorovul, 
qo‘riqchi”, qarγun ni “qo‘riqchi minorasi” sifatida tushunish to‘g‘ri bo‘ladi.


418 
Bitiklardagi yerči “yo‘lboshlovchi” istilohi muayyan hudud jo‘g‘rofiyasini yaxshi 
biladigan shaxsga nisbatan qo‘llanilgan. Termin yer so‘ziga qadimgi turkiy tilda ham shaxs ot 
yasovchi -či affiksini qo‘shish orqali yasalgan. Toshbitiklarda harbiy ta’minot bilan bog‘liq 
azuqı – “askar[lar] ozig‘i, yemagi” va at  “askar[lar] oti, ulovi” terminlari mavjud: “biziŋ sü atï 
turuq, azuqq yoq ärti” [KT, 39]. Matnlardagi mudofaa inshooti bilan bog‘liq ma’noni 
ifodalashga xizmat qilgan terminlardan biri tuγdir. tuγ termini “to‘siq, g‘ov” ma’nosida 
To‘nyuquq matnida aksini topgan: “on tünkä yantaqq tuγ äbirü bardïmïz” [To‘n, 26]. Ushbu 
leksemani uning omonimi, ya’ni “bayroq” ma’nosini anglatgan tuγ bilan chalkashtirmaslik 
kerak. 
Qadimgi turkiy til leksikasini tematik jihatdan keng planda ilmiy tadqiq etish hozirgi o‘zbek tilida 
qo‘llanilayotgan bir qancha leksemalarning semantik-funktsional va etimologik jihatlarini oydinlashtirishda 
muhim ahamiyat kasb etadi. 

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling