Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Download 5.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- I . O‘ZBEK TILSHUNOSLIGI VA TILSHUNOSLIKNING NAZARIY MASALALARI O‘ZBEK TILI – O‘ZBEK MILLATINING BUYUK QADRIYATI!
of international cooperation”.
The articles are devoted to the historical development of the Uzbek language, Turkology, dialectology, lexicology, and modern branches in Uzbek linguistics. The articles inform about the historical roots of the Uzbek language, study linguistic views in classical sources, research in modern linguistic branches based on an integrative approach such as sociolinguistics, linguoculturalology, psycholinguistics, neurolinguistics, cognitive linguistics, pragmalinguistics, linguopoetics, linguofolkloristics, linguodidactics, computer linguistics, corpus linguistics, it was noted that conducting research, analyzing the problems of language theory and applied linguistics, and translation studies is of urgent importance in increasing the prestige and position of the Uzbek language as a state language. This collection directs linguistic issues to the research of the history and current development of the Uzbek language on the basis of harmony and integration. This collection is intended for professors, teachers, doctoral students, researchers, graduate students and all interested people. Discussed at the meeting of the Council of the Tashkent State University of Uzbek Language and Literature named after Alisher Navoi on august 25, 2022 and recommended for publication (Protocol №. 1). 4 I . O‘ZBEK TILSHUNOSLIGI VA TILSHUNOSLIKNING NAZARIY MASALALARI O‘ZBEK TILI – O‘ZBEK MILLATINING BUYUK QADRIYATI! O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi milliy tilni har tomonlama takomillashtirishga zamin yaratdi. O‘zbek tili huquqiy asoslarining yaratilishi negizida milliy tilning mavqeyini yuksaltirish, tilga munosabat, tilga e’tibor, tilga hurmat tuyg‘ularini yanada turg‘unlashtirish maqsadi yotadi. Davlat tiliga munosabat, unga amal qilishning ijtimoiy-siyosiy ahamiyat kasb etishi o‘zbek tilining ijtimoiy funksiyasi yanada kengayishini ta’minladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan "O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi, “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlarning e’lon qilinishi, o‘zbek tilini rivojlantirish chora-tadbirlarining belgilanishi, davlat tilini rivojlantirish konsepsiyasi va yo‘l xaritasining ishlab chiqilishi o‘zbek tilini takomillashtirishning yangi bosqichi sifatida muhim ahamiyat kasb etdi. O‘zbek tilining xorijiy til sifatida o‘rganilishiga e’tibor kuchaydi. O‘zbek tili bayramining boshqa mamalakatlarda ham nishonlanishi bu tilning qo‘llanish doirasi kengayishini ta’minladi. O‘zbek tilshunosligida kognitiv tilshunoslik, psixolingvistika, kompyuter lingvistikasi, korpus lingvistikasi kabi yangi yo‘nalishlar shakllandi, shu sohalar doirasida tadqiqotlar amalga oshirildi. O‘zbek tilining izohli lug‘ati, terminlar lug‘ati, imlo lug‘atlari takomillashtirildi. Turkiy so‘zlarning nom sifatidagi doirasini kengaytirish, turkiy so‘zlar miqdorini oshirish, milliy tilning asosiy lug‘at fondini o‘z qatlam so‘zlari hisobiga boyitish masalasi kun tartibiga qo‘yildi. Umumta’lim jarayonida savodxonlikka, ona tili va adabiyot ta’limiga, tildan foydalanish ko‘nikma, malakalarini hosil qilishga alohida e’tibor qaratila boshladi. O‘zbek tilini o‘qitish tizimini milliy pedagogika negizida, xorij tajribasi asosida yangilash, zamon talablariga mos adabiyotlar sinfini yaratish, innovatsion texnologiyalarni qo‘llash dolzarb masalalar sirasiga kiradi. O‘quvchilarda lingvistik, nutqiy, kasbiy, kommunikativ, axborotni qabul qilish, o‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyasini shakllantirish borasida loyihalar amalga oshirilmoqda. O‘zbek tilida bilimlarni baholash, avtomatik tahrir, tarjima, til o‘rgatish dasturlarini yaratish, “O‘zbek tilining Milliy korpusi”, ko‘p jildli “O‘zbek shevalari lug‘ati”, “Turkiy arxaizmlar lug‘ati”ni tuzish ustuvor vazifalardan biridir. Davlat tilida turli bosqichlar va darajalardagi sinovlarni joriy etish, ishga qabul qilishda davlat tilini bilish, savodxonlik darajasini tekshiruvchi tizimni ishlab chiqish ehtiyojga aylandi. Til millatning mavjudligini belgilaydigan buyuk qadriyatdir. Ona tilini e’zozlash, qadrlash, serqirra imkoniyatlarini, so‘z boyligini borligicha saqlash, takomillashtirish, davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini oshirish har birimizning muqaddas burchimizdir. Tili bor ekan – millat barhayot! Download 5.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling