Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

of international cooperation”. 
The articles are devoted to the historical development of the Uzbek language, Turkology, 
dialectology, lexicology, and modern branches in Uzbek linguistics. The articles inform about 
the historical roots of the Uzbek language, study linguistic views in classical sources, research in 
modern linguistic branches based on an integrative approach such as sociolinguistics, 
linguoculturalology, psycholinguistics, neurolinguistics, cognitive linguistics, pragmalinguistics, 
linguopoetics, linguofolkloristics, linguodidactics, computer linguistics, corpus linguistics, it was 
noted that conducting research, analyzing the problems of language theory and applied 
linguistics, and translation studies is of urgent importance in increasing the prestige and position 
of the Uzbek language as a state language. This collection directs linguistic issues to the research 
of the history and current development of the Uzbek language on the basis of harmony and 
integration.
This collection is intended for professors, teachers, doctoral students, researchers, graduate 
students and all interested people.
Discussed at the meeting of the Council of the Tashkent State University of Uzbek 
Language and Literature named after Alisher Navoi on august 25, 2022 and recommended for 
publication (Protocol №. 1). 



I . O‘ZBEK TILSHUNOSLIGI VA TILSHUNOSLIKNING NAZARIY MASALALARI 
 
 
O‘ZBEK TILI – O‘ZBEK  MILLATINING BUYUK QADRIYATI! 
O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi milliy tilni har tomonlama takomillashtirishga 
zamin yaratdi. O‘zbek tili huquqiy asoslarining yaratilishi negizida milliy tilning mavqeyini 
yuksaltirish, tilga munosabat, tilga e’tibor, tilga hurmat tuyg‘ularini yanada turg‘unlashtirish 
maqsadi yotadi. Davlat tiliga munosabat, unga amal qilishning ijtimoiy-siyosiy ahamiyat kasb 
etishi o‘zbek tilining ijtimoiy funksiyasi yanada kengayishini ta’minladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan "O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi 
nufuzi va mavqeyini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi, “Mamlakatimizda o‘zbek tilini 
yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 
farmonlarning e’lon qilinishi, o‘zbek tilini rivojlantirish chora-tadbirlarining belgilanishi, davlat 
tilini rivojlantirish konsepsiyasi va yo‘l xaritasining ishlab chiqilishi o‘zbek tilini 
takomillashtirishning yangi bosqichi sifatida muhim ahamiyat kasb etdi. O‘zbek tilining xorijiy 
til sifatida o‘rganilishiga e’tibor kuchaydi. O‘zbek tili bayramining boshqa mamalakatlarda ham 
nishonlanishi bu tilning qo‘llanish doirasi kengayishini ta’minladi. O‘zbek tilshunosligida 
kognitiv tilshunoslik, psixolingvistika, kompyuter lingvistikasi, korpus lingvistikasi kabi yangi 
yo‘nalishlar shakllandi, shu sohalar doirasida tadqiqotlar amalga oshirildi. O‘zbek tilining izohli 
lug‘ati, terminlar lug‘ati, imlo lug‘atlari takomillashtirildi. 
Turkiy so‘zlarning nom sifatidagi doirasini kengaytirish, turkiy so‘zlar miqdorini oshirish, 
milliy tilning asosiy lug‘at fondini o‘z qatlam so‘zlari hisobiga boyitish masalasi kun tartibiga 
qo‘yildi. 
Umumta’lim jarayonida savodxonlikka, ona tili va adabiyot ta’limiga, tildan foydalanish 
ko‘nikma, malakalarini hosil qilishga alohida e’tibor qaratila boshladi. O‘zbek tilini o‘qitish 
tizimini milliy pedagogika negizida, xorij tajribasi asosida yangilash, zamon talablariga mos 
adabiyotlar sinfini yaratish, innovatsion texnologiyalarni qo‘llash dolzarb masalalar sirasiga 
kiradi. O‘quvchilarda lingvistik, nutqiy, kasbiy, kommunikativ, axborotni qabul qilish, o‘z-o‘zini 
rivojlantirish kompetensiyasini shakllantirish borasida loyihalar amalga oshirilmoqda. O‘zbek 
tilida bilimlarni baholash, avtomatik tahrir, tarjima, til o‘rgatish dasturlarini yaratish, “O‘zbek 
tilining Milliy korpusi”, ko‘p jildli “O‘zbek shevalari lug‘ati”, “Turkiy arxaizmlar lug‘ati”ni 
tuzish ustuvor vazifalardan biridir. Davlat tilida turli bosqichlar va darajalardagi sinovlarni joriy 
etish, ishga qabul qilishda davlat tilini bilish, savodxonlik darajasini tekshiruvchi tizimni ishlab 
chiqish ehtiyojga aylandi. 
Til millatning mavjudligini belgilaydigan buyuk qadriyatdir. Ona tilini e’zozlash, qadrlash, 
serqirra imkoniyatlarini, so‘z boyligini borligicha saqlash, takomillashtirish, davlat tili sifatidagi 
nufuzi va mavqeyini oshirish har birimizning muqaddas burchimizdir. 
Tili bor ekan – millat barhayot! 

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling