Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Download 5.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)
Foydalanilgan adabiyotlar 1. Айдаров Т. Проблемы диалектной лексикологии и лингвистической географии. - Алма-Ата: Рауан, 1991. 2. Афлетунов А. Ш. Из методики проведения наблюдений над говорами среднего диалекта татарского языка // Вопросы диалектологии тюркских языков. – Баку, 1960. 3. Ashirboyev S. Oʻzbek dialektologiyasi. – Tashkent: Nodirabegim, 2021. 4. Велиев А. Г. Вопросы методики проведения наблюдений над говорами тюркских языков // Вопросы диалектологии тюркских языков. – Баку, 1960. 5. Гаджиева Н. З. Проблемы тюркской ареальной лингвистики. – Москва: Наука, 1975. 6. Решетов В. В., Шоабдураҳмонов Ш. Ўзбек диалектологияси. – Тошкент: Ўқитувчи, 1962. 7. Расулов Р. Умумий тилшунослик. – Тошкент : ТДПУ, 2010. 8. Усмонов С. Умумий тилшунослик. – Тошкент: Ўқитувчи, 1972. O‘ZBEK TILIDA UNLILAR MASALASI THE ISSUE OF VOWELS IN UZBEK Inomjon Azimov Annotation. The article analyzes the study of historical phonetics, the issue of synharmony and the amount of vowels in the Uzbek language, and the opinions of linguists in this regard. The opinions of scientists on the issue are summarized and the author's scientific conclusions are stated. Key words: phonetics, synharmonism, phoneme, vowels, short vowel, long vowel, dialect, dialect, stem, syllable. Ma’lumki, tarixiy fonetikani tadqiq qilish o‘rganilayotgan davr tili unli, undoshlarini o‘rganish, tahlil qilish, zarur ilmiy xulosalar chiqarish muammoli masalalardan hisoblanadi, chunki o‘sha davrda unli, undosh tovushlarning talaffuzi, ularning miqdorini aniqlashning bevosita imkoni yo‘q. Bu haqda tilshunos olim H.Ne’matov shunday yozadi: “Turli taraqqiyot davrlarida yozilgan asarlar tilining fonetik xususiyatlarini qiyoslash asosida esa o‘zbek tili fonetik sistemasining taraqqiyot yo‘lini aniqlash mumkin. Lekin biz o‘tmish davrlar talaffuzini bevosita kuzatish imkoniyatidan mahrummiz. O‘z navbatida, yozuv ham talaffuzni to‘la-to‘kis Filologiya fanlari nomzodi, dotsent, Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU, Inomjon66@mail.ru 10 aks ettirmagan, shu sababli tarixiy fonetikani o‘rganish katta to‘siqlarga uchraydi” [1:6]. Shu sababli o‘zbek tiliga oid yozma yodgorliklar lingvistik jihatdan kam o‘rganilgan, bularning ko‘pchiligi bo‘yicha ilmiy-tanqidiy matnlar yaratilmagan, ayrimlarining esa, hatto, ommaviy nashri ham yuzaga kelgan emas. Bu hol o‘zbek tili tarixi bo‘yicha darslik va qo‘llanmalar yaratish ishida ma’lum qiyinchiliklar tug‘diradi [2:3]. Shunday bo‘lsa ham, o‘zbek tilining tarixiy fonetikasi bo‘yicha ma’lum ishlar qilingan. Download 5.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling