Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


i, ы va eski o‘zbek tili (XV— XIX asrlar) yozma manbalarida o‘nta unli tovush: a, ā (o)


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

i, ы va eski o‘zbek tili (XV— XIX asrlar) yozma manbalarida o‘nta unli tovush: a, ā (o), ə, e, o, 
ө, u, γ, i, ы mavjud. Eski turkiy hamda eski o‘zbek tili yozma manbalariga arab, fors-tojik 
so‘zlari o‘zlashgan, bu so‘zlar tarkibidagi unlilar turkiy til qonunlariga moslashgan” [13:45]. 
Ko‘rib turganimizdek, Q.Mahmudov ham eski turkiy til va eski o‘zbek tili yodnomalari tilida “e”
alohida fonema sifatida iste’molda bo‘lganini e’tirof etgan. Shu bilan birga, G‘.Abdurahmonov, 
A.Rustamovlarning “ə” fonemasining bu davr tilida mavjud emasligi haqidagi fikrlariga 
qo‘shilib bo‘lmaydi, chunki singarmonizm qonuniyatining mavjudligi, o‘z-o‘zidan a-ə juftligini 
talab etadi. Hatto mualliflar o‘zlarining yuqoridagi fikrlariga zid holda, “ə” fonemasining 
mavjudligini e’tirof etadilar: “Haqiqatda esa XV asr o‘zbek adabiy tilida “ə” yumshoq o‘zak 
hosil qilib, “a” va “Ͻ” lar asosan qattiq o‘zak hosil qiladi. Tarkibida “q” va “g” tovushlari 
bo‘lgan “a” li so‘z oxirida “k” tovushi bo‘lgan “Ͻ” li so‘zlarga ham affikslarning yumshoq 
variantlari qo‘shiladi [10:15]. 
Ͻ - ā (o) fonemasi haqida. G‘.Abdurahmonov va A.Rustamovlar bu fonemani XV asr 
o‘zbek adabiy tilida tojik tilidan o‘tgan so‘zlar tufayli paydo bo‘lganligini, ba’zi turkiy 
so‘zlardagi “a” ning “Ͻ” ga tomon siljiy boshlaganini, she’rdagi vazn va qofiya hozirgi “bϽsh”, 
“bϽr”, “qϽr” kabi so‘zlarning u davrda ham “bash”, “bar”, “qar” tarzida ham “bϽsh”, 
“bϽr”, “qϽr” kabi talaffuz etilganidan dalolat ekanini aytadilar [10:15]. 
S.Ashirboyevning fikricha, bu unli o‘zbek tilining shahar tipidagi, ya’ni qarluq lahjasi 
shevalarida qo‘llanadi. Qipchoq lahjasi shevalarida esa u doimiy emas, balki muayyan vaziyatlarda, 
ya’ni tojik tili va adabiy tilning kundalik ta’sirida ko‘rinib qoladigan o‘rinlari bor, lekin bu unli 
qipchoq, o‘g‘uz lahjalari shevalariga xos emas. Qarluq lahjasining shimoliy shevalarida ham bu unli 
qo‘llanmaydi. Bu holat ā unlisining paydo bo‘lishi masalasida to‘xtalish zaruratini keltirib 
chiqaradi [11:33]. Olim bu unlining kelib-chiqishi haqida gapirib, turkolog N.Hojiyeva tojik 
shevalari ta’sirida paydo bo‘lgan degan fikrda ekanini, jadid namoyandalaridan biri G‘ozi Olim esa 
bu unlining forsiy emas, chin turk tovushi deb aytgani, lekin bu fikrga tanqidiy qarash lozimligini 
aytadi [11:34]. 
Q.Mahmudov ham Alisher Navoiy davridayoq arab, fors tillaridan o‘zlashgan so‘zlar 
tarkibidagi unlilar turkiy til qonunlariga moslashishi natijasida “ā” (olim “Ͻ” fonemasini “ā” 
bilan beradi – A.I.) fonemasi mavjud bo‘lgan degan fikrni aytadi [13:66]. . Bizningcha
umumturkiy “a” fonemasining “ā” ga o‘tishi munozarali masala, chunki bu fonema boshqa 
turkiy tillarda mavjud emas. H.Ne’matov ta’kidlaganidek, turkiy tillar ichida faqat hozirgi 
o‘zbek adabiy tili “o” lovchi hisoblanadi. Bu fonema o‘zbek tiliga qoida sifatida o‘tgan asrning 
40-yillaridan keyin, o‘zbek xalqi lotin grafikasi asosidagi yozuvdan rus grafikasi asosidagi 
yozuvga o‘tgandan so‘ng kiritildi [1:35]. 
Bu xususda Q.Sodiqovning fikrlari ham o‘rinli: “Hozirgi o‘zbek tilidagi ochiq, keng [o] 
tovushining hosil bo‘lish tarixi ham munozarali. Ma’lumki, boshqa turkiy tillardan farqli o‘laroq, 
hozirgi o‘zbek tilida keng [o] tovushi mavjud. 
Q. Mahmudovning fikricha, hozirgi o‘zbek tilidagi [o] fonemasi tarixan o‘zlashgan 
so‘zlardagi cho‘ziq [a:], turkiy tillardagi etimologik til orqa [a] hamda etimologik cho‘ziq [a:] 
tovushlarining kengayishi natijasida hosil bo‘lgan. 
O‘zbek tili tarixida yaratilgan yozma manbalar tilini tadqiq etish, ularni hozirgi yozuvga 
o‘girish jarayonida ochiq [o] masalasi yanada jiddiylashadi. 
Yozma yodgorliklar, xususan, arab yozuvli manbalarni o‘rgangan mutaxassislar matnlarda 
so‘z boshida kelgan “alif madda”, so‘z o‘rtasida kelgan “alif” harfi [o] tovushini ifoda etgan deb 
hisoblaydilar. Matnlarni hozirgi yozuvga o‘girganda ham ularni faqat [o] sifatida beradilar. 
Aslida arab alifbosi asosidagi eski o‘zbek yozuvida so‘z boshida kelgan “alif madda”, so‘z 


13 
ichidagi “alif” harflari kengroq vazifani bajargan. Ularni hozirgi yozuvga o‘girganda turkiy 
tillarning xususiyatini inobatga olgan ma’qul. So‘z boshida “alifu madda” bilan yozilgan 
so‘zlarni al, as, asip, asigʻ shaklida, so‘z ichida “alif” harfi bilan yozilgan yo‘g‘on o‘zak- negizli 
so‘zlarni bargʻan, turgʻan, tapqan, ingichka o‘zak-negizli so‘zlarn bilgän, körgäp shakllarida 
yozilsa to‘g‘ri bo‘ladi [13:95-96]. 
E.Umarov esa Alisher Navoiyning “Muhokamatul lug‘atayn” asari misolida unlilar haqida 
gapirib, Navoiy davri tilida 13 ta fonema mavjud bo‘lgani, bundan 9 tasi asosiy, 4 tasi fonema 
varianti ekanini aytadi [18, 5]. Eng qizig‘i, olim singramonizm qonuniyatini inkor qiladi, tovushlarni 
qattiq-yumshoq, til oldi-til orqa belgisiga ko‘ra tavsif qilish xato ekanini, eski o‘zbek tili 
yodnomalarini yuqoridagi belgi asosida transliteratsiya qilish noto‘g‘ri ekanini aytadi [19:43]. 
Yuqoridagi fikrlar xilma-xilligidan shunday xulosa qilish mumkinki, adabiy yodnomalar, ilmiy 
asarlar, lug‘atlar orqali unlilar bo‘yicha aniq xulosa qilib bo‘lmaydi, chunki badiiy, ilmiy asarlar tili 
umumxalq tili emas. Ma’lum bir davr tilidagi unlilarni o‘rganish uchun xalq jonli tili bilan tanishish 
kerak, tarixiy fonetikada esa buning iloji yo‘q, shuning uchun qilinayotgan xulosalar taxminga, 
hozirgi sheva materiallarini o‘rganish hamda qardosh turkiy tillar fonetikasi bilan qiyoslashga 
asoslaniladi. Ikkinchidan, tilimizga yaqin bo‘lmagan, arab tiliga xos bo‘lgan aruz vaznidagi asarlar 
turkiy tillarning o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettira olmasligini Fitrat aytib o‘tgan edi. 
Bu haqda Yoqub Saidov shunday yozadi: “Ma’lumki, aruz vazni, asosan, arab tili tabiatiga 
mos ravishda yaratilgan bo‘lib, undagi xususiyatlarni shu vazn orqali to‘liq ifodalash imkoniyati 
mavjud. Turkiy, chunonchi, o‘zbek tiliga kelganda, bu fikrni aytib bo‘lmaydi. Chunki o‘zbek 
tilining fonetik qurilishi arab tilinikidan tubdan farq qiladi. Shu bois aruz vaznida ijod etgan 
turkiygo‘y shoirlar, Fitratning keltirishicha, “ikki turli ishga majburdirlar”. Birinchisi, aruz, 
xususan, “mafo‘iylun” vaznini faqat turkiy (o‘zbekcha) so‘zlar bilan to‘ldirib bo‘lmaydi. Vaznni 
tugal qilish uchun shoir arabiy va forsiy so‘zlarni me’yordan ortiq qo‘llashga majbur bo‘ladi. Bu 
degani, adabiy til o‘zbek tili hisobidan emas, balki yot tillar – arab va fors tilidagi so‘zlar bilan 
boyiydi. Bunday yo‘ldan borish esa oxir-oqibat o‘zbek tilini nazarda tutilgan tillar asoratiga solib 
qo‘yadi. 
Turkiygo‘y shoirlarning ikkinchi “ishi” shundan iboratki, vazn talabi bilan ular “turkcha 
so‘zlarning gavdasini buzishga” majbur bo‘ladilar. Ayonki, arab tilida “madd” – biror tovushni 
aytishda cho‘zish hodisasi mavjud bo‘lib, mazkur fonetik hodisa nazarda tutilgan tilda keng 
tarqalgan. Bu tilda so‘zlardagi muayyan tovushni “bir uzun cho‘zg‘idan to‘rt uzun cho‘zg‘igacha 
tortmoq mumkindir”. Bu hodisa turkiy (o‘zbek) tilda fonetik jarayon sifatida keng tus olmagan. 
Shu bois aruz vaznida ijod etgan shoir turkiy (o‘zbekcha) so‘zlarni qo‘llar ekan, ularning 
“gavdasi”ni buzishga istaydimi-istamaydimi, albatta, majbur bo‘ladi va bu, Fitrat aytganidek, 
kulgili holatni keltirib chiqaradi. “Aruzning eng ohangli, eng o‘ynoqi bir vaznida yozilg‘an 
turkcha bir she’rni qishloqda yashag‘an, o‘z tilining ohangini buzmag‘an bir turkka o‘qutsangizu 
tinglag‘ani she’rda turkcha so‘zlarning cho‘zulub, tuzatib bemaza etilib aytilg‘anini eshitgach, 
albatta, kuladir-da, tinglag‘ani she’rning bir turk og‘zidan chiqmag‘aniga hukm qiladir” – deb 
yozadi Fitrat” [20:47-48]. 
Yuqoridagi olimlarning fikr-mulohazalarini umumlashtirgan holda shunday xulosa qilish 
mumkin: 
1. Qadimgi turkiy, eski turkiy va eski o‘zbek tillarida unlilar uyg‘unligi qonuni amalda 
bo‘lgan. 
2. Singarmonizm qonuniyati asosida unlilar qattiqlik, yumshoqlik jihatidan farqlangan. 
3. Unlilar miqdori boshqa turkiy tillardagi kabi 8-9 ta bo‘lgan. 
4. Unlilar cho‘ziqligi fonologik vazifani bajarmagan.

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling