Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Download 5.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)
e fonemasi haqida. Mutaxassislarning fikricha, bu fonema qadimgi turk tilidagi til oldi “ə”
unlisining torayishi natijasida vujudga kelgan. Qadimgi turk tilidagi kəldi, səkiz, ər kabi so‘zlarning hammasida birinchi bo‘g‘indagi “ə” XV asrda “e” ga aylangan. “ə” turkiy so‘zlarning affikslarida saqlangan bo‘lsa ham, turkiy so‘zlar uchun fonemaning kuchli pozitsiyasi o‘zak, ya’ni birinchi bo‘g‘in hisoblanganligi uchun, uni “a” tovushining varianti deb hisoblash kerak. “e” fonemasi turkiy so‘zlarda faqat birinchi bo‘g‘inda uchrasa ham, XV asr o‘zbek adabiy tilidagi “hamesha”, “andesha” kabi tojik so‘zlarida keyingi bo‘g‘inlarda ham uchraydi. [10:14]. H.Ne’matovning fikricha, eski turkiy tilda o‘rta keng, old qator, lablanmagan mustaqil e fonemasi borligi haqida aniq ma’lumot yo‘q, chunki XI-XII asrlarda “e” va “ə” bilan farqlanuvchi o‘zaklar qayd etilmagan. Shuning uchun ham, ba’zi tilshunoslar “XI-II asr yozma yodgorliklarida mustaqil “ə” fonemasi bo‘lgan va “e” unga ko‘rinish sifatida ayrim shevalarda paydo bo‘la boshlagan” degan fikrda bo‘lsalar, boshqalar bu davrga kelib, so‘zning birinchi bo‘g‘inida ə > e hodisasi yakunlangan va birinchi bo‘g‘inda turkiy so‘zlarda “ə” fonemasi yo‘qolgan degan fikrni olg‘a surishadi. Haqiqatan ham, ko‘pgina yodgorliklar XI asrda bu tovush, ya’ni old qator, o‘rta keng, lablanmagan “e” tovushi borligidan dalolat beradi. Jumladan; ko‘pgina yozma yodgorliklarda so‘zning birinchi bo‘g‘inidagi lablanmagan, old qator tor bo‘lmagan unli fatha (keng unli beyagisi) bilan ham, kasra (tor unli belgili) bilan ham, ba’zan ela ikkala - ham fatha, ham kasrani birga keltirish bilan beriladi. Qadimgi uyg‘ur yozuvida ham bu tovush “ə” va “i” ni ifodalovchi belgilar bilan berilaveradi. Bundan xulosa chiqarish mumkinki, bu holatda “ə” va “i” oralig‘idagi bir tovush nazarda tutiladi va bu tovush faqat e (keng bilan tor oralig‘idagi) bo‘lishi mumkin. Lekin XI asrning mashhur tilshunosi, o‘sha davrda tovushlar tabiati va talaffuzini o‘rganishda yuksak cho‘qqilarga ko‘tarilgan Mahmud Koshg‘ariy lablanmagan, old qator tor bo‘lmagan unlili so‘zlarni o‘z “Devon”ida, asosan, fatha – keng unlili so‘zlar bo‘limida beradi va “yumshok alif bilan” deb ta’kidlaydi. Bundan xulosa chiqarish 12 mumkinki, XI asr adabiy tilida so‘zning birinchi bo‘g‘inida “ə” keng unlisi qoida bo‘lib, u shevalarda “e” ga o‘tishi mumkin bo‘lgan. [1:19-20]. Q.Mahmudov bu davr unlilari haqida quyidagicha fikr bildiradi: “Qadimgi turkiy, eski turkiy va eski o‘zbek tilida unlilar singarmonizm qonuniga rioya qilingan. Qadimgi turkiyda sakkizta unli tovush bor: a, o, u, ы unlilari orqa qator; ə, ө, γ, i unlilari esa old qator tovushlardan iborat. Eski turkiy til (XI—XIV asrlar) yozma obidalarida to‘qqizta unli tovush: a, ə, e, o, ө, u, γ, Download 5.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling