Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

Shuhrat Sirojiddinov 
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori,
filologiya fanlari doktori, professor 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



AREAL LINGVISTIKA METODLARI 
METHODS OF AREAL LINGUISTICS 
Samixon Ashirboyev

 
Annotation. The comparative-historical method played an important role in the 
emergence of scientific linguistics (Усмонов 1972, 58). This method has not lost it’s value even 
now. Of course, its emergence was based on historical approach in science, comparison of 
linguistic facts. Currently, in linguistics, various methods are used to study this or that issue of 
language, which are known in general linguistics (Rasulov 2010, 250). Areal linguistics makes 
use of these methods, but the methods to which it refers are limited. Areal linguistics effectively 
uses methods such as comparative-historical, linguistic geography, recording of facts, 
interpretation and determination of the innovative center. In this work, we will focus on 
linguistic geography, recording and interpretation methods and analyze them applied to the 
Uzbek language and dialects. 
Key words: method, descriptive, comparative, comparative-historical, linguistic 
geography, questionnaire, dialectometry, linguistic geography, recording, interpretation method, 
interference, method of identifying the innovation center, substrate. 
Til va uning ko‘rinishi bo‘lgan shevalarni o‘rganishda turli metodlar kashf etilgan. Bular
tasviriy, qiyosiy, dialektometriya, qiyosiy-tarixiy, chog‘ishtirish, differensial, struktur, 
distrubutiv, statistik tahlil, transformatsion, komponent tahlil va boshqalar. 
Har qanday fan o‘z tadqiqot metodlariga ega. Hozirgi davrda fanlar taraqqiy etar ekan, 
endilikda u bir metod bilan chegaralanib qolmaydi, balki bir necha metodlarga ham murojaat 
qiladi. Bizning nazarimizda, dastlab til va sheva faktlarini qayd qilish metodi yuzaga kelgan. 
Mahmud Koshg‘ariy ham shu metoddan unumli foydalangan, lekin u analiz, sintez metodlarini 
ham qoʻllagan. Til va shevalarning xususiyatlarini aniqlash va unga ilmiy jihatdan ishlov 
berishda tilshunoslikda turli metodlardan foydalanib kelindi va ularning aksariyati hozir ham faol 
qo‘llanadi. 
Tavsifiy (tasviriy) metod. Bu metod tilshunoslik hali fan darajasida tan olinmagan 
davrlarda ham qo‘llangan. U ma’lum bir arealdagi til va shevalarning xususiyatlarini o‘rganishda 
o‘sha arealdagi fonetik, leksik va grammatik xususiyatlarning muayyan davr, xususan, hozirgi 
holatini maxsus tuzilgan savolnoma bo‘yicha o‘rganishda qo‘llanadi. Bunda sheva faktlari 
o‘zbek adabiy tili xususiyatlariga nisbatlab olinadi. Bu metoddan hamma vaqt foydalanib 
kelingan. Areal lingvistika o‘rni bilan bu metodga murojaat qiladi, lekin faqat bu metoddan 
foydalanish ilmiy haqiqatning har doim ham yechimini topib bera olmaydi. Tabiatda va 
jamiyatda barcha hodisalar o‘zaro aloqada, bog‘lanishda bo‘lar ekan, til va shevalar ham shu 
qonuniyatga bo‘ysunadi. Demak, ilmiy haqiqat metodlarning o‘zaro aloqada bo‘lishini taqozo 
etadi. Tasviriy metod areal lingvistik tadqiqotlardagi dastlab ish ko‘rish kerak bo‘lgan metoddir. 
U sodda va murakkablik bo‘lmagan o‘rinlarda qo‘llanishi tavsiya etiladi. 
Qiyosiy metod. Adabiyotlarda qiyosiy metod alohida yoritilmaydi. Albatta, bu metod 
tasviriy metod bilan birga qo‘llanadi va til (sheva) faktlarini yoritishda ayni bir davr xususiyatlari 
qiyoslangan. Areal lingvistikada bu metoddan foydalanilgan, ya’ni bir arealdagi turli tillar va 
shevalar xususiyati qiyos qilinishi fanimizda bor, boshqacha aytganda, bu metod shevaga xos 
xususiyatlarni yondosh shevalarga, qarindosh tillarga qiyoslab o‘rganishda foydalanilgan. Turkiy 
tillarni, o‘zbek shevalarini o‘rganishda, asosan, tasviriy va qiyosiy metodlardan foydalanilgan 
hamda boy material to‘plangan. Qiyosiy-tarixiy metod. O‘zbek shevalarini o‘rganishda XIX 
asrning oxirlarida paydo bo‘lgan qiyosiy-tarixiy metoddan ham foydalaniladi. O‘zbek shevalari 
materiallari boshqa turkiy tillar, “Devonu lug‘atit turk”, “Qutadg‘u bilig”, Alisher Navoiy 
asarlari tili va boshqa til tarixi manbalari tiliga qiyoslab o‘rganilgan, dialektologik tadqiqotlarda, 
afsuski, bu metodga kam e’tibor qaratilgan, balki tahlil talab qilingan o‘rinlarda va ayrim til 

Professor, filologiya fanlari doktori, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti, 
e-mail: samixon.ashirboyev@mail.ru



tarixiga oid maqola va asarlarda uchrab turadi. Areal lingvistika bu metoddan ham foydalanadi. 
Har bir izoglossa takson vazifasini bajarishda ularning geografik o‘rni, atrof (periferiya) ta’siri, 
tarixiy rivojlanishi jarayonlari qiyosiy-tarixiy metodda o‘rganiladi. 

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling