Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

Key words: phraseology, phrase, phraseological unit, phraseologisms, phrase, semantic 
content. 
Frazeologiya tilshunoslikning boshqa boʻlimlariga nisbatan yangi boʻlimdir. U 
leksikologiya bagʻridan XX asrning 50-yillaridan mustaqil boʻlim sifatida ajralib chiqdi. Oʻzbek 
frazeologiyasining shakllanishi Sh.Rahmatullayev, Y.D.Pinxasov, M.Husainov nomlari bilan 
bogʻliq. Oʻzbek frazeologiyasining ilmiy asosda chuqur oʻrganilishi va takomillashuvida 
Sh.Rahmatullayevning xizmati katta boʻldi. U oʻzining qator tadqiqotlari bilan oʻzbek 
frazeologiyasiga asos soldi. V.V.Vinogradov taʼsirida Sh.Rahmatullayev frazeologizmlar 
doirasini ancha toraytirdi va faqat koʻchma maʼnoga asoslangan barqaror birliklarnigina 
frazeologizmlar tarkibiga kiritdi [Nurmonov A. Tanlangan asarlar. 2-tom. – T.: Akademnashr, 
2012. – B.256-265]. Xususan, bu haqda u quyidagilarni yozadi: “Ibora mustaqil turkumlarga 
mansub bittadan ortiq soʻzdan tarkib topgan bir butun semantik hamda grammatik birlik sifatida 
gavdalanadi.Ibora lugʻaviy maʼno anglatish uchun xizmat qiladi.Shunga koʻra, u lugʻaviy birlik 
hisoblanadi va shu jihatdan soʻz bilan bir qatorga qoʻyiladi. Masalan: koʻnglidan oʻtkazdi iborasi 
oʻylamoq soʻzini anglatgan maʼnoni bildiradi. Bu iboralarda bittadan ortiq soʻz oʻz maʼno 
mustaqilligini yoʻqotgan holda bir umumiy maʼno markaziga boʻysunadi. Maʼlumki, 
frazeologizmlarning semantik strukturasi frazeologik maʼno (maʼnolar) va qoʻshimcha 
ottenkalardan iborat boʻladi. Belgi harakat kabilar haqida frazeologizm ifodalaydigan maʼlumot 
frazeologik maʼno deyiladi. - Oxirida “Raʼno, negadir koʻnglim gʻash, oʻzingni ehtiyot qil, 
bilasanku seni jonimdan yaxshi koʻraman”, dedi. Javobsiz sevgiga qarshi kurashda sheʼr yordam 
berishini sezgan izchil bu topshirigʻini jon deb qabul qildi (P.Qodirov. “Uch ildiz”asari). Birinchi 
misoldagi frazeologizm belgini, ikkinchi misoldagisi esa harakatni bildiradi. Frazeologizmlar 
soʻzlar kabi yaxlit bir maʼno ifodalasa-da, lekin frazeologik maʼno koʻp jihatdan leksik 
maʼnodan farq qiladi. Shu sababli frazeologizmlar soʻzlarga sinonim boʻlgan hollarda ham 
frazeologik maʼno bilan leksik maʼno bir-biriga teng boʻlmaydi. Masalan, oʻta ketgan – uchiga 

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek tilshunosligi 
kafedrasi o‘qituvchisi

O‘zbek filologiyasi fakulteti talabasi


136 
chiqqan, beqiyos (juda) – yer bilan osmoncha, albatta – turgan gap, hech qachon – ikki dunyoda. 
Umuman, frazeologik maʼnoning hajmi leksik maʼnoning hajmiga nisbatan keng, murakkab 
boʻladi. Koʻpgina frazeologizmlarning maʼnosida soʻzning maʼnosida yoʻq komponent boʻladi. 
Masalan,yoqasini ushlamoq, boshida yongʻoq chaqmoq, yer-u koʻkka ishonmaslik oddiygina 
hayron boʻlish, eʼzozlash, ardoqlash emas, balki ortiq darajada hayron boʻlish, nihoyat darajada 
hayron boʻlish, nihoyat darajada azoblash, oʻta darajada ardoqlashdir. Demak, bu 
frazeologizmlar maʼnosida “oʻta darajada” komponenti bor. Juda koʻp frazeologizmlar 
bildiradigan maʼnolarni bir soʻz bilan ifodalab boʻlmaydi: Masalan, Qildan qiyiq topib, janjal 
chiqarardi. (S.Ahmad.) Lekin chol gapirishga shoshilmas…koʻzlarini yumgancha chuqur oʻyga 
choʻmdi. (O.Yoqubov) Keltirilgan faktlar, frazeologizmlar garchi soʻzlar kabi yaxlit maʼno 
ifodalasada,lekin frazeologik maʼno bilan leksik maʼnoning tabiati bir xil emasligini koʻrsatadi. 
Frazeologizmlar semantik jihatdan soʻzlardan farqli belgi – hususiyatlarga ega boʻlganliklari 
uchun ham tilda paydo boʻlgan va yashab keladi.Frazeologizmlar birdan ortiq soʻzdan tarkib 
topishini koʻrdik. Lekin frazeologizmlar tarkibidagi soʻzlarning leksik-grammatik imkoniyatlari 
ularning toʻgri maʼnolari asosida birikishidan hosil boʻlmaydi. Shuning uchun ham 
frazeologizmlarning maʼnosi uning komponentlari (tarkibidagi soʻzlar)ning toʻgri maʼnosi 
umumlashmasidan iborat boʻlmaydi. Masalan, qoʻyniga qoʻl solmoq, tarvuzi qoʻltigʻidan 
tushmoq kabi frazeologizmlarning maʼnosi tarkibidagi soʻzlar maʼnolaridan kelib chiqmaydi. 
Chunki frazeologizmlar soʻz birikmasi tarkibidagi biror soʻzni yo butun birikmani maʼlum bir 
obraz asosida koʻchma maʼnoda qoʻllash yoʻli bilan hosil boʻladi, uning maʼnosi ham shu yo‘l 
bilan yuzaga keladi. Masalan, Yaxshi odam oshini yer, yomon odam boshini yer. (Maqol) 
Frazeologizmning maʼnosi tarkibidagi soʻzning koʻchma maʼnoda qoʻllanishi natijasida yuzaga 
kelgan boʻlsa, frazeologik maʼnoni frazeologizm komponentlari maʼnolaridan keltirib chiqarish 
mumkin boʻladi. Bu tipdagi frazeologizmlarga misol sifatida aqlini yemoq, koʻzini boʻyamoq, 
koʻnglida kiri yoʻq, koʻngli toza, boshiga yetmoq, yoʻldan urmoq kabilarni koʻrsatish mumkin. 
Frazeologizmlar yuqoridagidek komponentlarning koʻchma maʼnoda qoʻllanilishi asosida, 
shungdek, boshqa yoʻllar bilan ham paydo boʻlishi mumkin. Bunday frazeologizmlar maʼnosini 
tarkibidagi soʻzlar maʼnolari umumlashmasidan keltirib chiqarib boʻlmaydi. Baʼzi 
frazeologizmlar ifodalaydigan maʼno soʻz birikmasi bildiradigan belgi harakatdan mantiqan 
kelib chiqadi. Masalan, nima bu hadeb tutun qaytaradi, arpasini birov xom oʻribdimi. Arpani 
xom oʻrish zarar (yomonlik) ekani aniq. Shu sababli arpani xom oʻrmoq frazeologizmlarning 
“yomonlik qilmoq” maʼnosi asosini sezish qiyin emas. Iboraning semantik tarkibi ikki hodisani – 
frazeologik maʼno va qoʻshimcha ottenkani qamrab oladi. Frazeologizmlarning nimanidir 
nomlashi, ifodalashi, yaʼni belgi, harakat kabilar haqidagi maʼlumoti frazeologik maʼno deyiladi. 
Masalan, ammamning buzogʻi iborasi “lapashang, landovur” maʼnosini ifodalab belgini, boshi 
osmonga yetdi iborasi “xursand boʻlmoq” maʼnosini anglatib harakatni bildiradi: Bektemirdan 
koʻnglim toʻq, - dedi Ali tajang - kallasi ishlaydi. Ammo Safar choʻtir-u ham qoʻrqoq, ham 
ammamning buzogʻi (Oybek). Oʻz kishilarni tanimagan qiziq. Yoʻqlab kelibsan boshim 
osmonga yetdi (A. Muxtor). Frazeologik birlikda iboradan yaxlitligicha anglashiladigan maʼno 
bilan tarkibidagi soʻzlar anglatadigan leksik maʼnolar orasidagi munosabat turlicha 
boʻladi.Ayrim iboralarda iboraning maʼnosi tarkibidagi soʻzlarning maʼnosiga bogʻliq boʻladi. 
Iboraning maʼnosini uning tarkibidagi soʻzlarga xos leksik maʼnolar qisman boʻlsa-da, hisobga 
olinadi. Bunday iboralar frazeologik birlashmalar deb yuritiladi. Iboraning yaxlit maʼnosi 
tarkibidagi soʻzlarning oʻziga xos maʼnolari ham sezilib turgani sababli bunday iboralarning 
maʼnosi koʻp qirrali, boy boʻladi. Masalan, toʻydan ilgari nogʻora chalmoq, katta oʻgʻiz, beli 
ogʻriydi, yeng shimarmoq, mum tishlamoq, yer bilan osmoncha, oq koʻngil, qovogʻidan qor 
yogʻdi, ogʻzi quloʻgida, qildan qiyiq axtarmoq iboralarida shunday xususiyat mavjuddir. 
Iboralarning yana bir guruhi borki, bularda iboraning maʼnosi tarkibidagi soʻzlarning maʼnosiga 
bogʻliq boʻlmaydi. Iboraning maʼnosi tarkibidagi soʻzlarga xos maʼnolar asosida izohlanmaydi, 
iboralardan anglashiladigan maʼnoni tushuntirishda qandaydir shartlilik mavjud boʻladi. Bunday 
iboralar frazeologik chatishmalar deyiladi. Ularga toʻnini teskari kiymoq, qoʻlini yuvib 
qoʻltigʻiga artmoq,oʻpkasini qoʻltiqlamoq, oyogʻini qoʻliga olib kelmoq, boshini olib ketmoq, 


137 
suyagi yoʻq iboralarini keltirish mumkin.Mazkur iboralarda iboradan anglashilgan maʼno shu 
ibora tarkibidagi soʻzlarning maʼnolaridan uzoqlashgan yoki bu maʼnolar tamoman hisobga 
olinmagan. Misollar: Bir majlisda Bekniyoz uni “zanglab qolyapsiz, Boqijon aka”,- deb tanqid 
qildi. Shu boʻldi-yu, Boqijon aka toʻnini teskari kiyib oldi.Sizda vijdon degan narsa yoʻq! 
Koʻzimning yogʻini yeb boshimga ish tushganda qochdingiz (S.Ahmad). Masalan, Ovchi 
uzoqdan oʻpkasini qoʻltiqlab chopib keldi (Xalq ertagi). Iboralarning semantik tarkibida 
frazeologik maʼnodan tashqari, qoʻshimcha ottenka ham mavjud boʻladi. Qoʻshimcha ottenka 
hissiy boʻyoq va uslubiy belgidan iboratdir. Hissiy boʻyoq iboralarda voqelikni baholash, unga 
munosabat bildirish orqali roʻyobga chiqadi. Masalan, yer-u koʻkka ishonmaslik (ishonmaslik), 
boshiga koʻtarmoq (yuksak darajada izzat –hurmat qilmoq), qoʻli ochiq (sahiy) kabi misollarni 
keltirish mumkin. Frazeologizm va uning maʼnosi soʻz birikmasini yaxlitligicha koʻchma 
maʼnoda qoʻllash asosida ham hosil boʻlishi mumkin.Bunday frazeologizmlarning maʼnosini 
ham komponentlari maʼnolaridan frazeologizm – omonimlar juda kam miqdorni tashkil etadi. 
Bir xil komponent (soʻz)lardan tuzilgan frazeologizmlarda oʻzaro bogʻlanmagan (tamoman 
boshqa-boshqa) maʼno ifodalanishi mumkin. Bu hodisa frazeologik omonimiyadir. Masalan: 
Elmurod uning gapini jiddiy, lekin ogʻirsinib tingladi. Keyin chuqurlashib uyni boshiga 
koʻtargan bolalarga qayrildi…Kun peshindan oqqanda choʻl changini boshiga koʻtarib qandaydir 
mototsikl chiqib qoldi (Sh.Gʻulomov). Siz xalqimizning baxt-saodati uchun kurashdingiz. 
Xalqimiz sizni hurmatlab olqishlar bilan boshiga koʻtaradi (Oydin).Maʼnodoshlik hodisasi 
frazeologiya uchun ham xarakterli: kayfi buzuq – taʼbi tirriq, toqati toq boʻlmoq – sabr kosasi 
toʻlmoq, yaxshi koʻrmoq – koʻngil bermoq kabi; U bir qarashda yonoq suyaklari chiqqan 
kampirda xam yuzi tortishib lablarining qimtinib tirishidan. Jonizoq otaning taʼbi, tirriq ekanini 
payqadi. (S.A.). Yodgorbek, kayfingiz buzuqroq koʻrinadimi? Masalan, Tojiboy oʻz qiliqlari 
bilan uning sabr kosasini toʻldiradi. Lugʻaviy birlik sifatida frazeologizmlar soʻzlar bilan ham 
sinonimik munosabatda boʻla oladi: tomdan tarasha tushganday –kutilmaganda, ogʻzi qulogʻida 
– xursand, joni chiqmoq –gʻazablanmoq, taʼbi xira – xafa, qoʻling oʻrgilsin – ajoyib kabi. 
Frazeologiyaning asosiy qismi oʻz qatlamga oid frazeologizmlardan iborat, oʻzlashma qatlam 
kam miqdorni tashkil etadi. Lekin birinchidan, soʻz oʻzlashtirishga nisbatan frazeologizm 
oʻzlashtirish juda kam darajada boʻlsa, ikkinchidan, frazeologizmlar oʻzga tildan aynan oʻzicha 
emas, asosan kalkalab oʻzlashtiriladi [Saidxonov M. Frazemalar semantikasi // Oʻzbek 
tilshunosliginingdolzarb masalalari. –A.,1993.–B.134]. Masalan, gʻisht qolipidan koʻchdi 
frazeologizmi tojikcha xisht oz qolib barxestan frazeologizmlarning kalkalab oʻzlashtirilganidir. 
Tojik va oʻzbek tillarida bir xil maʼnoli juda koʻp frazeologizmlar mavjudki, ularning qaysi 
tildan qaysinisigacha oʻzlashganini aniq aytish qiyin qanday shamol uchirdi – kadom shamol 
parrond boshi toshdan boʻlsin – sarash oʻz sang shavad, gap sotmoq – gap furoʻxtan. 
Frazeologizmlarning asosiy qismi umumisteʼmolga oiddir. Ilm – fan, kasb-hunar kabilarning 
maʼlum bir sohasidagina frazeologizmlarning shakllanishi faoliyatning maʼlum bir sohasi bilan 
bogʻlansa-da, lekin ular umumisteʼmol qatlamiga oʻtib ketadi. Masalan, pichoq suyakka yetdi, 
alifni kaltak deyolmaslik, xamirdan qil sugʻurganday, kalavasining uchini yoʻqotmoq, arpasini 
xom oʻrmoq, ipidan ignasigacha frazeologizmlari shunday xususiyatga ega.Chegaralangan 
qatlamni asosan dialektal frazeologizmlar tashkil etadi. Masalan, Qashqadaryo oblasti 
shevalaridan: etini yeganday boʻlmoq (juda och qolmoq), gʻuyuri qaynamoq (gʻayratga toʻlmoq); 
Xuddi soʻzlar kabi frazeologizmlar ham stilga nisbatan neytral yoki uslubning biror turiga 
xoslangan boʻladi. Lekin frazeologizmlarning asosiy qismini neytral frazeologizmlar tashlik 
etadi. Stilning biror turiga xoslangan frazeologizmlar juda kam miqdorni tashkil etadi. Masalan, 
koʻngli toʻq, aqlini yemoq, boshi qotmoq, ichi toshmoq, tili bir qarich frazeologizmlari stilga 
nisbatan neytraldir.Stilistik xoslangan frazeologizmlarga misol sifatida quyidagilarni koʻrsatish 
mumkin. Masalan, Tezda maktab qurilishi amalga oshishini oʻylab xursand boʻlgan Elmurod 
dadil odimlar tashlagan holda qandaydir bir xirgoyi qilib borardi. U keng yagʻrinli, qurol 
koʻkrakli butun dov jussasidan quvvat barq urardi (Oybek.) Bu misollardagi amalga oshmoq 
koʻproq yozma (rasmiy) uslubga barq urmoq badiiy uslubga qoʻling oʻrgilsin esa oddiy 
soʻzlashuvga oiddir [Shoabdurahmonov Sh. va boshqalar. Hozirgi oʻzbek adabiy tili, -


138 
Toshkent,Oʻqituvchi,1980.135-bet]. A.Nurmonov va R.Rasulovlarning “Oʻzbek tili jadvallarda” 
risolasida frazeologizmlar quyidagi 4 semantik guruhga birlashishi koʻrsatganlar: 
1. Kishilarning ruhiy holatini ifodalovchi holat frazeologizmlar: 

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling