Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Download 5.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- BADIIY MATNDA EVFEMIZMLARNING QO‘LLANILISHI THE USE OF EUPHEMISMS IN THE LITERARY TEXT Xurshida Saidmuratova Annotation
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Поёнов А. “Aлпомиш” достони. –Тошкент:, Akademnashr, 2018. –Б. 16, 19, 20, 21, 28, 29, 30, 34, 35, 36, 37, 39, 40, 41, 42, 47, 48, 49, 50, 52, 54, 56, 2. Маъруфов З. Ўзбек тилининг изоҳли луғати. – Москва: Рус тили, 1981. I жилд. –Б. 334, 445, 590. 3. Назаров. Лақайлар: баъзи сўзлар ва ибораларнинг диалектологик мазмуни. – Тошкент:, 2005. –Б. 7, 17, 29, 37, 69, 70, 100, 105, 108, 110, 119, 121, 129, 130, 152. 127 4. Абдураҳмонов Ғ, Мутталибов С иштироки ва таҳрири остида. Девону луғатит турк (Индекс-луғат). –Тошкент:, Фан:, 1967. –Б. 72, 93. 5. Аттуҳфатуз закияту филлуғатит туркия. Нашрга тайёрловчи Mуталибов С . – Тошкент:, 1965. –Б. 164, 165, 233, 376. 6. Ўзбек халқ шевалари луғати. –Тошкент:, Фан, 1971. –Б. 14, 35, 55, 66, 174, 282, 411. 7. Mирзаев T, Эшонқул Ж, Фидокoр С. “Алпомиш” достонининг изоҳли луғати. – Toшкент:, Elmus-Press media. 2007. –Б. 10, 51. 66. 8. Маъруфов З. Ўзбек тилининг изоҳли луғати. – Москва: Рус тили, 1981. II жилд. –Б. 49, 197, 198, 281, 457. 9. Дониёров Х. Қипчоқ диалектларининг лексикаси. –Тошкент:, Фан, 1979. – Б. 94, 96. 10. Тўйчибоев Б. Қашқирли Қ. Зомин тил қомуси. –Тошкент:, Akademnashr, 2012. –Б. 203, 229, 230. BADIIY MATNDA EVFEMIZMLARNING QO‘LLANILISHI THE USE OF EUPHEMISMS IN THE LITERARY TEXT Xurshida Saidmuratova Annotation. The article covers the analysis of euphemisms that mean cursing in order to increase the artistic appeal of characters' speech with the help of examples. In this article, the difference between euphemism and dysphemism, as well as the analysis of characters' speech, is reflected in the examples taken from the works of Uzbek writers. Key words: A work of art, dialogue, monologue, euphemism and dysphemism, speech of characters, curse words. Badiiy asarning eng asosiy elementi bu - so‘zdir. So‘zlar esa asar personajlari tilida turli uslubda namoyon bo‘ladi, kimdir sekin-sekin chertib gapirsa, ayrimlari duduqlanib, soqovlanib so‘zlashadi, ba‟zilari esa adabiy til me‟yorini buzib gapirishadi. Badiiy asarda personajlar nutqini berishda badiiy ijodkor uchun juda katta mahorat talab qilinadi. Har bir personaj nutqi uning ma’naviyatiga, xulq-atvoriga, kasb-koriga, hayotiy tajribasiga, ruhiyatiga, yoshiga, jinsiga mos, hamda uning nutqidan qanday odam ekanligini anglash lozim bo‘lishi kerak. Personaj nutqi dialog (ikki yoki undan ortiq personajlar o‘rtasidagi suhbat) va monolog (personajlarning o‘z- o‘ziga yoki o‘zgalarga qaratilgan ichki nutqi)dan iborat bo‘lib, ularning ikkalasi ham obraz va xarakter yaratishning muhim vositalaridan sanaladi. Dialog jo‘shqin bo‘lishi, kishining ruhiy kechinmasini ko‘rsatibgina qolmay, xarakterni ham ochib berishi lozim (A.Makarenko) bo‘lsa, monolog muayyan personajning ruhiy dunyosini, qalb tug‘yonlarini chuqur ochishda qo‘l keladi. Yozuvchi personaj nutqini uning asarda tasvirlangan voqealardagi o‘rniga, individual xarakter- xususiyatlariga qarab ishlab chiqadi. Asar qahramonining tabiatiga qarab, yozuvchi unung nutq tuzilishi, so‘z boyligi va boshqa til xususiyatlarini ochadi. Qahramoni tipiklashtirish va individuallashtirish maqsadida yozuvchi zarur bo‘lganda badiiy til leksikasi resurslari – arxaizm, neologizm, professionalism, dialektizm, evfemizm kabi elementlardan ham foydalanadi [3 . Umurov H. Adabiyot nazariyasi: darslik. Sharq. –T.:2002]. Badiiy matnning yaratilish asosini badiiy uslub vositalari tashkil etadi. Badiiy uslub o‘zbek tili vazifaviy uslublari orasida o‘ziga xos mavqega ega bo‘lib ayni paytda o‘zining alohida me’yorlariga ega hisoblanadi. Til materialini qamrab olish imkoniyatining kengligi, umumxalq tilida mavjud bo‘lgan barcha lingvistik birliklarning, boshqa vazifaviy uslublarga xos bo‘lgan elementlarning ham ishlataverilishi va ularning muhim bir vazifaga badiiy-estetik vazifani bajarishga xizmat qilishi badiiy uslubning asosiy xususiyati sanaladi. Shuningdaek, badiiy uslubda, xususan , poetik nutqda hozirgi adabiy orfografik me’yor talablariga muvofiq kelmaydigan qator so‘zlar ham Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti II kurs magistranti, saidmuratovaxurshida0902@gmail.com 128 qo‘llaniladi. Bu uslubda metafora, metanomiya, sinekdoxa, mubolag‘a, evfemizm singari badiiy vositalardan keng foydalaniladi. Ushbu maqolamizda badiiy matnda qo‘llanuvchi vosita evfemizm tadqiqi xususidadir. Tilda evfemizmlarning qo‘llanilishi, odatda, dag‘al ma’noli so‘zlarning salbiy ta’siridan qochish, tinglovchi uchun nutq jarayonida muloyimlikni berish, ularni shunday borligicha qo‘llamasdan ijobiy ma’no holatidagi so‘zlardan foydalanish kabi o‘ziga xosliklar bilan belgilanadi. Bu masaladarus va boshqa Yevropa tilshunoslari “haqiqiy vaziyatning berkitiishi” deb ham aytadilar. Evfemizm hodisasining paydo bo‘lishi, uning qanday maqsadlarda qo‘llanilishiga oid umumtilshunoslikda, turkologiyada, jumladan, o‘zbek tilshunosligida anchagina manbalar, ishunos olimlarning fikrlari bor. J.Vandriyes : “Evfemizm-bu man etilgan lug‘atning muloyimroq va madaniyroq formasigina, xolos” – deydi. L.A.Bulaxovskiy : “Evfemizmlar yomon fikr uyg‘otadigan narsa yoki hodisaning asl nomini almashtirish va ular haqida so‘z orqali yovuz kuchlarni chaqirish “xavfi”ni tug‘dirmay gapirish, hammadan oldin “xavfning oldini olish” formulasidir”, - deb yozadi. N.A.Samoylovich oltoy ayollari aytishi mumkin bo‘lmagan 42ta so‘zning lug‘atini beradi. Masalan, qozoq, qirg‘iz ayollari erlari va ularning aka- ukalari otlariga qo‘shib aytiladigan bo‘ri, qo‘y, qo‘zi, daryo, qamish so‘zlarini aytmasliklari natijasida , ularning nutqidan quyidagi gaplarni yozib olgan: Oquvchi (daryo)ning narigi tomonida ko‘karadigan (qamish)ning tagida uvlovchi (bo‘ri) ma’rovchi (qo‘y) ni yeb yotibdi, degan ibora bilan xabar berganligini yozgan. A.N.Samoylovich qozoq , qirg‘iz, ayollari nutqidan yana quyidagi parchani yozib olgan: Bir qirg‘iz ayolini mullaga qo‘yadi. Qur’on o‘qiyotgan ayol “kavsar” surasiga kelganda, suraning nomini “Kavshikil” deb talaffuz qilishini , chunki “kavsar” dagi “sar” talaffuz jihatdan ma’n etilgan “sari” so‘ziga yaqin bo‘lib, sari esa reining qarindoshlaridan birining ismi bo‘lgan. Shu sababli ayollar tilida daryoning sari su (sariq suv) nomi ishkil suv so‘zi bilan almashtirilganligini uqtirgan. E.A.Agayan arma qihloqlarida ilon sozi o‘rnida arqon, qanat so‘zlari ishlatilganligini yozadi. K.K.Shaxjuri gruzin tiidagi ko‘pgina evfemizmlarni bayon etish bilan birga , rus tilida qo‘llanadigan “Иди ты “ qo‘rqoq kishini masxaralab : “Geroy”, “Qahramon” deyishlari ham evfemizm deydi. S.P.Vaynshteyn juda ko‘pgina xalqlarda , jumladan, Tuva tilida uchraydigan atoqli otlarning ko‘pchiligi oilada bolalarning o‘limi tufayli yomon ruhlardan saqlash ma’nosida ularning nomi tilga olinmagan , yoki “ko‘cha‘” nomlari qo‘yilgan , uning biror bir xususiyati hisobga olingan. Masalan, Chimit- O‘lmas, O‘g‘il bola, Qiz, Mergan, chechak kabi. Bu odat dunyoning ko‘pgina xalqlarida borligi yoki xotin eri va uning qarindosh urug‘larining nomlarini aytmasligini yozgan. N.S.Baschayeva evfemizm termini ostida salbiy mohiyatli premet yoki voqeliklarni yumshatib tasvirlashni tushunamiz, - deb yozadi. O‘zbek tilshunosligida N.Ismatullayev “Hozirgi o‘zbek adabiy tilida evfemizmlar” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasida o‘zbek tilidagi evfemizmlarning paydo bo‘lish sabablarini aytib, ularni 5 yirik guruhga ajratadi. Bular – tabu bilan bog‘liq evfemizmlar, bid’at, irim qilish bilan bog‘liq evfemizmlar, ma’nosi qo‘pol, aytish noqulay bo‘lgan so‘z va iboralar o‘rnida qo‘llaniladigan evfemizmlar, nutqiy bezamalilik, ko‘tarinkilik va diniy maqsadlar uchun qo‘llanadigan jargon evfemizmlar, stilistik evfemizmlardir. Mavzuviy guruhlarga ajratilgan ifodalar tasnifi esa A.Omonturdiyev tomonidan tadqiq qilingan ilmiy ishda o‘z aksini topgan. Tilshunos M.Mirtojiyevning “O‘zbek tili semasiologiyasi” monografiyasida tabu va evfemizm hodisalarining munosabati, ularning o‘rganilish tarixi masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Olim evfemik ma’noning hosila ma’no ekanligini, bu hosila ma’nolar metaforik, metonomik usullarda vujudga kelishini , sinekdoxik va vazifadoshlik asosida evfemik ma’no paydo bo‘lmasligini ta’kidlaydi. Biz badiiy matnda evfemizm hodisasini juda ko‘plab uchratamiz va og‘zaki nutqimizda ko‘p bora qo‘llaymiz. Masalan, o‘lim holati barcha zamon va makon uchun mudhish hodisadir. Biz uni o‘z holatida o‘ldi demasdan, balki ushbu so‘z manosini yumshoqroq tarzda vafot etmoq, olamdan o‘tmoq, ko‘z yummoq, rihlat qilmoq, ruhi osmonga uchmoq, mangu orom topmoq kabi so‘z birikmalaridan foydalanamiz. Quyida evfemizmning badiiy asarda aks etishiga misollar beriladi: Ketdi yer yutkur, endi xotinchalari bilan bayram qiladi, -deya ming‘irlay boshlardi onasi Jalil ketishi bilan.” [4] Ushbu parchadagi qarg‘ish so‘zlardan ayol erining boshqa xotinlaridan 129 rashk qilgani, asosiy vaqtini ular bilan o‘tkazishini bilib doim qarg‘aydigan ayol obrazi gavdallangan. “Ayol ustidagi matolarni bir chetga surdi. Kerishgancha o‘rnidan turdi. Keyin taralmagan sochlarini bir chetga surib, qo‘llarini yozib kerishib oldi. Derazadan tushayotgan yorug‘lik uning ko‘zini qamashtirgandi. - Maktabdan keldingmi? – so‘radi mudroq ovozda. Har kuni shu ahvol. Bir xil, hissiz savol-javoblar. “Qanaqa dars o‘tdinglar?”, “Ovqat yeb oldingmi?”, “Nechchi baho olding?” Onasi ko‘zlarini kafti bilan to‘sib oldi: - Shunaqa boshim og‘rib ketyaptiki! - Dori opkelaymi, oyi? Onasi chakkalarini ishqaladi. - Yo‘q, keyinroq! Otang kelmadimi? - Hali endi uch bo‘ldi-ku! - E, ha, boya ayting-ku! – oyisi erinchoqlik bilan esnadi. - Oyi, bitta bola yuzimga to‘pponchasi bilan siydik sepdi, - hiqilladi Laylo. - Nima? Voy, qo‘lginasi sinsin! Fariba biroz sergak tortdi. – Ertaga borib o‘zim gaplashaman.” [4] Ushbu dialogda onasi Fariba va qizi Layloning suhbati aks etgan. Bu yerda ona atrofida bo‘layotgan voqealarga bee’tibor, chunki u yaqinda bir emas ikki o‘g‘lidan ajralgan, asarda Afg‘onistondagi sho‘raviylar urushi tasvirlangan va har uchta oilaning bittasida farzand dog‘iga kuygan ota- onalar tasviri mavjudligi qahramonimiz nutqida, ruhiy holatida ko‘rinib turibdi. Qarg‘ish so‘zlar disfemik hodisa sanaladi. Masalan, “O‘l” so‘ziga nisbatan qo‘llanilgan joyi jahannamdan, joyi jannatda bo‘lsin, ikki yuzi qaro bo‘lsun kabi ifodalar biroz yumshoqroq ya’ni evfemizm sifatida namoyon bo‘lsa, biroq harom qotsin, go‘rso‘xta ifodalarida harom va go‘r so‘zlari mavjudligi tufayli va ma’lum davr muhiti nuqtai nazaridan qo‘polroq bo‘lganligi sababli disfemik ifoda sifatida namoyon bo‘ladi. Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, badiiy asarlarda disfemizmning qo‘llanilishi haqida ilmiy tadqiqotlar sanoqli hisoblanadi. Disfemizatsiya til birliklarining pragmatik ma’nosi bo‘lib, o‘z navbatida, nutqiy ma’nodoshlik qatorining boyishini ham ta’minlaydi. Personajlar nutqidagi disfemizatsiyani individual usul sifatida baholash mumkin. Bu individuallik evfemizmdagi individuallikka nisbatan birmuncha ustuvorligi bilan xarakterlanadi. Download 5.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling