Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

ogʻzi ochilib qoldi, ensasi qotib qoldi. 
2. Jismoniy ta’sir, harakat va boshqa maʼnolarni ifodalovchi harakat frazeologizmlar: 
yuragini chiqarmoq
3. Kishining jismoniy va ruhiy sifatini ifodalovchi belgi frazeologizmlar: 
qari tovuq, ilonni yogʻini yalagan
Iboralar xalqning ijodiy boyligidir. Xalqning bu iboralari turmush voqealarini, 
kishilarning harakatini toʻgʻri va haqqoniy shu bilan birga, obrazli aks ettirgani uchun uzoq vaqt 
yashaydi.Keyingi yillarda frazeologizmlarni semantik yoʻnalishda tekshirishga eʼtibor kuchaydi. 
Buning natijasida frazemalar va ularni hosil qiluvchi komponentlar semantikasiga diqqat 
qaratilmoqda. Frazematik maʼno leksik maʼnodan farqlanib unda ekspressivlik ifodalanishdan 
tashqari komponentlari semalarining ichki semantik bogʻlanishi maʼlum boʻldi. Bu esa 
frazemalar komponentlarining oʻziga xos semantik strukturaga ega ekanligidan dalolat 
beradi.Frazemalarni semantik tahlil qilish shuni koʻrsatdiki, har bir frazemadan anglashilgan 
maʼnodan tashqari komponentlari ichida yetakchi semantik ahamiyat kasb etuvchi birlik 
boʻladiki, bu frazemalarni struktur – semantik tasnifi uchun asos boʻladi [Saidxonov M. 
Frazemalar semantikasi // Oʻzbek tilshunosligining dolzarb masalalari –A.,1993.–B.48]. 
Frazeologik iboralar qatlamida semantik frazemalar ichida bosh leksemali iboralar ham muhim 
ahamiyatga ega ekanligini koʻrib oʻtamiz. Oʻzbek tilida frazema tarkibidagi tayanch soʻz 
zoonimlardan, antroponimlardan, toponimlardan oʻsimlik nomlaridan tabiat,borliq atamalaridan, 
kishi organlari atamalaridan va boshqalardan iboratdir. Tayanch soʻz frazema komponentlaridagi 
asosiy mazmun ifodalaydigan soʻz sanaladi. Masalan, “ichini it tatalamoq”, “it quvgan 
soqovday”, “itning boshiga ursa”, “it boʻlib ketmoq”. Kishi aʼzolari atamalari ishtirok etgan 
frazemalar – somatik frazemalar har bir tilning frazeologizmlar qatlamida koʻpchilikni tashkil 
qiladi. Agar oʻzbek tilida somafrazemalar 35% boʻlsa, ingliz tili frazemalari ichida bunday 
frazemalar 3-oʻrinda turadi. Somafrazemalarning hosil boʻlishi ishoraviy harakatlarning 
frazeologizatsiyalashuvidan yuzaga kelgan boʻlib baʼzi frazemalar esa semantik simvolizm 
asosida roʻyobga chiqadi [Saidxonov M. Frazemalar semantikasi // Oʻzbek tilshunosligining 
dolzarb masalalari. – A., 1993. – B.49]. Oʻzbek tili turgʻun iboralarga juda boy. Qadimdan 
ogʻzaki nutqda ishlatilib kelinayotgan iboralar turli qochirm xarakteridagi soʻz birikmalari
maqol va aforizmlar hozirgi kunda yozma adabiyotdan munosib oʻrin egalladi va egallamoqda. 
Frazeologik tildagi iboralar qatlamida semantik frazemalarichida bosh leksemali iboralar ham 
muhim oʻringa ega. Yuqorida ham taʼkidlab oʻtganimizdek, bunday iboralar oʻzbek tilida bir yuz 
ellikdan ortiq va bu frazemalarning har birida bosh leksemasining maʼno qirrlari konnotativ 
maʼnoga ishora qiluvchi vosita sifatida ishtirok etadi. Soʻzlarning va frazeologik birliklarning 
denotativ maʼnosi ustiga qurilgan konnotativ maʼnosi ham mavjudki, u matn va nutq jarayonida 
soʻzlovchi va tinglovchining umumiy bilim koʻlami asosida sotsial muhit, yashash tarziga 
bogʻliq holda yuzaga chiqadi. Lekin shuni unutmaslik kerakki, konnotativ maʼno denotativ 
maʼno asosida belgilanadi”. Iboralar tarkibidagi soʻzlar maʼno mustaqilligini yoʻqotib 
umumiylikni tashkil etadi va ibora tarkibidagi soʻzlarning koʻchma maʼnosi asosida frazeologik 
maʼno yuzaga chiqadi. Buni konnotativ maʼno deyishimiz mumkin. Frazeologik birliklarning 
oʻziga xos xususiyatlaridan biri tarkibidagi soʻzlarning yaxlit holda bir butunlikni tashkil etib, 
bitta maʼnoga birlashishdir[Mamadaliyeva M. Konnotativ maʼno / Oʻzbek tilshunosligining 
dolzarb masalalari .–A.,1993.–B.117-119]. Keyingi yillarda frazeologik birliklarni oʻrganishga 
alohida eʼtibor berilmoqda. Shu bois tilshunoslikning bu sohasini oʻrta va oliy maktabda 
oʻrganish dolzarb muammolardan biriga aylangan, lekin hali ham oʻzbek tilidagi frazeologik 
birliklarning semantik tabiati yetarli darajada oʻrganilganicha yoʻq [Rahimov M. Maʼno 
ifodalashda frazeologik birliklardan foydalanishga oʻrgatish // Til va adabiyt taʼlimi. –T., 2010. -
№ 6. –B. 8]. Ravish frazeologik birliklarni ravish leksemalarga semantik jihatdan qiyoslash 
boʻyicha Muxtorxon Rahimov quyidagilarni aytib oʻtadi: oʻrganilayotgan frazeologik 


139 
birliklarning mazkur guruh semantikasida ular ifodalagan lugʻaviy maʼno tarkibida juda, oʻta 
darajada shakldagi mazmun qirralari qatnashadi. Masalan, oz (oddiy) – urvoq ham boʻlmaydi, bir 
chimdim (juda oz); koʻp (oddiy) – ellik ogʻiz, boshidan oshib yotmoq (juda koʻp). Bu ravish 
frazeologik birliklarda material maʼnoni kuchaytirish yoki ozaytirish maʼnosini ifodalovchi soʻz 
va iboralar qatnashgan. Masalan, Tabiiy hammadan Nurining uyi hashamatli qimmatli jihozlar 
bilan magazinday yasalgan edi (Oybek. “Qutlugʻ qon”). Keltirilgan misollarda faqat belgining 
ortiqligi ifodalangan. Ayrim iboralarda material maʼno emas, faqat kuchaytirish maʼnosidagi 
soʻzlarning oʻzi qatnashadi. Bular lugʻaviy maʼno ifodalash uchun emas, balki belgining 
darajasini koʻrsatish uchun xizmat qiladi. Frazeologik birliklar boshqa til birliklari bilan 
birikishiga koʻra tor yoki keng bogʻlanishi mumkin. Tor bogʻlanish deganda iboraning faqatgina 
bitta leksema yoki shu leksemaga tegishli boʻlgan semantik guruhdagi boshqa biron soʻz bilan 
distributiv aloqaga kirishi, yaʼni boshqa til birliklari qurshovida ishlatila olmasligi nazarda 
tutiladi. Bunday frazeologik birliklarning sintaktik qurshovida shu soʻz qoʻllanishi shart. 
Shundagina, mazkur ibora maʼnoni kuchaytiruvchiboʻlib, reallashadi: suv bilan havodek (zarur), 
yetti yot (begona),oʻzida yoʻq (shod), (hushi) oʻzida yoʻq (es-hushi oʻzida emas). Masalan, 
Iqlima oʻzida yoʻq shod boʻlib ularni qarshi oladi. Tor bogʻlanish qobiliyatiga ega boʻlgan 
frazeologik birliklarning ayrimlari baʼzi hollarda sintaktik qurshovdan ajralgan holda 
qoʻllaniladi. Bunday vaziyatlarda ibora sintaktik qurshov boʻlib keladigan soʻzning maʼnosini 
oʻz ichiga oladi va ular qoʻshilib, birgalikda yangi maʼno ifodalaydi. Masalan: suv sepganday 
hamma yoq jim – jit (S.Ahmad). Goʻyo hamma yoq suv sepilganday (I.Rahim).Misollardan 
koʻrinadiki, bunday frazeologik birliklarning mazmuni semantik jihatdan murakkablashib, 
umuman, boshqa frazeologik turkumga xos boʻlib qoladi. Oʻzbek tilida shu turdagi iboralarga 
yana quyidagi frazeologik birikmalarni keltirish mumkin: yogʻ tushsa yalagudek (toza), bir 
qoshiq suv bilan yutguday (goʻzal). Tor birikish qobiliyatiga ega boʻlgan ravish frazeologik 
birliklar,yuqorida keltirilganidek, asosan ravish va sifat turkumiga tegishli boʻlgan leksemalar 
bilan bogʻlanadi. Bunday iboralar esa feʼl bilan ham birikishi mumkin: terisiga sigʻmay 
sevinmoq, koʻklarga koʻtarib maqtamoq va boshqalar. Keng bogʻlanishga ega boʻlgan 
frazeologik birliklar ham mavjud:haddan ziyod, borib turgan, oʻlaman sattor. Bu turdagi iboralar 
sintaktik planda mazmun jihatdan bir –biridan farq qiladigan soʻzlar bilan aloqaga kirishadi. 
Bunday iboralar yuqorida koʻrilgan frazeologik birliklarga oʻxshab, asosan ravish va sifat 
turkumiga oid leksemalar bilan bogʻlanadi. Baʼzi birlari ot yoki feʼllar bilan ham birikishi 
mumkin: haddan tashqari (koʻp yomon ishonmoq), borib turgan (yolgʻonchi, zolimlik).Shu 
turdagi frazeologik birliklar qatorida oʻzbek tilida uchiga chiqqan, jinnidan battar, besh battar 
kabi iboralar ham uchraydi. Ularning semantik strukturasida qoʻshimcha salbiy maʼno 
qatnashadi. Masalan, Uchiga chiqqan yolgʻonchi u (N. Safarov). It tugul undan besh battar 
hayvon ham mehr nimaligini his etadi (Sh. Xolmirzayev). Yuqoridagilardan ayon boʻladiki, shu 
vaqtgacha miqdor – daraja ravishlari doirasida baholanib, kelinayotgan bir guruh ravishlar 
semantik jihatidan ajraladi. Ana shunday kuchaytiruvchi til birliklari faqat leksemalarda emas, 
balki frazeologik birliklar orasida ham uchraydi. 

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling