Kasallikning odamlardagi patogenezi va klinikasi. Infeksiya manbai bem or va virus tashuvchilar hisoblanadi. Virus, asosan, havo-tomchi va jinsiy aloqa yo‘li bilan yuqadi. Ba’zan bemoming so‘lagi bilan zararlangan
buyumlar orqali ham yuqishi mumkin. Stomatitlarda virusnia g birinchi reproduksiyasi og‘iz va tomoqning shilliq qavat epiteliylarida amalga oshadi. Virus limfa orqali qonga tushadi. Bunday patogen«z gerpes virusining 1-tipiga xos bo'lib, gingiostomatit va faringit, aftoz stomatit, gerpetik ekzema, keratokonyunktivit va meningoensefalit kas.alliklarini keltirib chiqaradi. Virusning bu tipi 3 boshli nerv gangliyalarida uzoq vaqt persistensiya qiladi. Gerpes virusining 2-tipi jinsiy aloqa orqali yuqib, genital gerpes va chaqaloqlar gerpesi (chaqaloq tug'ilayotgan vaqtda zararlanadi) kasalliklarini qo‘zg‘atadi. Bundan tashqari, virusning bu tipi bachadon bo'yni o'smasining rivojlanishiga sabab boiadi. Ikkala tip virus organizmga shikastlangan teri orqali tushsa, shikastlanish gerpesini keltirib chiqaradi. Kasalliklar ichida eng xavfli shakli jinsiy gerpes va gerpetik keratitlar hisoblanadi.Suvchechak- Kasallikning odamlardagi patogenezi va klinikasi. Suvchechak bilan ko‘pincha 2-6 yashar bolalar kasallanadi. Kasallik manbai bemor. Kasallik havo-tomchi yoii orqali yuqadi. Yashirin davri 14-21 kun, virus yuqori nafas yo‘lining shilliq qavati epitelial hujayralarida ko'payadi. So‘ngra limfa orqali qonga tushib, qon bilan butun organizmga tarqaladi. Jumladan teri va shilliq qavatning epitelial hujayralariga yetib borib, yuz, qo‘l-oyoq, og‘iz shilliq qavatlariga vezikulyar toshmalar toshishiga sabab bo‘ladi. Suvchechakda ham chinchechakdagiga o ‘xshash yuqori nafas yo‘llarining shilliq kavatiga toshmalar toshadi. Toshma pufakchalari ichidagi suyuqlikda ko‘p miqdorda virus yig‘iladi. Harorat ko‘tarilishi, tana, yuz, qo‘l-oyoqlar terisiga toshmalar toshishi suvchechak ekanligini tasdiqlaydi. Kasallikning beshinchi kunida toshmalar toshishi to ‘xtaydi. Suvchechak kattalarda og‘ir kechadi.
26. Полиомиелит патогенези ва клиникаси.
Do'stlaringiz bilan baham: |