Odamlarda kasallikning patogenezi va klinikasi. Kasallik havo- tom chi yoii orqali yuqadi. Yashirin davri 14-21 kun. Virus yuqori nafas yo‘llarining epiteliy hujayralarida, so'ngra qon, so‘lak bezlari va boshqa a’zolarga o‘tib ko'payadi. Quloq oldi bezlariga virus Stenon yo‘li orqali o‘ta
23. Қизамиқ вирусининг патогенези ва клиникаси
Kasallikning odamlardagi patogenezi va klinikasi. Infeksiya manbai bemor; virus havo-tomchi yo‘li orqali yuqadi. Virus dastlab yuqori nafas yo ‘lidagi epitelial hujayralarga kiradi va shilliq qavat, burun-halqum, trazxeya va bronxlarning epiteliy hujayralarida ko'payadi, so'ngra qonga tus-hadi. Virus qon kapillarlarining endoteliy hujayralarini shikastlaydi. Bu hujayralar nekrozga uchrashi natijasida terida toshmalar paydo bo'ladi. Ay rim hollarda virus markaziy nerv sistemasiga borib ensefalomiyelitni qo“zg'atadi. Agar u limfoid to'qimalarda, markaziy nerv sistemasining neyronlarida bir necha yil persistensiya holatida bo'lsa, o'tkir serozli panensefalit, ya’ni sekin rivojlanib, o'lim bilan tugaydigan infeksiya rivcijlanishi m u m k in Kasallik 4 bosqichda kechadi. Uning haqiqiy shaklida yashirin davr 10—14 kun bo‘lib, prodromal davrda o'tkir respirator kasalliklarga xos alo matlar (rinit, faringit, konyunktivit) paydo bo'ladi. Kasallik o'tkir boshlanib, bemorning harorati ko'tariladi, tumov bo'ladi, quruq yo^taladi, ko'zi qizarib yoshlanadi, yorug'likka qaray olmaydi, tovushi bo^g'ilib qoladi. Bu davrda lunj shilliq pardasi atrofida qizil gardish bilan o'ralgan mayda oq dog'lar (Filatov-Koplik dog'lari) paydo bo‘ ladi. Papulali toshmalar bosh terisidan (peshona va quloqning orqa qisimlaridan) boshlanib, keyin butun badanga toshadi. Isitma 7-8 kun davom etadi. Qizamiqqa, odatda, hamma kishilar, xususan bolalar beriluvchan bo'ladi, ammo oldin qizamiq bilan kasallanmagan kattalar ham kasallanishi mumkin. Kasallikning asorati 8-10 yoshdan katta bolalarda rivojlanadi. Kasallik ко' pincha qish, bahor fasllarida uchraydi. Qizamiq virusi tabiatda epiclemiya yoki pandemiya ko'rinishida tarqaladi. Virus yo'ldosh orqali hormilagaham yuqishi, bunda u o'lik yoki nogiron bo'lib tug'ilishi mumkin. Kasallik kattalardaog'irroq kechadi.
24. Қутириш вирусининг патогенези ва клиникаси. Антирабик вакцина
Do'stlaringiz bilan baham: |