Hammaga omad) Moddalar almashinuvi bosqichlari
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
biokimyo javoblar
Boshqaruv vazifasi. Ba’zi boshqaruv moddalar - gormonlar oqsil tabiatiga ega. Masalan, insulin
gormoni, yuqori biologik aktiv modda bo'lib, modda almashinuvini boshqaruvida ishtirok etadi. 9. Irsiy vazifasi. Irsiy axborotni saqlovchi xromosomalar murakkab oqsillar nukleoproteidlardan iborat. Oqsillarda o‘ziga xos bo‘lgan eritmalaming yuqori yopishqoqligi, kam diffuziya, bo‘kish qobiliyati, optik faolligi, elektr maydonida harakatlanishi, past osmotik bosim va yuqori onkotik bosim, 280 nmda nurlami yutish kabi fizik-kimyoviy xususiyatlari mavjud. Oqsillarda erkin NH 2 - va COOH-guruhlari bo‘lganligi sababli aminokislota kabi amfoterlik xususiyatiga egadirlar. Ular uchun kislota va asoslaming barcha xususiyatlari xosdir. Muhit pHi, kislota va asos tabiatiga ega bo'lgan aminokislotalaming nisbatiga bog‘liq ravishda oqsillar eritmalarda manfiy yoki musbat zaryadga ega bo‘lib, anod yoki katodga qarab harakatlanadilar. Ularning bu xususiyatidan elektroforez usuli bilan oqsfillarni ajratislida foydalaniladi. Shuningdek, oqsillarda gidrofil xususiyatlari ham mavjuddir. Azot muvozanatiga erishish odam salomatligini saqlash va uning yuqori ishlash qobiliyatini ta’minlash uchun ovqatlanishda oqsil normasini aniqlash lozim. Chunonchi, katta yoshdagi aqliy mehnat bilan shugullanuvchi va o'rtacha jismoniy faoliyati bor odamda energetik sarflanish 12000 kJ bo'lsa, sutkasiga 100-120 g oqsil iste’mol qilish kerak. Mehnat sharoiti o'zgarganda va energetik sarflanish yuqori bo'lsa, ushbu me’yor har bir 2100 kJ hisobiga 10 g ga oshadi. Ogir 50 jismoniy ish bajaruvchi ishchilar sutkada 130-150 g oqsil iste’mol qilishi lozim. Homiladorlik va laktatsiya paytida, shuningdek, ayrim patologik holatlarda (organizm siydik yoki assit suyuqligi, ekssudatlar bilan oqsil yoqotsa, masalan: nefritlarda, ogir infeksion kasalliklarda, kuyganda, jarohatlanganda va hokazo) oqsilga bo'lgan ehtiyoj keskin oshadi. Yosh bolalaming oqsilga bo'lgan ehtiyoji birinchi navbatda ulaming yoshi va tana og'irligi bilan aniqlanadi. Tananing bar bir kg og'irligiga 1,5 g oqsil ko'payib borishi lozimdir (Rubner koeffitsenti). Hattoki, go'dak bolalar ham sutkada 55-72 g oqsil qabul qilinishiga muhtojdir. Yoshi ulgayishi bilan (12-15 yoshgacha) oqsilning ushbu normasi katta yoshdagi odamning me’yorigacha oshadi. Oqsilga bo'lgan ehtiyoj ma’lum darajada sutkalik ratsionning kaloriyaligiga ham bog'liqdir. Ovqatlanish kaloriyasi yetarli bo'lmasa, oqsillar birinchi navbatda organizmning energetik ehtiyojlarini qondirish uchun sarflanib, anobolik jarayonlarda foydalanilmaydi. Azot balansi ovqat bilan birga tushgan azot miqdori bilan organizmda chiqarib turiladigan (asosan mochevina tarkibida) azot miqdori o'rtasidagi farqdir. Katta yoshdagi sog'lom odamda ovqat normal bo'lganida azot muvozanati qaror topadi, ya’ni organizmdan chiqariladigan azot miqdori unga tusbadigan azot miqdoriga teng bo'lib turadi. Organizm unib-osib boradigan davrda shuningdek, holdan toydiradigan kasalliklardan sogayib kelinayotgan paytda organizmga tushib turadigandan ko'ra kamroq azot chiqarib turiladi. Bu musbat azot balansidir. Odam qariganda, och qolganda va holdan toydiradigan kasalliklar avjida azot tushganidan ko'proq chiqib turadi. Bu manfiy azot balansidir. Kaloriyalaming soni jihatidan yetarli bo'lgan ratsionda azot muvozanadni saqlash uchun zarur oqsillarning eng kam miqdori 30-50 g ni tashkil etadi. Ammo bu miqdor salomatlik va ish qobiliyati uchun zarur optimumni ta’minlab bermaydi. O'rtacha jismoniy mehnat bilan shugullanuvchi katta yoshli odam bir kecha-kunduzda 100 g oqsil qabul qilishi kerak. Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling