Hammaga omad) Moddalar almashinuvi bosqichlari


Me’yoriy lipid ko’rsatkichlari, uning yoshga bog’liqligi


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/49
Sana17.06.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1520391
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49
Bog'liq
biokimyo javoblar

60.Me’yoriy lipid ko’rsatkichlari, uning yoshga bog’liqligi
Qonda tashiladigan lipidlarning 
umumiy miqdori ovqatlanish maromiga, uning tarkibiga, inson yoshiga, uning yashash sharoitiga, 
shu jumladan, iqlimi va yilning fasllariga ma’lum darajada bog‘liq bo'ladi. Bu ko‘rsatkich hatto 


48 
bir kecha-kunduz davomida ham sezilarli darajada o‘zgarib boradi. Gap shundaki, ovqat 
yeyilgandan keyin 4-5 soat davomida qonda lipoproteidlar konsentratsiyasi xilomikronlar hisobiga 
ortib boradi. Qondagi lipidlar umumiy miqdorini aniqlash uchun qon nonushtadan oldin olinadi. 
Bunday qonda xilomikronlar bo‘lmaydi va faqat ZJPL (lipidlar umumiy miqdorining 15 foiz). 
ZPL (60%) va ZYL (25%) mavjud bo‘lib, ular birgalikda qondagi lipidlarning umumiy miqdorini 
tashkil etadi. Qonning bu ko‘rsatkichi Ozbekiston sharoitida yashovchi odamlarda qonidagiga 
qaraganda anchagina past darajada bo‘lib, 630-670 mg % (o‘rtacha 650±ll,3mg %) ga teng 
(O.A.Abrarov, A.R.Isroilov, 1985). Qondagi triglitserid va xolesterinlar lipoproteinlar tarkibida 
bo‘ladi. Triglitseridlarning qondagi konsentratsiyasi 105-120 (o‘rtacha 113±3,7) g %ni tashkil 
etadi, xolesterinning umumiy miqdori 165,0± 176,0 mg % atrofida bo‘lib, o‘rtacha 170±3,3 mg 
%ni tashkil etadi. Uning 13,0% ZJPL tarkibida, 67,0% ZPL va 20,0% ZYL tarkibida bo‘ladi 
(O.A.Abrarov, A.R.Israilov, 1985; O.A.Levkovich, 1994). Qonda lipoproteinlar 
konsentratsiyasining me’yordan ortib ketishi lipoproteinemiya deyiladi. Bunda bir yo‘la xolesterin 
va triglitseridlar miqdori ham ko‘payadi. Xolesterin miqdorining ortishi ZPL va ZYL lar 
konsentratsiyasi bilan bog‘liq bo‘lsa, triglitseridlar konsentratsiyasi esa xilomikronlar va ZJPLlar 
miqdori bilan bog‘liq. Shunga ko‘ra lipoproteinemiyalaming uchta shakli tafovut etiladi:1) - 
Giperxolesterinemiya (ZPL yoki ZYL konsentratsiyasi ortgan).2) - Gipertriglitserinemiya 
(xilomikronlar yoki EJPL konsentratsiyasi oshgan).3) - Aralash shakli. Kelib chiqish 
mexanizmiga ko‘ra giperlipoproteinemiyalarning birlamchi (tug‘ma) va ikkilamchi (turmushda 
orttirilgan) xillari farq qilinadi. Tug‘ma giperlipoproteinemiyaga lipoproteinlipazaning 
tug‘ilishdan nuqsonli, ya’ni faolligi ancha pasaygan holda bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lgan 
giperxilomikronemiya hamda ZPL katabolizmining pasayishi tufayli vujudga keladigan 
giperxolesterinemiya yoki β lipoproteinemiyalar misol bo‘la oladi. Ikkilamchi 
giperlipoproteinemiyalar qandli diabet, surunkali gepatit va alkogolizm kabi kasalliklarda 
kuzatiladi. 
ZYL jigarda hosil bo'ladi. To'qimalardagi ortiqcha xolesterinni biriktirib oladi. Undagi LXAT 
(lesitin-xolesterol-atsil-transferaza) fermenti ta’sirida erkin holesterin xolesteridga aylanadi. ZYL 
qon plazmasida yashash muddati 4 kunga teng va bu LP almashinuvi nefrotik sindromda
gipertriglitseridemiyada va uglevodlarga boy bo'lgan ovqat iste’mol qilinganda tezlashadi. ZYL 
vazifalari: Toqimalardan xolesterinni olib chiqib, ularning to‘planishiga yo‘l qo'ymaydi. 
Toqimalaming ZPLni yutib olishiga manfiy ta’sir etadi va shu bilan to'qimaga kam xolesterin 
tushadi. Qon tomiridagi triglitseridbr almashinuvida ishtirok etadi.
ZYL miqdori ortishi quyidagi holatlarda bo'ladi: 
ayollarda
yuqori bo'ladi; estrogenlar ta’sirida 
oshadi; jismoniy harakatchanlikda; alkogol iste’mol qilinganda.


49 
ZYL miqdori kamayishi quyidagi holatlarda bo'ladi: 
erkaklarda
past bo'ladi; progesteron ta’sirida; 
semizlikda; uglevodlar ko'p miqdorda bo'lgan taomlar iste’mol qilganda; qandli diabetda; chekish 
natijasida.
61.Oqsillarning ahamiyati, azot muvozanati va oqsillarning biologic qiymati. Tana oqsillarining 
dinamik holati, uni yoshga bog’liqligi.
Oqsil inson organizmi massasining 25% gacha, 
quritilgandan keyin esa 45-50% ni tashkil qiladi. Oqsillarning turli a’zo va to'qimalardagi miqdori 
turlicha bo'ladi. 
Oqsil inson va hayvon organizmlarida quyidagi vazifalarni bajaradi: 
1.

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling