Hammaga omad) Moddalar almashinuvi bosqichlari
Me’yoriy lipid ko’rsatkichlari, uning yoshga bog’liqligi
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
biokimyo javoblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1) - Giperxolesterinemiya
60.Me’yoriy lipid ko’rsatkichlari, uning yoshga bog’liqligi.
Qonda tashiladigan lipidlarning umumiy miqdori ovqatlanish maromiga, uning tarkibiga, inson yoshiga, uning yashash sharoitiga, shu jumladan, iqlimi va yilning fasllariga ma’lum darajada bog‘liq bo'ladi. Bu ko‘rsatkich hatto 48 bir kecha-kunduz davomida ham sezilarli darajada o‘zgarib boradi. Gap shundaki, ovqat yeyilgandan keyin 4-5 soat davomida qonda lipoproteidlar konsentratsiyasi xilomikronlar hisobiga ortib boradi. Qondagi lipidlar umumiy miqdorini aniqlash uchun qon nonushtadan oldin olinadi. Bunday qonda xilomikronlar bo‘lmaydi va faqat ZJPL (lipidlar umumiy miqdorining 15 foiz). ZPL (60%) va ZYL (25%) mavjud bo‘lib, ular birgalikda qondagi lipidlarning umumiy miqdorini tashkil etadi. Qonning bu ko‘rsatkichi Ozbekiston sharoitida yashovchi odamlarda qonidagiga qaraganda anchagina past darajada bo‘lib, 630-670 mg % (o‘rtacha 650±ll,3mg %) ga teng (O.A.Abrarov, A.R.Isroilov, 1985). Qondagi triglitserid va xolesterinlar lipoproteinlar tarkibida bo‘ladi. Triglitseridlarning qondagi konsentratsiyasi 105-120 (o‘rtacha 113±3,7) g %ni tashkil etadi, xolesterinning umumiy miqdori 165,0± 176,0 mg % atrofida bo‘lib, o‘rtacha 170±3,3 mg %ni tashkil etadi. Uning 13,0% ZJPL tarkibida, 67,0% ZPL va 20,0% ZYL tarkibida bo‘ladi (O.A.Abrarov, A.R.Israilov, 1985; O.A.Levkovich, 1994). Qonda lipoproteinlar konsentratsiyasining me’yordan ortib ketishi lipoproteinemiya deyiladi. Bunda bir yo‘la xolesterin va triglitseridlar miqdori ham ko‘payadi. Xolesterin miqdorining ortishi ZPL va ZYL lar konsentratsiyasi bilan bog‘liq bo‘lsa, triglitseridlar konsentratsiyasi esa xilomikronlar va ZJPLlar miqdori bilan bog‘liq. Shunga ko‘ra lipoproteinemiyalaming uchta shakli tafovut etiladi:1) - Giperxolesterinemiya (ZPL yoki ZYL konsentratsiyasi ortgan).2) - Gipertriglitserinemiya (xilomikronlar yoki EJPL konsentratsiyasi oshgan).3) - Aralash shakli. Kelib chiqish mexanizmiga ko‘ra giperlipoproteinemiyalarning birlamchi (tug‘ma) va ikkilamchi (turmushda orttirilgan) xillari farq qilinadi. Tug‘ma giperlipoproteinemiyaga lipoproteinlipazaning tug‘ilishdan nuqsonli, ya’ni faolligi ancha pasaygan holda bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lgan giperxilomikronemiya hamda ZPL katabolizmining pasayishi tufayli vujudga keladigan giperxolesterinemiya yoki β lipoproteinemiyalar misol bo‘la oladi. Ikkilamchi giperlipoproteinemiyalar qandli diabet, surunkali gepatit va alkogolizm kabi kasalliklarda kuzatiladi. ZYL jigarda hosil bo'ladi. To'qimalardagi ortiqcha xolesterinni biriktirib oladi. Undagi LXAT (lesitin-xolesterol-atsil-transferaza) fermenti ta’sirida erkin holesterin xolesteridga aylanadi. ZYL qon plazmasida yashash muddati 4 kunga teng va bu LP almashinuvi nefrotik sindromda, gipertriglitseridemiyada va uglevodlarga boy bo'lgan ovqat iste’mol qilinganda tezlashadi. ZYL vazifalari: Toqimalardan xolesterinni olib chiqib, ularning to‘planishiga yo‘l qo'ymaydi. Toqimalaming ZPLni yutib olishiga manfiy ta’sir etadi va shu bilan to'qimaga kam xolesterin tushadi. Qon tomiridagi triglitseridbr almashinuvida ishtirok etadi. ZYL miqdori ortishi quyidagi holatlarda bo'ladi: ayollarda yuqori bo'ladi; estrogenlar ta’sirida oshadi; jismoniy harakatchanlikda; alkogol iste’mol qilinganda. 49 ZYL miqdori kamayishi quyidagi holatlarda bo'ladi: erkaklarda past bo'ladi; progesteron ta’sirida; semizlikda; uglevodlar ko'p miqdorda bo'lgan taomlar iste’mol qilganda; qandli diabetda; chekish natijasida. 61.Oqsillarning ahamiyati, azot muvozanati va oqsillarning biologic qiymati. Tana oqsillarining dinamik holati, uni yoshga bog’liqligi. Oqsil inson organizmi massasining 25% gacha, quritilgandan keyin esa 45-50% ni tashkil qiladi. Oqsillarning turli a’zo va to'qimalardagi miqdori turlicha bo'ladi. Oqsil inson va hayvon organizmlarida quyidagi vazifalarni bajaradi: 1. Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling