Hammaga omad) Moddalar almashinuvi bosqichlari
Atsetosirka kislotasi va keton tanachalari, ularning sintezi va parchalanishi
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
biokimyo javoblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Keton tanachalari metabolizmi.
59.Atsetosirka kislotasi va keton tanachalari, ularning sintezi va parchalanishi.
Кетон таналари синтези ва булардан фойдаланиш. Жигарда ёғ кислоталарининг бир қисми кетон таналари деб аталадиган бирикмаларга — ацетосирка ва p-гидрооксимой кислоталарига айланади. Бу моддалар кейин қонга ўтади ва бошқа орган ҳамда тўқималарда улардан энергия манбаи тариқасида фойдаланилади. Кетон таналарининг бевосита ўтмишдоши ацетил-KoA дир, у ёғ кислоталаридан ҳам углеводлардан ҳам ҳосил бўлиши мумкин. Бироқ кетон таналари синтези учун асосан Ёғ кислоталаридан ҳосил бўладиган ацетил-KoA дан фойдаланилади: идора этувчи махсус механизмлар таъсири туфайли шундай ҳодиса юзага чиқади. Постабсорбтив ҳолатда кетон таналари қонда ё бўлмайди, ёки уларнинг концентрацияси жуда кам —'3 мг/дл гача бўлади. Организм учун ёғ кислоталари асосий энергия манбаи бўлиб хизмат қиладиган пайтларда—узоқ давом этадиган мускул ишиу очлик, баъзи касалликлар сингари ҳолатларда қондаги кетон таналари миқдори кўпаяди. Икки кеча-кундуз очликдан кейин қондаги кетон таналари концентрацияси 5—6 мг/дл га, бир ҳафтадан кейин 40—50 мг/дл га етади. Қандли диабет касаллигида кетон таналари концентрацияси 300—400 мг/дл гача кўтарилиши мумкинки, бу метаболик ацидозга олиб келади. Keton tanachalari metabolizmi. Atsetoatsetat, P-oksibutirat va atseton birgalikda keton tanachalari deb ataladi. Ular jigarda yog‘ kislotalari parchalanishidan hosil bo'lgan atsetil-KoAdan sintezlanadi. Periferik to'qimalarda P-oksibutirat oksidlanib atsetoatsetatga o'tadi. U o'z navbatidf atsil-KoA-sintetaza ta’sirida atseto-atsetil-KoA hosil qiladi. Atsetoatsetil ikki molekula atsetil-KoAga aylanadi va u o'z naybatida Krebs Jialqasida oxirgi mahsulotgacha parchalanadi. Shunga ko'ra keton tanachalari organizmda energetik balansni ta’minlashda muhim energetik ahamiyatga ega. Chunki jigardan boshqa yurak, buyrak kabi a’zolar uchun keton tanachalari energetik manba vazifasini o'taydi. Postabsorbtiv holatda keton tanachalari miqdori qonda juda kam - 3 mg % gach^ bo'ladi; oghlikda 40-50 mg % gacha ko'tarilishi mumkin. Keton tanachalarini qayta limon halqasiga kirish va oksidlanishi uchun yetarli miqdorda oksaloatsetat bo'lishi kerak. Och qolganda, qandli diabetda glyukoza yetishmaganligi sababli suksinil-KoA va oksaloatsetat yetishmagani uchun keton tanachalar miqdori qonda ortadi. Shuning uchun qandli diabetni og'ir shakli komatoz holatidagi kasal og'zidan atseton hidi keladi. Demak, suksinil KoA va oksaloatsetat yetishmasligida keton tanachalar sarflanishi susayadi va qondagi miqdori ortadi. Yurak va skelet mushaklarda keton tanachalar oziga xos metabolitlar deb hisoblanadi. Sog'lom odamda keton tanachalar kam hosil bo'ladilar va faqat ovqat tarkibida yog'lar uglevodlarga nisbatan ortib ketsa ketonemiya kuzatiladi. Qonda p-oksibutirat (p-oksimoy kislota), atsetosirka kislota va atseton miqdori ortishi ketonemiya deyiladi. Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling