Hamza hakimzoda niyoziy hayoti va ijodining
Oriental Renaissance: innovative
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
hamza-hakimzoda-niyoziy-hayoti-va-ijodining-mustaqillikkacha-o-rganilishi
Oriental Renaissance: innovative,
educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 1 ISSN 2181-1784 171 w www.oriens.uz 2021 February O’sha vaqtlarda o‘lkada muntazam maktablar juda oz bo‘lib, ularning eshigi faqat bir guruh boy bolalarigagina ochiq edi. Mehnatkashlar bolalarining o‘qishi uchun imkoniyat yo‘q edi. Savodlilarning umumiy soni 1,6 foizdan oshmas edi. Bunday og‘ir sharoitda, zulmat hukmronligida, Hamza Hakimzodaning xalqni ma’rifatli qilish yo‘lidagi olijanob tashabbusi uchqunday chaqnab ko‘rindi”. 4 Yuqoridagi ma’lumotlardan bilishimiz mumkinki, Hamza Hakimzoda Niyoziyning tashabbuslari, ilg‘or tajribalari sovet hukumati tomonidan ham ham tan olingan. Uning maktab ochish, umuman, maorif sohasidagi fidoyiligi masalasi doimo e’tirof etilgan. Ayniqsa, yo‘qsillarning farzandlarini tekinga o‘qitish g‘oyasi mafkuraviy qoliplarga juda ham mos tushganligi sababli darsliklarda ayni shu jihatlarga asosiy e’tibor qaratilgan. Uning darsliklar yaratgani haqida ham fikrlar bildirilgan. E’tiborli jihati shundaki, sovet davrida yaratilgan darsliklarning deyarli barchasida Hamza ijodini o‘rganishda “Ulug‘ Oktyabrning otashin kuychisi” mazmunidagi boblar mavjud bo‘lgan. Bu bobda shoirning tug‘ma revolutsioner bo‘lgani, inqilob uchun qanday fidoyiliklar ko‘rsatgani kuchli pafosda tahlil qilingan. Va bu bobda, albatta, Leninning fikrlaridan iqtiboslar keltirilgan. “Hayotining so‘nggi yillari” deb nomlangan bobda Hamzaning umri oxiri hikoya qilinadi. Uning Shohimardonga borishi, u yerda faoliyat yuritishi, xalq hayotini yengillashtirishga harakat qilishi, xurofotga berilgan aholini uyg‘otishga uringani haqida ma’lumotlar uchraydi: “Hamza qishloq aholisi o‘rtasida eski urf- odatlar, diniy xurofotlarga qarshi otashin agitatsiya olib bordi. Shu bilan birga, yangilikning, sovet tuzumining fazilatlarini ko‘rsatib berishga zo‘r e’tibor berdi. Hamza Hakimzoda Respublika miqyosida ham aktiv jamoat arbobi sifatida ko‘zga ko‘rinadi. U 1929 yil fevralda chaqirilgan Farg‘ona okrug sovetlar syezdiga vakil qilib saylanadi. Hamza Hakimzoda sotsialistik qurilishimizning barcha sohalarida aktiv qatnashadi. U eski turmush qoldiqlariga, diniy xurofotlarga, sinfiy dushmanlarga qarshi keskin va mardona kurash olib boradi. O’zbek sovet adabiyoti va san’atining yuksak g‘oyaviyligi uchun, burjua millatchiligiga qarshi va har qanday yot ta’sirlarga qarshi murosasiz kurashadi. Unga xalq muhabbati va ishonchi yanada ortadi. Bir to‘da qora kuchlar esa Hamzaga suiqasd uyushtiradilar va 1929 yil 18 mart kuni uni fojiona o‘ldiradilar”. 5 4 Азимов С. Аҳмедов Қ. Султонов Ю. Ўзбек совет адабиёти. 9- синф учун дарслик. Бешинчи нашри. – Тошкент:“Ўқитувчи”, 1979. 72 б. 5 Азимов С. Аҳмедов Қ. Султонов Ю. Ўзбек совет адабиёти. 9- синф учун дарслик. Бешинчи нашри. – Тошкент:“Ўқитувчи”, 1979. 99 б. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling