Hamza hakimzoda niyoziy hayoti va ijodining


Keywords: Hamzashunism, atheism, religion, enlightenment, the story of  Shahimardon, personality, creativity, interpretations.  KIRISH


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/10
Sana06.04.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1277637
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
hamza-hakimzoda-niyoziy-hayoti-va-ijodining-mustaqillikkacha-o-rganilishi

Keywords: Hamzashunism, atheism, religion, enlightenment, the story of 
Shahimardon, personality, creativity, interpretations. 
KIRISH
Sobiq sovet hukumati davrida davlat va siyosat ko‘rsatmasiga ko‘ra maqtab, 
ko‘tar-ko‘tar qilingan shoiru adiblardan xalq qancha uzoqlashsa, tanqid va ta’qibga 
uchraganlarga diqqat-e’tibori o‘shancha ortardi. Hamzaning millat tarixidagi xizmati 
va ijodkorlik qismatiga zohirbinlik nuqtai nazarida baho berilgani uchunmi yoki 
o‘zga bir sabab tufaylimi unga tarafdorlar sonining oshgani sezildi. Va shoirning: 
Yo‘q o‘zingda zarrai fazli kamolot, ey Nihon, 
Elga sen ko‘p nosih o‘lma, sahv guftoring g‘alat, – 
degan tanbehi go‘yo bir qadar isbotini ham topdi. 
Bundan tashqari, qalbi Vatan dardi, millat muhabbati bilan yongan shoirlarni 
o‘limidan keyin ham vaqt sinovdan o‘tkazib turadi. Ammo qanaqa g‘araz, qanday bir 
usullarda qoralanib, uydirmalar to‘qilmasin, Vaqt va kelajak ularning sha’ni-
shavkatini kafolatlab, yuziga hatto gard qo‘ndirmaydi. Qodiriyda, Fitrat yo 
Cho‘lponda shunday bo‘lmaganmidi?! Shunaqa shoir, yozuvchi, olimlar bo‘ladiki, 
ismi-sharifi umumiy ro‘yxatdan o‘chirilib tashlanadimi, yozganlari chetga suriladimi 
– adabiyotda biror bir bo‘shliq yoxud kemtiklik sezilmaydi. Nomiga bo‘lsa-da, 
eslaydigan o‘quvchi ham topilmaydi. 
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR. 
Ishda hamzashunoslikda amalga oshirilgan salkam bir asrlik tarix yoritilgan 
bo’lib, unda qiyosiy-chog’ishtirma, tarixiy-tipologik metodlardan foydalanilgan. 
NATIJALAR. 
Hamza milliy shoirlarimizning u peshvolaridan, milliy-ma’naviy tarkibi toza 
adabiyot bag‘rida ildiz yozgan azamat bir chinordir. Davr va zamon shamollari na 
egib biladi uni, na qulatib… Hamza darveshvash ijodkor, his va ehtiroslari yolqinli 
shoir. Taassurot, kechinma va ohangdorlik uning g‘azallarida boshqacha bir 
uyg‘unlik kasb etgan. Mashrabga o‘xshab Hamza ham isyonkor va talvinchi: holdan 
holga yuksalish, kayfiyat manzaralarini har gal yangi mazmunga xizmat ettirishni u 



Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling