Hamza hakimzoda niyoziy hayoti va ijodining


Oriental Renaissance: innovative


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/10
Sana06.04.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1277637
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
hamza-hakimzoda-niyoziy-hayoti-va-ijodining-mustaqillikkacha-o-rganilishi

Oriental Renaissance: innovative, 
educational, natural and social sciences
 
 
VOLUME 1 | ISSUE 1 
ISSN 2181-1784
 
173 
w
www.oriens.uz
2021
 February 
 
istakning va hatto iste’dodning o‘zi yetmaydi. Buning uchun davrning qo‘ynida 
yangilanish ehtiyoji paydo bo‘lishi kerak. Behbudiy, Hamza, Fitrat, Qodiriy va 
Cho‘lponlar ana shunday ehtiyoj tug‘ilgan paytda dunyoga keldilar. Garchand 
ularning shaxsiy qismatlari fojiali yakun topgan esa-da, (birontasi o‘z ajali bilan 
o‘lmagan, aksincha, yangi o‘zbek adabiyoti yo‘lboshlovchilarining hammasi ayni 
ijodlari gullagan vaqtda qatag‘on qilingan!) nomlari zikr etilgan ulug‘lar ijodkor 
sifatida chindan-da baxtlidirlar”.
6
9-sinf uchun chiqarilgan 1986-yildagi darslik
7
ham yuqoridagi ma’lumotlar 
bilan deyarli bir xil. Maktabning har bir darsligiga Hamza hayoti va ijodining 
kiritilishiga e’tibor qaratishgan.
XULOSA. 
Yuqoridagi fikr-mulohazalarimiz asosida quyidagi xulosalarga keldik: 
1.Sovet davri darsliklarida Hamza Hakimzoda Niyoziyning hayoti va faoliyati 
hukmron mafkura nuqtayi nazaridangina yoritilgan. Bu ma’lumotlarda o‘lg‘usi 
shoirni bolalikdan boshlab inqilobchi bo‘lgan, degan iddaolar bo‘rtib bo‘y ko‘rsatib 
turadi. 
2.Hamza faoliyatining muhim jihatlari ham sovet darvri darsliklarida atroflicha 
yoritilgan, jumladan, uning dastlab madrasa ta’limini olganligi, fors-tojik tillarini 
puxta o‘rganganligi, undan so‘ng rus tilini o‘rganib, bu til orqali rus adabiyoti bilan 
tanishganligi haqidagi malumotlar o‘z tarjimayi holiga asoslangan holda keltiriladi. 
Bunda ham asosiy urg‘u Hamzaning rus tili bilimdoni ekanligini maqtashga 
berilganini kuzatamiz. 
3.Hamza hayotining maorif bilan bog‘liq jihatlari ham keng yoritilgan. 
Ayniqsa, uning maktablar ochgani, yangi darsliklar yaratgani yuksak baholangan. 
Biroq bu ishlarning barchasini Hamza go‘yo azbaroyi inqilobchi bo‘lgani uchungina 
qilgan degan iddaoni ilgari surish noto‘g‘ri. Chunki boshqa millat fidoyilari kabi 
o‘sha paytda Hamza ham millatning ma’rifatli bo‘lishi uchun jon kuydirgan bo‘lishi 
haqiqatga yaqin bir holatdir. 
4.Hamzaning o‘ldirilishi, fojiaviy tarzda toshbo‘ron qilinishi haqida mavhum 
ma’lumotlar keltirilgan. Go‘yoki, Hamza xalqqa faqat yaxshilik qilgan-u, mutaassib 
xalq uni toshbo‘ron qilganday taassurot qoldiradi. Ammo keyingi yillardagi 
tadqiqotlar bunday emasligini, Hamzaning diniy ulamolar qo‘li bilan qatl ettirishda 
Sho‘ro hokimiyati uchun yaxshigina manfaat bo‘lganini ko‘rsatmoqda. 
6
 
https://kh-davron.uz/kutubxona/uzbek/ulugbek-hamdam-hamza-yangi-ozbek-adabiyoti-asoschilaridan-birimi.html
  
7
Азимов С., Аҳмедов Қ., Султонов Ю. Ўзбек совет адабиёти. 9-синф учун дарслик. Ўн биринчи нашри. – 
Тошкент: 1986. Б. 256. 



Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling