Hamza hakimzoda niyoziy hayoti va ijodining
Oriental Renaissance: innovative
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
hamza-hakimzoda-niyoziy-hayoti-va-ijodining-mustaqillikkacha-o-rganilishi
Oriental Renaissance: innovative,
educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 1 ISSN 2181-1784 172 w www.oriens.uz 2021 February Hamza Hakimzodaning o‘limi bilan bog‘liq ma’lumotlarda bir qator mavhumliklar uchraydi. Jumladan, uning suiqasd asosida o‘ldirilishi va tasodifiy qurbonga aylanishi o‘rtasida nomutanosiblik bor. Biz oldingi boblarda Nabijon Boqiy hamda Q.Rajabovlarning fikrlariga tayanib, Hamzaning o‘limi chuqur o‘ylangan hodisa bo‘lsa-da, tasodifan amalga oshib qolgani haqida mulohaza yuritgandik. Shu naqtayi nazardan, Hamzaning toshbo‘ron qilib o‘ldirilishi masalasi yuzasidan hali ham olimlar turli-tuman fikrlarga borishmoqda. Bir til, bir yurt, bir din va millatga mansub kimsalarning shoirni o‘ldirishi izohlab bo‘lmas bir vahshiylik va qabohatdir. Lekin o‘lmas shoirning qotillari kimlar ekanligi to hanuz to‘liq ma’lum emas. Bu qonli tarixning yashirin “qatlam” va sirlarini ochish o‘z-o‘zidan qator jumboqlarga aniqlik kiritadi. Bizningcha, din arboblari – mulla-yu eshonlarni Hamzaga qarshi qayragan g‘ayridin kommunistlar bo‘lib (chunki Hamzaning vujudidan qaynab-toshib chiqqan milliy ruh va shuur ularga umuman yoqmagan), uning ijodiyotini soxtalashtirib, g‘ayriilmiy tamoyilda talqin va targ‘ib qilishda ham ularning ishonchli olimu shoirlari bosh-qosh bo‘lishgan. Hamza martaba, mavqe, unvon, mukofot, boylik, shon-shuhrat, nomini abadiylashtirish qayg‘usida qalam tebratmagan. Qalamni u qilichdan-da o‘tkirroq ekaniga ishongani bois, xavf-xatarlarni nazarga ilmay, o‘lim tahlikasini ham go‘yo qo‘shiqqa aylantirgan: Haq yo‘lida jon bersak, bo‘lsak millat qurboni, Din xizmatina kirsak, bo‘lsak millat qurboni. Mana shunday she’rlarni yozish uchun insonda qanchalar jasorat va yurak bo‘lishi kerak?! Balki, shuning uchun ham adabiyotshunos va adib Ulug‘bek Hamdam o‘zining “Hamza – o‘zbek adabiyoti asoschilaridan birimi?” deb nomlangan maqolasida ko‘plab jadid shoirlari kabi Hamzani ham baxtli ijodkorlar safida qo‘yadi: “Akademik Naim Karimov yozadi: “XX asr boshlarida tug‘ilgan va shakllangan jadid adabiyoti o‘z oldiga yangi adabiy badiiy vazifa qo‘ydi va vazifani o‘tash jarayonida shu vaqtga qadar adabiyotimiz xazinasida bo‘lmagan yangi adabiy tur va janrlar, tasvir vositalari va usullarining yuzaga kelishini taqozo etdi”. Binobarin, bugungi, zamonaviy o‘zbek adabiyoti aynan keyingi yangilanish yo‘lidan, jadidlar boshlab bergan qutlug‘ yo‘ldan rivojlanib borayotganligining o‘ziyoq adabiyotimizda yuz bergan so‘nggi tub burilishning naqadar ahamiyatli ekanini ko‘rsatadi. XX va XXI asr mobaynida adabiyotimizning deyarli barcha sohalarida yuz bergan asosiy o‘zgarishlar, yangilanishlar ana shu ikkinchi tub burilish maydonida sodir bo‘ldi va bo‘lmoqda, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz. Chunki tub burilish bo‘lishi uchun |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling