Hamza hakimzoda niyoziy hayoti va ijodining
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
hamza-hakimzoda-niyoziy-hayoti-va-ijodining-mustaqillikkacha-o-rganilishi
Oriental Renaissance: innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 1 ISSN 2181-1784 166 w www.oriens.uz 2021 February HAMZA HAKIMZODA NIYOZIY HAYOTI VA IJODINING MUSTAQILLIKKACHA O’RGANILISHI SamDU magistranti Abdukarimov Anvar Ravshanxon o’g’li Annotatsiya. O’zbek adabiyotshunosligida Hamza ijodi nihoyatda ko‘p o‘rganilgan masalalardan sanaladi. Uning ijodini o‘rganish, talqin va targ‘ib etish masalasi, ayniqsa Sho‘ro davri adabiyotshunosligining yetakchi masalalaridan biri edi. Shu ma’noda bu davrda nihoyatda ko‘p ilmiy va badiiy asarlar yaratildi. Hatto adabiyotshunoslikda Hamzashunoslik degan alohida yo‘nalish paydo bo‘ldi. Hamza nomidagi mukofot ta’sis etilib, uning nomi bir qator geografik obyektlarga qo‘yildi. Hamzani e’tirof etib yozilgan asarlarda inqilobchi Hamza, ateist Hamza, Sho‘rolarga xizmat qiluvchi Hamza obrazlarini turli rakurslarda ko‘rish mumkin. Shuningdek, Hamzaning boy ijodiy merosi ichidan faqat siyosiy tuzumga xizmat qiladigan asarlarnigina saralab olib, targ‘ib qilish hodisasi ham ko‘p uchragan. Ushbu maqolada ma’rifatparvar adib Hamza Hakimzoda Niyoziyning hayot yo‘li, uning shaxsiyatiga xos bo‘lgan xususiyatlarning turli davrlarda turlicha talqin etilgani haqida so‘z boradi. Tarixiy haqiqatni qaror toptirish uchun Hamza shaxsiga va ijodiga xolisona yondashuv lozimligi, maktab darsliklarida ham ayni shu jihatga ahamiyat berilishi zarurligi masalalari muhokamaga tortilgan. Shuningdek, ushbu maqolada shoir shaxsidan inqilobchi, dahriy timsollari zo‘rma-zo‘rakilik bilan yasalgani, aslida adibning ma’rifatparvarlik ruhidagi asarlari noto‘g‘ri talqin qilingani haqida mulohazalar o‘rin olgan. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling