Hans Kelzen dаvlаt vа huquqning umumiy nаzаriyasi general theory of law and state


Download 181.76 Kb.
bet12/126
Sana05.01.2022
Hajmi181.76 Kb.
#219476
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   126
Bog'liq
Hanz Kelzen kitob tarjima

Demokratiya va avtokratiya

Muammo faqat an’anaviy klassifikatsiyalashning me’zonida emas, balki umuman uch shaklga ega bo’lish prinsipida hamdir. Аgar klassifikatsiyalashning me’zoni bu konstitutsiyaga asoslanib qonunchilik tuzimini yaratishda bo’lsa, unda uch shakl emas balki ikki shaklni ajratish maqsadga muvofiqdir: demokratiya va avtokratiya. Ushbu shakllar siyosiy erkinlik g’oyasiga asoslangan.

Siyoskiy erkin kishi o’zi yaratilishida qatnashgan qonunchilik tizimining ob’ekti bo’ladi. Аgar kishi “ijtimoiy tizimga” ko’ra qilishi kerak bo’lgan narsa “o’zining xohishiga” mos kelsa, u erkin hisoblanadi. Demokratiya degani bu davlatning qonunchilik tuzimida aks etgan xohish uning ob’ektlari xohishiga mos kelishi. Bunga qarama-qarshi tizim-bu avtokratiyadir. Bunda ob’ektlar qonunchilik tizimini yaratishdan chetda qolgan bo’lib ularni ixtiyori va tizimning o’rtasidagi muvofiqlik kafolatlanmagan.

Demokratiya va avtokratiya aslida tarixiy mavjud bo’lgan konstitutsiyalarga emas, balki ideal tiplarga tegishli. Аslida esa ushbu tiplarning birortasiga to’liq mos keladigan davlat yo’q. Har bir davlat ushbu tiplarni birikmasi bo’lib, bunda jamiyat bir yoki ikkincha tipga yaqinroq bo’ladi. Ikki ta polyus o’rtasida ko’plab o’rtacha holatlar bo’lib ular umuman aniq bir nomga va ta’rifga ega emas. Umumiy terminologiya muvofiq davlatning tuzilishda demokratik printsiplar ustun kelsa, u demokratik bo’ladi, avtokratik printsiplar ustuvor bo’lsa, davlat avtokratik deb hisoblanadi.




Download 181.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling