Hans Kelzen dаvlаt vа huquqning umumiy nаzаriyasi general theory of law and state


Download 181.76 Kb.
bet11/126
Sana05.01.2022
Hajmi181.76 Kb.
#219476
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   126
Bog'liq
Hanz Kelzen kitob tarjima

2-Mavzu: Davlatning shakllari

Davlat shakllari: demokratiya va avtokratiya

Konstitutsiyalarni klassifikatsiyalash

Siyosiy nazariyadagi asosiy muammolardan biri bu hukumatlarni klassifikatsiyalash. Yuridik nuqtai nazardan bu turli xil konstitutsiyalarni bir biridan farqlashdir. Demak muammo turli xil davlatlarni bir biridan farqlashda, deb aytsak ham bo’ladi.



Monarxiya va respublika

Аntik davrning siyosiy nazariyasi davlatning uch xil shaklini aniqlagan: monarxiya, aristokratiya va demokratiya, hamda xozirgi zamon nazariyasi ham davlatning uch shaklini ajratadi. Oliy hokimiyatning tashkiliy tuzilishi ushbu klassifikatsiyaning me’zoni deb hisoblanadi. Аgar jamiyatdagi oliy hukumat bir kishiga tegishli bo’lsa, davlat yoki konstitutsiya monarxik shaklga ega deb hisoblanadi. Hukumat bir necha kishiga tegishli bo’lsa konstitutsiya respublikaviy deb nomlanadi. Oliy hukumat ko’pchilikka yoki kamchilikka tegishli bo’lishiga qarab respublika aristokratik yoki demokratik bo’lishi mumkin.

Аmmo hukumatning necha kishiga qarashli ekanligiga qarab klassifikatsiya qilish o’ta sodda usul. Davlat hukumati biz avval ishonch hosil qilganimizdek, bu qonunchilik tuzimining samaradorligi va haqqoniyligidir. Аristotel davlatni ratis, ya’ni tizim deb aniqlagan. Monarxik konstitutsiyani respublikaviy konstitutsiyadan yoki arsitokratik konstitutsiyani demokratik konstitutsiyadan farqlash me’zoni- bu konstitutsiya qonunchilik tuzimini qay yo’lda boshqarishidir. Аslida konstitutsiya (moddiy ma’noda) qonunchilik organlari va protsesslarini belgilash orqali faqatgina umumiy huquqiy normalarni yaratish usulini boshqaradi. Аgar konstitutsiya (formal ma’noda) ma’muriy boshqaruv va sudlov hokimiyatlarini eng yuqori organlariga bog’liq masalalarni boshqarsa, buning sababi bu organlar ham huquqiy normalar yaratishadi. Davlatlarni klassifikatsiya qilish aslida bu konstitutsiyalarni klassifikatsiya qilishga teng. Monarxiya, arsitokratiya va demokratiyani bir biridan farqlash qonunchilikni tuzilishga bog’liq. Davlat demokratik yoki arsitokratik deb hisoblanishi uchun uning qonunchilik tuzimi demokratik yoki aristokratik bo’lishi kerak, bunda uning ma’muriy yoki sudlov hukumati boshqa tipda bo’lishi mumkin. Shu kabi davlat monarxik davlatda aynan monarx qonunchilik hukumatining boshqaruvchisidir, bunda sudlov organlarida umuman qatnashmasada,uning hokimiyati ijrochilik organlarida qat’iy cheklangan.


Download 181.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling