Hans Kelzen dаvlаt vа huquqning umumiy nаzаriyasi general theory of law and state
Download 181.76 Kb.
|
Hanz Kelzen kitob tarjima
Davlatning normativ tavsifi
Sotsiologlar davlatda qonun ustuvorligini izohlash uchun yuridik tushunchadan foydalanishadi. Ular tasvirlaydigan xususiyat normativ qarorlar va ularning yig’indisi bilan tasdiqlangandagina maqsadga muvofiq bo’ladi. Sotsiologlar davlatning shaxslardan ko’ra ustunlik sifatlarini ham nazarga olishadi. Faqatgina normativ buyruqlar davlatni majburlovchi qudratga aylantiradi, ayniqsa bu hukumat suveren bo’lsa. Suverinitetga esa, keyinroq bunga yana to’xtalib o’tamiz, faqatgina normativlik asosida erishiladi. Davlat normativ buyruq beruvchi ekanligi davlat va shaxs orasidagi “qarama-qarshilik” da ham o’z isbotini topadi, bu esa nafaqat sotsiologik falsafaga, balki sotsiologiyaning o’zi uchun ham o’ziga xos muammodir. Agar “Davlat” ham xuddi shaxs singari aniq fakt bo’lganida edi, bular orasida ziddiyat yuzaga kelmas edi. Chunki ikki bir xil fakt “qarama-qarshilik” ga bormaydi. Lekin agar “Davlat” normalar tizimi bo’lsa, shaxsda shu ba’zi normalarga nisbatan norozilik yuzaga kelishi mumkin. Bunda mavjud holat va bo’lshi zarur bo’lgan holatlar o’rtasida ziddiyat holati yuzaga kelib barcha sotsial muammolarning tub sababini keltirib chiqaradi. Davlat “Siyosiy” tashkil etilgan jamiyat (Davlat kuch sifatida) davlatning tasviri quyidagi fakt bilan yanada ravshanroq namoyon etiladi: Hatto sotsiologlar davlatni “Siyosiy” tuzilgan jamiyat sifatida tasvirlanadi. Jamiyat bu organizatsiya tomonidan tayinlangan bo’linma bo’lganidan keyin, davlatni siyosiy organizatsiya deb nomlash maqsadga muvofiq. Davlat – bu siyosiy organizatsiya, chunki u kuch qudratning ishlatilishini tashkillashtiruvchi va o’zi xohlagan maqsadga yo’naltiruvchidir. Ammo bu qonunning asosiy sifatlaridan biridir. Davlat siyosiy tashkil etilgan jamiyatdir, chunki bu jamoa majburiy buyruqlarga bo’ysunadi. Majburiy buyruq esa bu – qonundir. Davlat ba’zida siyosiy organizatsiya deb atalishiga asosiy sabab. Bu uning “hokimiyat” sohibi yoki qudratning o’zi ekanligidir. Davlatning kuch deb yuritilishining sababi esa u tomonda qonun bor va u qonunni ishga soladi. Qonunning samaradorligi aniq ravshan va bu orqali shaxslarga bir qator majburiyat yuklanishi orqali o’sha qudrat qo’lga kiritiladi. Bir shaxsning ikkinchi shaxs ustidan ma’lum ijtimoiy huquqqa egaligining aniq ko’rsatilishi ulardan birinchisi ikkinchisining xatti harakatini o’zi istaganidek tizimiga solishiga imkon beradi. Lekin ijtimoiy tuzilmadagi bu ustunlik faqatgina inson fe’l atvori to’g’risidagi normativlar doirasida vujudga keladi. Bu kabi qudratning bo’lishi uchun bir shaxsning ikkinchisidan ko’ra shunchaki kuchli bo’lishi va biror harakatga majburlashi, xuddi biror kishi hayvonni bo’ysundirishi yoki daraxtni yiqitgani singari kabilar yetarli emas. Sotsial va siyosiy ko’rinishdagi qudrat bu ustun va kuchsiz tomonlarning munosabatlarini ko’zda tutadi. Bunday munosabatlar faqat kimgadir buyruq berish uchun kuch berilganda va boshqa kimdir buysunishga majbur qilingandagi holat asosida paydo bo'lishi mumkin. Ijtimoiy kuch ijtimoiy majburiyatga muvofiq bo’ladi va ijtimoiy majburiyat ijtimoiy tizimini yoki qandaydir darajada ijtimoiy tashkilotni nazarda tutadi. Ijtimoiy kuch faqat ijtimoiy tashkilot ichida mavjud bo’lishi mumkin. Ijtimoiy kuch har bir yagona shaxsni e’tiborga ola olmasligi ayon, lekin bu odatda bir guruh shaxslar bilan ijtimoiy hayotda shundaydir. Ijtimoiy kuch har doim ma’lum vaziyatlarda yoki rejalashtirilgan tarzdagi kuchdir. Davlat hokimiyati pozitiv huquq tomonidan tashkil etilgan huquqiy hokimiyat hisoblanadi;ya'ni, pozitiv huquqning samaradorligidir. Davlatning kuchi haqida gapirilganda, har bir shaxs odatda qamoqxonalar va elektr stullar, avtomatlar va zambaraklar haqida o'ylaydi. Lekin hech bir inson unutmasligi kerakki bu o’lik narsalar faqatgina insonlar tomonidan foydalanilgandagina kuch-qudrat vositasiga aylangan va shu insoniyat bu qurollarni faqat o’zlari meyoriy qoidalar deb hisoblagan buyruqlari asosida ko’zlagan maqsadlari yo’lida foydalanishga o’tishdi. Siyosiy hokimiyat egasi bu vositalar foydalanishni tizimiga soluvchi normalar ta'siri bo'lib, aslida o'zini namoyon qiladi. “Kuch” qamoqxonalar va elektr stullar, avtomatlar va zambaraklar emas; ijtimoiy tizimi ortida yashiringan modda yoki shaxs ham emas. Siyosiy kuch qonun sifatida tan olingan majburiy tizimining samarali faoliyati hisoblanadi. Download 181.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling