Hans Kelzen dаvlаt vа huquqning umumiy nаzаriyasi general theory of law and state


-Mavzu: Hokimiyatlar bo`linishi va davlat organlari


Download 181.76 Kb.
bet32/126
Sana05.01.2022
Hajmi181.76 Kb.
#219476
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   126
Bog'liq
Hanz Kelzen kitob tarjima

3-Mavzu: Hokimiyatlar bo`linishi va davlat organlari

Davlat organi tushunchasi
Qonuniy tizimlar tomonidan belgilangan funksiyalarni har qanday bajaruvchi bu – organdir. Bu funksiyalar, norma yaratish yoki norma qo’llash harakterda bo’ladimi ularning hammasi pirovardida sanksiyalarni ijro etishni maqsad qilgan. Jazolovchi kodeks(qonun) qabul qiluvchi parlament va jinoiy ishi bo’yicha hukm chiqaruvchi sudya va ayni paytda jazoni ijro etuvchi shaxslar davlat organlaridir.

Organ, bu ma’noda, aniq funksiyani individual bajaruvchidir. Organ bo’lishning individual sifati(darajasi) uning funksiyalarida belgilanadi. U organ bo’lganligi tufayli qonun yaratish yoki qonunni qo’llash funksiyasini bajaradi. Bu tushunchadan tashqari, boshqa, torroq “moddiy” tushuncha bor, shaxs davlat organi bo`lishi mumkin, agarda usbu shaxs alohida huquqiy maqomga ega bol`sa. Yuridik kelishuv, shartnoma bu sud qarori kabi qonun yaratish harakatidir(faoliyatidir, jarayonidir). Shartlashuvchi taraflar sudya kabi qonun yaratish vazifasini bajaradi, ammo sudya bu terminning torroq ma’nosida davlatning organidir. Shartlashuvchi taraflar davlat organi hisoblanmaydilar. sudya bu terminning torroq ma’nosida davlatning organidir, chunki u o’z funksiyasida tayinlangani va saylangani tufayli o’z funksiyasini yuqori malakada bajaradi va davlat g’aznasi( xazinasi)dan muntazam to’lov va oylik maosh oladi. Mol-mulkning egasi sifatida davlat Fisc.(FISCUS)dir. Davlatning mol-mulki davlatning daromadlaridan yaratiladi va davlat daromad fuqarolar tomonidan to’lanadigan soliqlar va majburiy to’lovlardan tashkil topadi. Bular terminning torroq doirasida organning muhim xususiyatidir. Organ aniq funksiyani bajarish tayinlanadi va saylanadi, bu funksiyani bajarish uning asosiy yoki yuridik muhim kasbi bo’lishi kerak. Uning davlat xazinasidan maosh olish huquqi bor. Torroq ma’noda davlat organlari mansabdor shaxslar deb nomlanadi. Har bir shaxs davlat organi sifatida ishlamaydi, kengroq ma’noda mansab lavozimini egallamaydi. Ovoz berish yo’li bilan parlament saylovlarida qatnashuvchi fuqaro qonun chiqaruvchi organni shakllantirishda muhim funksiyani bajaradi. Ammo, u torroq ma’noda davlat organi emas, mansabdor emas. Aniq xususiyatga ega bo’lgan organ bilan aniq xususiyatga ega bo’lmagan organ o’rtasida ko’pgina oraliq masala( ish, muammo) bor. Ko’rib chiqamiz, misol uchun: ijrochilik xusussiyati mavjud bo’lmagan funksiyaga ega bo’lgan parlament a’zolari . ular qo’shimcha ravishda qonun chiqaruvchilar, shifokorlar, huquqshunoslar, savdogarlar va ularda bu kasblarni bajarish vakolati berilgan, ba’zan ular biror doimiy maosh olmaydilar yana boshqa misol- sud hay’ati a’zolari.



Download 181.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling