Hans Kelzen dаvlаt vа huquqning umumiy nаzаriyasi general theory of law and state
Download 181.76 Kb.
|
Hanz Kelzen kitob tarjima
Umumiy normalarni ta`rifi
Umumiy qoidalar, konstitutsiyaga binoan qonunchilik tomonidan yaratilgan va faqatgina sud va ma`muriy organlar, sud va ma`muriy jarayonlarni aniqlab qolmay, balki ularni yechimlari va aktlarining mazmunini ham aniqlaydi. Misol qilib aytganda, jinoyat huquqida umumiy qoidalar qonunbuzarlikni aniqlaydi va sudlar tomonidan bunga nisbatan sanksiya ko`rinishida chora ko`riladi. Qo`llaniladigan sanksiya ham umumiy qoidalarda o`zining aksini topadi, sud qarori esa yuqorida keltirilgan normalarga monand bo`lishi lozim va ular oldindan aniqlashtirilgan bo`lishi kerak. Odatda sudlar farqli ravishda fuqarolik va jinoyat huquqlari bilan jiddiy bog`langan bo`ladi. Ular qaror qabul qilish jarayonida fuqarolik va jinoyat huquqlariga qat`iy amal qilishlari shart. Konstitutsiya sezilarli darajada umumiy qoidalarni aniqlaydi. Ular asosida esa alohida sud tomonidan belgilangan normalar yaratiladi. Qaror Umumiy qoidalar yaratilish jarayoni ikki bosqichdan iborat. Turli konstitutsiyalar ma`muriy organlarga izoh beradi. Masalan, davlat rahbariga yoki vazirlar mahkamasi a`zolariga. Hamda umumiy qoidalar qoidani asoslaydi. Boshqa organlar tomonidan qabul qilinadigan umumiy normalar qaror sifatida qabul qilinadi. Konstitutsiyaga binoan ma`muriy organlar tomonidan bu qarorlar qabul qilinishi mumkin. Davlat rahbari yoki vazirlar mahkamasi azolari belgilangan bo`lim rahbarlari sifatida bu mamuriy organlarga kiradi. Ular favqulodda vaziyatlarda va ularni tartibga solish uchun qaror qabul qilinadi. Ba`zi Konstitutsiyalarga ko`ra, muayyan ma`muriy organlar - ayniqsa, davlat boshlig`i Vazirlar Mahkamasi odatdagi masalalarni tartibga solish uchun umumiy normalarni qabul qiladi. Ustav va qoidalar (farmoyishlarida) o`rtasida farq ravshan bo`lib, huquqiy ahamiyatga ega umumiy normalari yaratish, asosan, davlat boshlig`i yoki Vazirlar Mahkamasi bilan bir-xil emas. Аyniqsa, saylangan parlament va qonunchilik hokimiyati ijro hokimiyati va sud hokimiyatidan ajratilganda bu juda muhim hisoblanadi. Odat huquqidan farqli ravishda, umumiy huquqiy normalar maxsus shakli bo`lishi kerak: ular parlament qarorlari mazmuni bo`lishi kerak, bu qarorlarni qabul qilish uchun bazan davlat boshlig`i roziligini kerak va yuridik kuchga ega bo`lishi maqsadida rasmiy jurnalida chop talab qiladi. Ular parlament qarorlarining mazmunini tashkil qilishi lozim va ular qonuniy kuchga kirishi uchun rasmiy jurnallarda chop etilishi kerak. Ushbu talablar qonunning shaklini tashkil etadi. Shuni e`tiborga olish kerakki, qonunlarning moddiy ma`noda va rasmiy ma`noda farqlash lozim. Bunda u qonun shaklida qabul qilingan bo`lsada huquqiy ahamiyatga bo`lmasligi mumkin. Download 181.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling