Hans Kelzen dаvlаt vа huquqning umumiy nаzаriyasi general theory of law and state


Ikkinchi darajali norma huquqiy kelishuvning mah`suli sifatida


Download 181.76 Kb.
bet94/126
Sana05.01.2022
Hajmi181.76 Kb.
#219476
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   126
Bog'liq
Hanz Kelzen kitob tarjima

Ikkinchi darajali norma huquqiy kelishuvning mah`suli sifatida
Agar bu huquqiy kelishuv orqali yaratilgan norma deb atalsa, demak u ikkinchi darajali normadir. Bu normalar umumiy bosh normalar bilan aloqada bo`lgan holda kelishuvning bo`shliqlarini to`ldirishni maqsad qiladi. Bu holatda ikkinchi darajali normalar tomonlarning qonuniy xatti-harakatlarini aniqlashtirish shartini qo`yadi. Ikkinchi darajali norma yuridik nazariyaning oddiy yordamchi konstruksiyasi emas. Masalan, ijara shartnomasida A tomon B tomonga aniq bir binoda yashash uchun ruxsat berish majburiyatini o`z zimmasiga oladi. B tomon esa A tomonga aniq belgilangan miqdorda ijara haqi to`lash majburiyati oladi. Har ikkala majburiyat ijara shartnomasi matnida ikkinchi darajali norma sifatida ifodalanadi. Masalan: A X binoda B ning yashashiga ruxsat beradi, B Aga ijara haqi to`laydi. Ammo A va B tomonning huquq va majburiyatlari sudlar murojaat qilishi zarur bo`lgan bosh umumiy normalarga ko`ra yaratiladi. A va B tomon bu ikkinchi darajali normalarni buzishga olib keluvchi harakatlarni bajarganda,ko`rsatmalar, kontrak orqali yaratilgan normalarda belgilanganidek xatti-harakatda bo`lmasalar javobgar bo`ladilar. Bu holatda jinoyat va fuqarolik huquqi o`rtasida texnikaviy farqlar mavjud. Shaxsning majburiyati umumiy bosh normada belgilangan o`g`irliklikdan o`zini tiyishni shart qiladi. Ikkinchi darajali normalarda “Barcha shuningdek, men ham og`irlikdan o`zini tiyishi shart” deyiladi. Ammo, bu zaruriy emas. Huquqiy haqiqat usiz tasvirlanadi. Bosh normaning mazmunida “Agar A o`g`irlasa, B jazolashi kerak” deyilsa A ning huquqiy majburiyati yetarli xarakterlangan bo`ladi. Ijaraga beruvchining majburiyati ijaraga oluvchining aniq binoda yashashiga ruxsat berish, ijaraga oluvchining majburiyati esa ijaraga beruvchiga aniq belgilangan ijara haqini to`lash hisoblanadi.Bu majburiyatlar ijara shartnomasidagi kamchiliklarni to`ldirishni shart qilib qo`yadi. Bu ikkinchi darajali norma orqali yaratilgan ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchining huquq va majburiyatlari umumiy normalarga huquqni yaratish ishi sifatida kiritilishi shart.Umumiy bosh norma tomonlarga huquqiy kelishuvga kirishish kabi shaxsiy normalar, aniq protsedura yaratish huquqini beradi. Bu shaxsiy norma A tomonning B tomonga aniq bir binoda yashashiga ruxsat berish va B tomon A tomonga aniq belgilangan ijara haqi to`lashni nazarda tutadi. Ikkinchi darajali norma bosh normadagi A va B tomonning huquqiy majburiyatlari bilan aloqada bo`ladi.

Jinoyat huquqi hududida shaxsiy huquqiy majburiyatlar aniq bir bosh normada belgilanadi. Ammo, shunga qaramasdan, fuqarolik mulk huquqida aniq bo`lmagan majburiyatlar ham belgilanadi. Bu istisnosiz qoida emas.Tipik istisno noqonuniy xatti-harakat tufayli yetkazilgam zararni qoplash majburiyatini nazarda tutadi.



Download 181.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling