Hans Kelzen dаvlаt vа huquqning umumiy nаzаriyasi general theory of law and state
Download 181.76 Kb.
|
Hanz Kelzen kitob tarjima
Reparatsiya
Biz yuqorida ta`kidlab o`tganimizdek, fuqarolik huquqining umumiy normalari huquqiy kelishuv orqali yaratilgan ikkinchi darajali normalarning bajarilishini shart qilib qo`ymaydi, shuningdek, bu buzish orqali yetkazilgan zarar qoplanmaydi. Bosh vaqtda huquqiy kelishuv orqali yaratilgan ikkinchi darajali normalarning buzilishiga qarshi noqonuniy xatti-harakat tufayli yetkazilgan zararni qoplash majburiyati odatda kiritiladi. Umumiy normalar ijara beruvchi va ijaraga oluvchi roziligi asosida “Agar tomonlar ijara shartnomasini tuzsa, ulardan biri buzsa uni va yetkazilgan zararni qoplamasa, keyin fuqarolik sanksiyasi boshqa tomonning talaba ostida unga bajartiradi. Fuqarolik huquqiga ko`ra, huquqiy kelishuv orqali yaratilgan ikkinchi darajali normalarning buzilishi faqat noqonuniy xatti-harakat deb baholangan ishdagina majburiyat ta`minlanmaydi. Umumiy normalar shaxsning xatti-harakatlari tufayli yetkazilgan zararni va hatto hech qanday huquqiy kelishuvsiz keltirilgan zararni qoplanishini nazarda tutadi. Faqatgina jinoiy sanksiya shaxsning aniq xatti-harakatlarini nazarda tutadi. Keltirilgan zararni qoplash majburiyati huquqiy kelishuv orqali yaratilgan ikkinchi darajali normalarning buzilishi emas. Jinoyat huquqbuzarlik xarakteri shunday: “xatti-harakatni qilish mumkin, ammo kerak emas”. Bu faqat fuqarolik huquqbuzarlik yaratishi mumkin. Keltirilgan zarar jinoiy huquqbuzarlikni keltirib chiqarsa, bunga jinoiy sanksiya beriladi va zarar fuqarolik tartibida qoplanmaydi. Belgilangan qoidalarga ko`ra, jinoiy huquqbuzarlik oqibatida yetkazilgan zararni qoplash majburiyati mavjud. Odatda ikki xildagi huquqiy majburiyatlar alohida tasvirlanadi: o`zining xatti-harakati zarar yetkazishga sabab bo`lmagan shaxs majburiyati va o`zining xatti-harakati tufayli yetkazilgan zararni qoplash majburiyati. Mazkur holatda huquqiy kelishuv orqali yaratilgan ikkinchi darajali normaning buzilishi zarar yetishiga sabab bo`ladi. Ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga binoda yashashga ruxsat berish majburiyati va bu majburiyatning buzilishi oqibatida yetkazilgan zararni qoplash majburiyatini o`z zimmasiga oladi. Bu ikki majburiyat o`rtasidagi munosabat ikkinchi majburiyat birinchisini siqib chiqarishi bilan xarakterlanadi. Majburiyat zarar yetkazilishiga yoki huquqiy kelishuv orqali yaratilgan ikkinchi darajali normaning amal qilishiga sabab bo`lmaydi. Fuqarolik huquqbuzarligi sababli yetkazilgan zararni qoplash majburiyati huquqiy majburiyatlar ichida o`ziga xos xususiyatga ega.Agar zarar jinoiy xatti-harakat oqibatida yetkazilgan bo`lsa, ushbu zararni qoplagan shaxs bu bilan jinoiy jazodan qutilib qola olmaydi. Agar shaxs shartnomani buzish oqibatida yetkazilgan zararni to`lasa, bu bilan u fuqaroviy javobgarlikdan qutilib qolishi mumkin. Lekin, kimdir og`ir tan jarohati yetkazsa va bu zararni qoplamasa, u ham fuqaroviy, ham jinoiy javobgarlikka tortilishi kerak. Ushbu holatda yetkazilgan zararning qoplanishi majburiyati delikt majburiyat o`rnini bosishi mumkin emas. Jinoyat oqibatida yetkazilgan zararni qoplash majburiyati o`ziga xos majburiyat hisoblanib, boshqa majburiyatlarning o`rnini bosuvchi emas, balki qo`shimcha majburiyatdir. Download 181.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling