Hans Kelzen dаvlаt vа huquqning umumiy nаzаriyasi general theory of law and state
Huquq ijodkorligi funksiyasining tushunchasi
Download 181.76 Kb.
|
Hanz Kelzen kitob tarjima
Huquq ijodkorligi funksiyasining tushunchasi
Yuqorida aytib o`tilganidek, huquq normalarinin ishlab chiqish ikkita alohida yo`nalishda amalga oshiriladi: yuqori huquq normalari qaysiki organ va quyi huquq normalarini ishlab chiqishni belgilovchi hamda quyi huquq normalarining mazmuni. Hattoki yuqori huquq normalari organ faoliyatining belgilasada bu shuni anglatadiki ushbu individ quyi huquq normalarini yaratadi ya`ni ushbu organ quyi huquq normalarini va huquq normalarini mazmunini ishlab chiqish jarayonlarini o`zidan kelib chiqib belgilaydi. Yuqori huquq normalari quyi huquq normalarini ishlab chiquvchi organni belgilaydi. Boshqa huquq normasidan kelib chiqmagan huquq normasi huquq ko`rsatmasi bo`la olmaydi. Individual huquq normasini ishlab chiqish huquqiy jamoa organi sifatida qaralmaydi, uning huquq ijodkorligi jamoaviy hisoblanmaydi. Har bir huquq ijodkorligi hujjati huquqni qo`llash hujjati sifatida qaralishi kerak. Shuning uchun, norma ijodkorligi funksiyasi normani qo`llash funksiyasi sifatida qabul qilinishi kerak hatto individual tarzda quyi huquq normalari yaratilganda ham ushbu jarayonlar yuqori huquq normalari bilan belgilanadi. Ushbu organ faoliyatini belgilovchi yuqori huquq normalari ushbu organ tomonidan chiqariladigan hujjatlarni belgilab beradi. Ushbu huquq ijodkorligi ayni vaqtda huquqni qo`llash hisoblanib, huquqiy ko`rsatma tomonidan belgilab beriladigan huquqni ijod qilish hujjatidir. Ushbu belgilash har qanday darajada bo`lishi mumkin. Ushbu daraja huquqni qo`llash jarayoninin to`xtatib qo`yadigan darajada hamda huquqni ijod qilishni to`xtatib qo`ymaydigan darajada bo`lmaydi. Huquq normalari huquqiy hujjatlar orqali yaratilar ekan, u huquqni ijod qilish hujjati hisoblanadi, hatto huquqni ijod qilish organining funksiyasi yuqori huquq normalar bilan mustahkamlab qo`yilgan bo`lsa ham. Ushbu holatda nafaqat organ, uning huquq ijodkorligi jarayoni balki normalarning mazmunini yaratish ham yuqori huquq normalari bilan belgilab qo`yiladi. Shunga qaramasdan ham ushbu jarayonlarda huquqni ijod qilish mavjud. Hujjatlar huquq ijodkorligi yoki huquqni qo`llash ekanligi masalasi ushbu hujjatni qabul qiluvchi organning huquqiy ko`rsatmalarga bog`liq ekanligiga bog`liqdir.Huquq normalarini belgilab bermaydigan hujjatlar shunchaki huquqni qo`llash hisoblanadi. Аniq masalalarda sanksiyalarni ijro etish bunga misol oladi. Bu ikkita cheklangan tushunchalardan biri hisoblanadi. Keyingisi esa asosiy norma hisoblanadi. Bu dastlabki qoidalarni belgilaydi, lekin bu oldindan yuridik fikrlash natijasi hisoblanadi va o`z navbatida uning o`zagi oldindan belgilab qo`yilmaganligi uchun huquqni qo`llash hisoblanmaydi. Download 181.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling