Hans Kelzen dаvlаt vа huquqning umumiy nаzаriyasi general theory of law and state


Avtonom (o’z o’zini boshqaruvchi) provinsiyalarning desentrelizatsiyasi


Download 181.76 Kb.
bet29/126
Sana05.01.2022
Hajmi181.76 Kb.
#219476
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   126
Bog'liq
Hanz Kelzen kitob tarjima

Avtonom (o’z o’zini boshqaruvchi) provinsiyalarning desentrelizatsiyasi

(“nomarkazlashtirish”desentrelizatsiya ma’nosi huquq, funksiyalar, vazifalar va vakolatlarning markazdan quyi qismlarga yoki markazdan boshqa joyga o’tkazilishi)

Mahalliy avtonomiya holatida, boshqaruv organlari tomonidan yaratilgan hududiy normalar nomarkazlashtirish sharoitida amalda cheklangan. Lekin nomarkazlashtirishning kengayishi ehtimol qonunchilik, umumiy normalarni paydo qilishga olib kelgan. Bu avtonom provinsiyalarning nomarkazlashtirish turidir. Avtonom provinsiyalarning organlari mahalliy qonun chiqaruvchi organ bo’lib, ular mahalliy aholi tomonidan yoki qonun chiqaruvchi organlar va a’zolari tomonidan yoki mahalliy hokimiyat va tuman (viloyat) vakillari tomonidan saylanadi. Avtonom boshqaruv organi boshliqlari odatda aholi yoki qonun chiqaruvchi organ tomidan saylanadi. Agar hokim Shtat (viloyat) boshlig’i tomidan saylansa, nomarkazlashtirish va avtonomlik darajasi pastroq bo’ladi. Hokim boshqaruv organiga saylanganlar bilan birga yoki yakka holda faoliyat ko’rsatishi mumkin. O’zini-o’zi boshqaruvchi provinsiyalarda sud organlari mavjud emas. Sudlar Shtat sudlari hisoblanib, avtonom provinsiyalarning sudlari sifatida faoliyat ko’rsatmaydi. Bu sudlarning nomarkazlashganligini ko’rsatib, nomarkazlashtirish boshqaruv turiga muvofiq keladi. Sudlardan tashqari, faqatgina boshqaruv va qonun chiqaruvchi hokimyatlargina avtonomlik xususiyatiga ega; qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat mahalliy va markaziy birlashmalar tomonidan bo’lib olingan.


Download 181.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling