Haqidagi fan


 Fanning rivojlanish tarixi haqida qisqacha ma’lumot


Download 93.79 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana21.10.2023
Hajmi93.79 Kb.
#1714368
1   2   3   4   5   6   7   8
1.2. Fanning rivojlanish tarixi haqida qisqacha ma’lumot 
Metrologiya fani ham koʻpgina fanlar kabi qadimiy fanlardan hisoblanadi
uning tarixi minglab yillarni tashkil etadi. Kishilarning oʻlchashlarga boʻlgan 
ehtiyoji qadim zamonlardayoq yuzaga kelgan, ular kundalik hayotida har xil 


kattaliklarni: jismlarning oʻlchamlarini (uzunligi, eni, massasini, …), masofalarni, 
yuzalarni, vaqtni va hokozalarni oʻzlari yaratgan oʻlchash vositalari va usullari 
orqali oʻlchay boshlaganlar. Dastlabki oʻlchash birliklari insonning muayyan tana 
a’zolariga muvofiklikka yoki moyillikka asoslangan holda kelib chiqqan boʻlib, ular 
antropometrik deb ataladi. Masalan, Markaziy Osiyo mamlakatlarida yashovchi 
xalqlar uzunlikni oʻlchashda quyidagi birliklardan foydalangan: qarich (qoʻl 
panjalari yozilgan-da bosh va jimjiloq barmoqlarining uchlari orasidag masofa), 
quloch (ikki yon tomonga uzatilgan qoʻllarimizning uchlari orasidagi masofa), gaz 
(yon tafafga uzatilgan qoʻlning uchudan koʻkrak oʻrtasigacha boʻlgan masofa), 
qadam (inson yurganida oyoqlari orasidagi masofa) va hokozalar. Rossiya va G‘arb 
mamlakatlarida esa oʻziga xos birliklar qabul qilingan: ladon (bosh barmoqni 
hisobga olmaganda qolgan toʻrttasining kengligi), pyad (yozilgan bosh va 
koʻrsatkich barmoqlar orasidagi masofa), fut (oyoq tagining uzunligi) va boshqalar. 
Bundan tashqari massa, hajm kabi kattaliklarni oʻlchashda ham oʻziga xos birliklar 
qoʻllanilgan [34]. 
Oʻlchashlarda qoʻllanilgan birliklarning ba’zilari tabiatda mavjud narsalarga 
asoslangan holda hosil qilingan. Masalan, karat (turli qimmatbaho toshlarning 
oʻlchov birligi sifatida keng qoʻllanilgan birlik boʻlib, «nuxotcha» ma’nosini 
anglatadi), gran («boʻgʻdoy doni» ma’nosini bildiradi), arpa doni (massa va 
uzunlikni oʻlchashda qoʻllanilgan), tomchi va boshqalarni aytish mumkin. Tabiiy 
oʻlchovlarning yana biri hamma yerda ishlatiladigan vaqt oʻlchovlaridir. 
Munajjimlarning koʻp yillik kuzatishlari natijasida qadimgi Vavilonda vaqt birligi 
sifatida yil, oy, soat tushunchalari ishlatilgan. Keyinchalik Yerning oʻz oʻqi atrofida 
bir marta toʻla aylanishiga ketgan vaqtning 1/86400 qismi sekund nomini olgan. 
Qadimgi Vavilonliklar bizning eramizgacha boʻlgan II asrdayoq vaqtni “mina” deb 
atalgan birliklarda oʻlchashgan. Mina taxminan ikki astronomik soat vaqt orlagʻiga 
teng boʻlib, bu vaqt mobaynida Vavilonda rasm boʻlgan suv soatidan massasi 
taxminan 500 grammga teng boʻlgan «mina suvi» oqib tushgan. Keyinchalik «mina» 
soʻzi oʻzgarib, biz oʻrganib qolgan “minut” soʻziga aylangan [22]. 
Mamlakatlar oʻrtasida oʻzaro aloqalarning va savdo-sotiq munosabatlarining 
rivojlanishi metrologiya sohasidagi bilimlarning shakllanishiga va rivojlanishiga 
olib keldi, shu bilan birga maxsus texnika va oʻlchash vositalarining yaratilishiga 
ham sababchi boʻldi. 
Hozirda metrologiya sohasi yanada tez rivojlanmoqda, chunki ishlab 
chiqarish sanoatining rivojlanishi va mahsulotlarga qoʻyilayotgan zamon 
talablarining bajarilishi nazorat - oʻlchash asboblariga bogʻliqdir [34]. 
Metrologiya fanining rivojlanish tarixida quyidagi muhim bosqichlarni 
koʻrsatib oʻtish mumkin: 


– 1791 yilda metr etalonining Fransiyada qabul qilinishi (1 metr Yer meridiani 
uzunligining 4x10
-7
boʻlagiga teng qilib olinganligi); 
– 1875 yilda Parijda 17 davlat tomonidan Xalqaro konvensiyaning qabul 
qilinishi (bu esa mavjud metrik tizimni takomillashtirishga qaratilgan boʻlib, metr 
oʻlchov birligiga asos soladi); 
– 1893 yilda Rossiyada D.M. Mendeleev tomonidan oʻlchov va ogʻirlik 
(tarozi) Bosh palatasining tashkil etilishi; 
– 1931 yilda Leningrad shahrida oʻlchov va tarozi Bosh palatasi asosida D.M. 
Mendeleev nomidagi Butun ittifoq metrologiya ilmiy tadqiqot institutining tashkil 
topishi; 
– 1960 yilda Xalqaro birliklar tizimi (SI) ning qabul qilinishi. Bu tizim 
boʻyicha 1 metr vakuumda toʻlqin uzunligining 1650763,73 teng qilib olinishi 
(Kriptonni etalon metri); 
– 1983 yilda metrni qabul qilishda yorugʻlikning vakuumda 1/299792458 bir 
sekundda oʻtgan yoʻliga teng qilib qabul qilinishi; 
– 1993 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida 
Oʻzbekiston davlat Standartlash, metrologiya va sertifikatsiya markazi 
(Oʻzdavstandart) tashkil etildi; 
– 2002 yilda Oʻzbekiston davlat standartlashtirish, metrologiya va 
sertifikatsiya 
markazi 
Oʻzbekiston 
standartlashtirish, 
metrologiya 
va 
sertifikatlashtirish (“Oʻzstandart”) agentligiga aylantirildi [22].
- 2020-yil 1-yanvardan “Oʻzstandart” agentligining “Respublika sinov va 
sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasini “Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat 
nazorati markazi” davlat korxonasi (qisqacha “UzTest” davlat korxonasi)ga 
aylantirish hamda uning muassisi etib Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va 
texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti belgilandi. 
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 apreldagi 
«Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi 
faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-2935-sonli qaroriga 
muvofiq mavjud «Milliy etalonlar markazi» davlat muassasasi, «Metrologiya 
xizmatlari koʻrsatish markazi» davlat korxonasi va «Standartlashtirish, metrologiya 
va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti» davlat muassasasining metrologik 
boʻlinmalari negizida “Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti” davlat korxonasi 
(«OʻzMMI» DK) tashkil etildi. 
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 iyundagi «Texnik 
jihatdan tartibga solish sohasida davlat boshqaruvini tubdan takomillashtirish 
toʻgʻrisida» PF-6240-son Farmoniga asosan Oʻzbekiston standartlashtirish, 
metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi negizida Oʻzbekiston Respublikasi 
Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan 


tartibga solish agentligi (qisqacha “Texnik jihatdan tartibga solish agentligi”) 
tashkil etildi. 
Soʻngi yillarda Oʻzbekistonda metrologiya va standartlashtirish sohasida 
koʻplab islohatlar va muhim oʻzgarishlar amalga oshirildi. Jumladan, 2017 yil 2-8 
aprelda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston standartlashtirish, 
metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-
tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori qabul qilindi. Ushbu qaror muhim ahamiyatga ega 
boʻlib, mamlakatimizda standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish, 
muvofiqlikni baholash, mahsulot sifatini ta’minlash borasida olib borilayotgan 
ishlarning yanada kuchaytirilishi va yuqori sifatda amalga oshirilishiga asos boʻlib 
xizmat qiladi. 

Download 93.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling