Haqidagi fan
Download 93.79 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilmiy muammo
- Ilmiy gipoteza
Nazariy darajada bilish – tekshirilayotgan hodisa va jarayonlarning
qonuniyatlarini, oʻzaro bogʻliqliklarini oʻzlashtirish demakdir. Bunga empirik malumotlarni (tushuncha, nazariya, qonun, kategoriya, prinsip va h.k.) ratsional qayta ishlash yordamida erishiladi. Nazariy darajada bilishda abstraktlash koʻp qoʻllaniladi (bunda predmetlarni qator xossalari va munosabatlari ajratiladi); ideallashtirish – koʻrilayotgan obyekt obrazini fikran yaratish; sintez – tahlil qilish natijasida hosil boʻlgan elementlarni tizimga birlashtirish. Nazariy jihatdan tushuntirish va tekshirish asosida kelajakni ilmiy jihatdan oldindan koʻra bilish, fikr yuritish mumkin boʻladi. Nazariy darajada bilishning asosiy strukturasi ilmiy muammo, gipoteza va nazariyadan iborat boʻladi. Ilmiy muammo – bu eski mavjud nazariya yordamida tushuntirib boʻlmaydigan yangi omillar sodir boʻlganda kelib chiqadigan savol. Yangi muammoni yechish uchun urinish gipotezani kelib chiqishiga olib keladi. Gipoteza – bu taxminiy bir qator faktlar asosida shakllangan boʻlib, uning haqiqiyligi absolyut aniqlikda isbotlanmagan, lekin bir muncha ehtimoliy ilmiy muammodir. Ilmiy gipoteza albatta prinsipial tekshiruv shartlarini qanoatlantirishi zarur. Gipoteza – tahlil qilinadi, mantiqiy munozara qilinadi, eksperimental tekshiruvdan oʻtkaziladi. Agar tekshiruvlar natijasida gipotezani tasdiqlovchi takroriy isbotlar olingan boʻlsa, u holda qonun statusiga oʻtadi. Qonun bazasida ilmiy nazariya, ya’ni ilmiy bilim shakllanadi, bu esa real dunyoning muayyan sohasidagi qonuniyatlarning va ichki uzviy bogʻliklarini bir butun aks ettiradi. Istalgan nazariyaning asosiy elementi bu qonun, shuning uchun uni qonunlar tizimi deb qarash kerak-ki, u tekshirilayotgan real obyektning mohiyatini yoritib beradi. Ilmiy nazariyalarga misol qilib Nyuton yaratgan klassik mexanika, elektromagnit maydon toʻgʻrisidagi Maksvell nazariyasi, Eynshteynning nisbatlar nazariyasi, D.J. Teylorning xatoliklar nazariyasi, Shuxart Deminning sifat tizimining statistik usullari toʻgʻrisidagi nazariyasi va yana bir qator nazariyalarni keltirish mumkin. Empirik va nazariy darajadagi bilishlar oʻzaro bir – biri bilan bogʻliq. Istalgan nazariyani yaratilishiga amaliy tajriba va uni tajribada toʻgʻri tekshirilgani boshlangʻich turtki boʻladi. Empirik (tekshiruv) tadqiqot yangi malumotlarni namoyon qiladi va nazariy bilishga asosiy stimul boʻlib, oʻz navbatida empirik bilish vositalari va metodlarini takomillashtirishga moʻljallaydi va yoʻnaltiradi. Download 93.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling