Haqidagi fan


 Bilish nazariyasida oʻlchashlarning oʻrni


Download 93.79 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana21.10.2023
Hajmi93.79 Kb.
#1714368
1   2   3   4   5   6   7   8
1.3. Bilish nazariyasida oʻlchashlarning oʻrni 
Bilish nazariyasi - falsafa boʻlimi boʻlib, u bilish qonuniyatlari va 
imkoniyatlari, 
bilimning obyektiv reallikka 
munosabatini oʻrganadi, bilish 
jarayonining bosqichlari va shakllarini, bilishning ishonchliligi va haqqoniyligi 
shartlari va mezonlarini tadqiq qiladi. Bilish nazariyasi hozirgi zamon fanida 
qoʻllaniladigan usullar (tajriba, modellashtirish, analiz va sintez va h.k.)ni 
umumlashtirib, uning falsafiy metodologik asosi sifatida namoyon boʻladi.
Bilish jarayonida tajriba va amaliyotning katta ahamiyati bor. Bu yerda 
amaliyot 
(praktika) 
keng 
ma’noda 
boʻlib, 
insonning 
jamiyatga 
ta’siri, tabiat hodisalarini oʻzgartirishi, yangi narsalar, jamiyatning yashashi uchun 
zaruriy shartsharoitlar yaratishi tushuniladi. Kishilarning tabiat qonunlari haqidagi 
bilimiga asoslangan amaliy faoliyatlari bilish taraqqiyotini, fan va texnika ravnaqini 
belgilaydi. Sezgi, tasavvur va tushunchalarimizning obyektivligini tekshirish bilish 
jarayonining eng muhim vazifasidir.
Bilimlarimizning haqiqiyligi amaliyot orqali tekshiriladi, tasdiqlanadi.
Atrof-muhit (dunyo) obyektlari (moddiy tizimlar, voqealar, jarayonlar va 
hodisalar) biz uchun bilish predmetlari hisoblanadi. Bizni oʻrab turgan material 
dunyoni bilish (anglash)da tabiat qonuniyatlarini oʻrganish, tadqiq qilish, ularni 
oʻzaro bogʻliqligi, uzviyligini baholash, moddiy boyliklarni hisobga olish, 
mahsulotlarni sifatini aniqlash, kishilarning u yoki bu faoliyatini miqdoriy baholash 
muhim ahamiyatga ega. Albatta har qanday miqdoriy informatsiya oʻlchash 
yordamida olinadi (aniqlanadi). Shunday qilib, oʻlchashlar bilish jarayoni,
oʻlchash informatsiyasini olish amali esa bilish (anglash) amalidir.
Ilmiy adabiyotlarda bilish nazariyasi GNOSEOLOGIYA deb ataladi (qadim 
grekchada γνοζίζ – bilim, bilish va λογοζ – nutq, soʻz, ilm yoki fan). Hamon 
oʻlchashlar bilish vositasi ekan, oʻlchashlar haqidagi fan – METROLOGIYA ( 
μετρον – oʻlchov va λογοζ – nutq, soʻz, ilm yoki fan) gnoseologiyaga oid qarash 


mumkin, metrologiyaning dastlabki tushunchalari esa bilish nazariyasining 
elementlari hisoblanadi.
Oʻlchashlarsiz zamonaviy fanni, sanoatni, qishloq xoʻjaligini va xalq 
xoʻjaligining bironta boshqa sohalarini tasavvur qilib boʻlmaydi. Hozirgi vaqtda 
oʻlchashlarga bir tomonlama nuqtai nazarda qarash mumkin emas. Ba’zida 
oʻlchashlarga har xil turdagi baholashlar ham taalluqli boʻladi. Masalan, oʻquvchi 
bilimini ballarda baholash, kishini aqliy qobiliyatini baholash, mehnat 
unumdorligini baholash va shunga oʻxshashlar. 
Bilishbilim egallash, toʻplash, uni doimiy chuqur oʻrganish 
(chuqurlashtirish), kengaytirish va takomillashtirish jarayonidir. Bilim esa bilish 
natijasi. 

Download 93.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling