Iqtisodiy o’sish omillari
Iqtisodiy o‘sish ishlab chiqarishning rivojlanishi bo‘lar ekan, Bunga ta’sir etuvchi kuchlar ishlab chiqarish omillaridan boshqa Narsa bo‘lishi mumkin emas. Shu sababli, bu resurslarning miqdori, Sifati va ularning naqadar samarali ishlatilishiga bogiiq boMadi, Chunki resurslar ishlab chiqarish omillariga aylanadi. Resurslar Ko‘payganda tovarlar va xizmatlar oldingidan ko‘proq yaratiladi. Masalan, yangi yerlar ochilsa, yangi konlar, suv manbalari ishga tushirilsa, mashina-uskunalar va ishlovchilar soni ko‘paytirilsa, Shubhasiz ishlab chiqarish o‘sadi. Ayni paytda ularning sifati yuqori Bo‘lsa, ularni sarfiga nisbatan ishlab chiqarish tezroq o‘sadi. Agar Yangi ochilgan yerda tuproqning tabiiy hosildorligi yuqori bo‘lsa, Yetishtirilgan mahsulot ko‘p bo‘ladi. Ochilgan neft konidagi neft Sayoz joylashgan bo‘lib, u toza bo‘lsa olingan neft mahsuloti ham Ko‘p bo‘ladi. Oltin konidagi ruda tarkibida oltin hissasi ko‘p bo‘lsa, Tabiiy ravishda, oltin qazib olish ko‘payadi. Korxonalarda ishlatiladigan mashina-uskunalar ko‘paytirilsa, ishlovchilar soni oshsa Ham mahsulot ishlab chiqarish o‘sadi. Biroq resurslar cheklanganligidan, ularni to‘xtovsiz ko‘paytirib boMmaydi. Shu sababli resurslardan tejamli foydalanib, iqtisodiyotni o‘stirish zaruratga aylanadi.
Iqtisodiy o‘sish yuz berishi uchun bozor talabiga muvofiq tovar Va xizmatlarni yaratish kerak bo‘ladi. Biz bilamizki, iqtisodiy o‘sish YalM ko‘payishini anglatadi. YalM esa, tovar va xizmatlarning Bozordagi qiymati. Agar ular sotilmasa, bozor qiymati yuzaga kelmaydi. Shu sababli bozorbop tovar va xizmatlarni yaratish iqtisodiy O‘sishni ta’minlaydi. Resurslar kamyob boMganidan, ulardan samarali foydalanish iqtisodiy o‘sishning asosiy shartiga aylanadi, Biroq tabiiy resurslarning oz yoki ko‘pligi ham o‘z ahamiyatini Yo‘qotganicha yo‘q. Shu sababli Quvayt, Saudiya Arabistoni, Eron, Venesuela kabi mamlakatlarning iqtisodiy o‘sishi, ular yerining Neftga boyligibilanizohlanadi.
Agar tabiiy boylik e’tibordan qochirilsa hozirgi paytdagi iqtisodiy o‘sish omillari quyidagilardan iborat bo‘ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |