Har qanday mamlakat hukumati iqtisodiy siyosatining eng muhim uzoq muddatli maqsadlaridan biri iqtisodiy o’sishni rag’batlantirish, uning sur’atlarini barqaror va optimal darajada ushlab turishdir


Milliy iqtisodiyot. Nominal va real yalpi ichki mahsulot


Download 1.24 Mb.
bet2/17
Sana24.01.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1114532
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI 01560

1.1. Milliy iqtisodiyot. Nominal va real yalpi ichki mahsulot
Iqtisodiy faoliyat muayyan mamlakatlar miqyosida ikki darajada Yuz beradi. Birinchisi mikrodaraja, ya’ni firmalar (korxonalar) va Xonadonlar darajasidagi iqtisodiyot boiib, bu mikroiqtisodiyotni Tashkil etadi. Buning qanday yuz berishini oldingi boblarda ko‘rib Chiqdik. Ikkinchisi jamiyat miqyosida, ya’ni mamlakatlarning milliy Doirasida yuz beradigan iqtisodiy faoliyat bo‘lib, bu makroiqtisodiyotni hosil qiladi.
Milliy iqtisodiyot muayyan mamlakatning ichida yuz beradiganIqtisodiy faoliyat bo’lib, bunda firmalar, xonadonlar va davlat ishtirok etadi.
Yer yuzida qancha mustaqil mamlakatlar boisa shuncha milliy Iqtisodiyot bor, deb aytish mumkin. Hozir dunyoda 200 dan ziyod Milliy iqtisodiyot mavjud.
Milliy iqtisodiyot mamlakat mustaqilligining tayanchi hisoblanadi. Chunki u mustaqillikni moddiy jihatdan ta’minlaydi Milliy Iqtisodiyot muayyan mamlakatda yaratilgan tovar va xizmatlar, To‘plangan moddiy va nomoddiy boylik shu mamlakatga qarashli Boiishini, ya’ni milliy mulkchilik mavjudligini bildiradi. Milliy Mustaqillik mamlakatdagi iqtisodiy faoliyat, hatto xorijliklarga Qarashli sektorning faoliyati ham milliy manfaatlarga zid emas, balki Bunga mos boiishini bildiradi. Milliy mulkning iqtisodiyotdagi Ustuvorligi xorij mulkidan yuz o‘girishini bildirmaydi. Milliy Iqtisodiyotda xorij mulki bo‘lgan kapital, tovarlar, xorijliklarning Mehnati ham qatnashadi, biroq bular nazorat ostiga olinib, ular Milliy manfaatlarga putur yetkazishiga yo‘l berilmaydi.
Iqtisodiyotning milliyligi uni boshqalar uchun yopiqligini bildirmaydi, aksincha u ochiq boiadi, tashqi dunyo bilan o‘zaro Manfaatli aloqaga tayanadi. Biroq milliy iqtisodiyot asosan o‘zining Resurslariga tayanadi, milliy an’analar, odatlar va ko‘nikmalami O‘zida mujassamlashtiradi. Har bir milliy iqtisodiyot o‘zining Tarkibiy tuzilishi (strukturasi) va darajasi jihatidan boshqalardan Farqlanadi. Bir yerda milliy iqtisodda eksport va importning roli Katta boisa, boshqa yerda buning roli kichik boiadi. Milliy Iqtisodiyot industrial, agrar va agrar-industrial xarakterda boiadi Hamda sanoat va qishloq xo‘jaligining iqtisodiyotdagi o‘rni bilan Tavsiflanadi. Masalan, AQSh, Angliya yoki GermaniyS iqtisodiyoti Industrial boisa, ya’ni sanoatga tayansa, 0 ‘rta Osiyo mamlakatlari iqtisodiyoti ham qishloq xo‘jaligi, ham sanoatga tayanadi. Shunday milliy iqtisodiyot ham bo‘ladiki, u na sanoatga, na qishloq xo‘jaligiga asoslanadi, u xizmat ko‘rsatish (servis)ga tayanadi. Masalan, Gonkong va Singapur iqtisodi rivojlangan mamlakat hisoblanadi, lekin u moliyaviy xizmat va dengiz suv kemalari va porti bilan xizmat ko‘rsatishga asoslanadi.
Milliy iqtisodiyotlar darajasi ham farqlanadi. Shu jihatdan milliy iqtisodiyotlar yuksak rivojlangan, o‘rtacha, o‘rtachadan pastroq darajadagi, kam rivojlangan va o‘ta qoloq iqtisodiyotlarga ajratiladi.1
Milliy iqtisodiyotlar qanchalik farqlanmasin, baribir ular hamma uchun umumiy bolgan bozor qonunlariga binoan rivojlanadi va bu yaratilgan tovar va xizmatlarning ko‘payib borishida ifoda etiladi. Makroiqtisodiyot milliy iqtisodiyot bo‘lar ekan, bu iqtisodiyotning yaxlitligini bildiradi, barcha firmalar, xonadon xo‘jaliklari va barcha bozorlar faoliyatining pirovard natijasi boMadi. Makroiqtisodiyot jamiyatning umumiqtisodiy faoliyati bo‘lganidan bu yerdagi o‘zgarishlar qaytadan firmalar va xonadonlar iqtisodiyotiga ta’sir etadi. Demak, mikro va makroiqtisodiyot uzviy bogMiqlikda bo‘ladi. Iqtisodiyotning asosiy ishtirokchilari firmalar va xonadon xo‘jaliklari makroiqtisodiy oborotda ishtirok etadilar. Ular bir-biriga resurslar va iste’mol tovarlarini yetkazib beradilar. Xonadonlar ishlab chiqarish omillari bozoriga mehnat, yer va kapital kabi resurslarni yetkazib beradilar va ularni sotishdan pul daromadiga ega bo‘ladilar. Bu resurslarni firmalar bozordan sotib olish uchun pul shaklida xarajat qiladilar. Ular resurslarni ishlab chiqarish omiliga aylantirib tovar va xizmatlami yaratadilar, ularni iste’molchilar bozoriga chiqarib xonadonlarga sotadilar. Resurslar sotilgan paytda xonadonlar daromad olsa, iste’mol buyumlarini firmalardan xarid qilganlarida xarajat qiladilar. Shu taxlitda firmalar resurs olganda xarajat qilsalar, o‘z tovar va xizmatlarini sotishganda daromad oladilar. Firmalar va xonadonlar makroiqtisodiy oborotning asosiy ishtirokchilari bo‘lsalarda, bu ishda davlat ham qatnashadi. Davlat firmalar va xonadonlarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatadi va ulardan uning haqi sifatida soliqlarni oladi. Xullas, iqtisodiy oborot yuz berganda firmalar, xonadonlar va davlat o‘rtasida iqtisodiy aloqalar o‘matiladi. Buni q
uyidagi chizmadan ko‘rishimiz mumkin (1.1-rasm).2

1.1-rasm
Chizmadagi strelka shaklidagi yaxlit to‘g‘ri chiziq tovar va xizmatlar harakatini, strelka shaklidagi uzilgan chiziq pul harakatini bildiradi. Chizmaga ko‘ra, tovar va xizmatlar oqimiga qarama-qarshi ravishda pul oqimi yuz beradi, chunki tovarlar va xizmatlar pulga sotib olinadi.
Demak, makroiqtisodiy oborotda firmalar, xonadonlar va davlat o’rtasida tovar va xizmatlarni pul vositasida ayirboshlash, ya’ni tovar-pul munosabatlari yuz beradi. Shu jarayonda iqtisodiyot ishtirokchilari o‘z tovarini sotib, boshqa tovar sotib olish orqali o‘z ehtiyojini qondiradi.
Makroiqtisodiy oborot jarayonida iqtisodiyot ikki sektorga ajratiladi:
1. Real sektor - bu yaratilgan tovar va xizmatlarning iqtisodiyot subyektlari o‘rtasidagi harakati;
2. Pul sektori — bu subyektlar o‘rtasidagi tovar va xizmatlar harakatiga qarama-qarshi ravishda yuz beradigan pul oqimining harakati.
Real sektordagi firmalar yalpi ichki mahsulot yaratishadi.
Yalpi ichki mahsulot (YalM) deganda ma’lum davr mobaynidamamlakat ichida pirovard natijada yaratilgan tovar va xizmatlarning bozor qiymati tushuniladi.
YalM bu oraliq ya’ni qayta ishlanadigan mahsulot emas, balki iste’molga tayyor boMganidan bozorda sotiladigan mahsulotdir. Uning bozorda sotilgan narxi bozor qiymati boladi. Bu qiymat tovarning miqdori va sifatini aks ettiradi. YalMni faqat moddiy shakli bor tovarlar, masalan, oziq-ovqat, kiyim-kechak uy-joy, mashina-uskuna va transport vositalarininggina qiymati emas, balki moddiy shakli boimagan xizmatlar, chunonchi san’atkor, shifokor, o‘qituvchi, yurist, sartarosh kabilar xizmatining qiymati ham tashkil etadi. YalMga muayyan davrda, masalan, bir yilda yangidan yaratilgan mahsulotlar bozor qiymati kiritiladi. Ammo bunga ilgari yaratilgan, lekin keyinchalik qaytadan sotilgan mahstalot qiymati kirmaydi. YalMga muayyan mamlakatning ichkarisida yaratilgan mahsulot va ya’ni xorijda yaratgan tovar va xizmatlari uning YalMiga kirmaydi, Aksincha boshqa mamlakatning YalMini tashkil etad aksincha boshqa mamlakatning YalMini tashkil etadi.
Mamlakatning o‘zida va tashqarisida uning vakillari yaratgan Tovar va xizmatlarning bozor qiymatlari birgalikda yalpi milliy Mahsulotni (YaMM) tashkil etadi.
YaMMdan jami amortizatsiya ajratmalarini, ya’ni mashina— Uskunalar va bino-inshootlarning to‘zigan qismi qiymatini chegirib Tashlasak, qolgan qismi sof milliy mahsulot yoki milliy daromad, deb Yuritiladi. Milliy iqtisodiyot holatini tavsiflovchi asosiy koisatkich YalM boiadi. Ko‘pchilik mamlakatlarda YalM va YaMM farqlanishi ±1 % atrofida boiadi. Shu sababli, mamlakatning iqtisodiy Salohiyatiga baho berilganda YalM asos qilib olinadi. YalM butun Jamiyat iqtisodiy faoliyatining ma’lum davrdagi natijasi hisoblanadi. Uning miqdori ikki usul yordamida hisoblab chiqiladi:
1 Daromad usuli. Bunda iqtisodiyotning barcha subyektlarining ma’lum davrdagi daromadi jamlanadi. Bundan olingan hosila YalMga teng boiadi. Bu daromadlarga xonadonlar, firmalar va Davlatning daromadlari kiradi;
2 Xarajat usuli. Bunda hamma iqtisodiyot subyektlarining Xarajatlari jamlanadi. Bular iste’mol, investitsiya, davlat xaridi va sof Eksportdan iborat boiadi. Iste’mol sarflari xonadonlarning tovar va Xizmatlar xaridi uchun qilgan xarajati bo‘ladi. Investitsiyalar Mashina-uskunalar, ko‘chmas mulk (bino, inshoot, er)ni sotib olish, Xonadonlarning uy qurish, tayyor uy yoki kvartiralami sotib olish Xarajatlaridan iborat bo‘ladi. Davlat xaridi — bu davlat idora va Tashkilotlarining tovar va xizmatlarni sotib olishga ketgan xarajati. Bunga misol qilib davlatga qarashli mehribonlik uylari, shifoxonalar, Universitetlar, kollejlar, mudofaa vazirligi kabilarning tovar va Xizmatlarni xarid etishini olish mumkin. Sof eksportga kelsak bu Eksport va importning farqidan iborat. Bu farq musbat (+) boisa, u YalMga qo‘shiladi, agar u manfiy (—) boisa, YalM dan chegirib Tashlanadi.
Aytilgan 2 usul bilan YalM hajmining aniqlanishi muayyan Paytdagi iqtisodiy oborotda daromad va xarajatlaming teng Boiishidan kelib chiqadi.


Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling