Har qanday mamlakat hukumati iqtisodiy siyosatining eng muhim uzoq muddatli maqsadlaridan biri iqtisodiy o’sishni rag’batlantirish, uning sur’atlarini barqaror va optimal darajada ushlab turishdir
Ishlab chiqarishdagi moddiy kapital sanalgan mashina-uskunalarning texnikaviy darajasi, ularning yuqori unum bera olishi
Download 1.24 Mb.
|
IQTISODIYOT NAZARIYASI 01560
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlab chiqarishning texnologik usullari
- Moddiy kapitalga investitsiya
Ishlab chiqarishdagi moddiy kapital sanalgan mashina-uskunalarning texnikaviy darajasi, ularning yuqori unum bera olishi. Agar mashina-uskunalar qanchalik mukammal boisa, shunchalik Tovar va xizmatlar ko‘p yaratiladi.
Inson kapitalining sifat darajasi. Inson kapitali bu ishlovchilarning bilim darajasi, ishlash mahorati va tajribasidir. Inson Kapitali moddiy kapitaldan farqli o`laroq, moddiy shaklga ega emas, Uni ko‘z bilan ko‘rib yoki qo‘l bilan ushlab boimaydi, u insonningJismida mujassamlashgan bo‘ladi, inson tirik ekan unda saqlanib qoladi. Bu kapital amalda kishilarning mehnat saviyasida ifoda Etiladi. Eng mukammal texnika ham insonsiz ish bermaydi. qayerda Ish kuchi sifatli bo‘lsa, shu yerda texnika yaxshi natija beradi. Ishlab chiqarishning texnologik usullari. Bu muayyan bozor sharoitida yangi usullar bilan tovar va xizmatlami yaratib, ularni o‘z vaqtida bozorga yetkazishni talab qiladi. Texnologik novatsiya (yangilanish) qanchalik tez borsa, boshqa shart-sharoitlar o‘zgarmagan taqdirda ishlab chiqarish shunchalik tez o‘sadi, chunki mehnat unumdorligi yuksalib, vaqt birligida yaratilgan tovar va xizmatlar ko‘payadi. Milliy iqtisodiyot darajasi texnologik novatsiyaga to‘g‘ri mutanosiblikda bo‘ladi. Moddiy kapitalga investitsiya — bu ishlab chiqarishning moddiy omillarini ko‘paytirish va takomillashtirishga yuboriladi. Inson kapitaliga investitsiya — bu kishilarning bilim darajasi va mehnat malakasini oshirishga, sogMigini ta’minlashga yuboriladi. Investitsiya cheksiz oshib borishi mumkin emas, chunki buning O‘z chegarasi bor va bu mamlakatning iqtisodiy salohiyatiga qarab Har xil boiadi. Iqtisodiyotda shunday qonuniyat borki, unga ko‘ra Investitsiya normasi iqtisodiyot darajasiga teskari mutanosiblikda boMadi. Agar investitsiya normasini /, deb qabul qilsak, Ii>i2>i3>...>ip kelib chiqadi. Buni rivojlangan mamlakatlar tajribasi Tasdiqlaydi. Bu mamlakatlarda XX asr o‘rtalarida ishlab chiqarishga Investitsiya qilish normasi 20—25 % bolsa, XXI asr boshlariga kelib Bu ko‘rsatkich 14—16 %ga tushib qoldi. Ammo, investitsiyalarning Mutlaq hajmi o‘sadi, chunki YalM miqdori oshib boradi. Natijada, Investitsiya o‘simining har bir foizining miqdori ko‘payadi. Iqtisodiyotda investitsiya multiplikatori6 degan narsa bor, bunga ko‘ra,qolyilgan investitsiya miqdorining o‘sishiga nisbatan YalMning Miqdori tezroq ko‘payadi. Multiplikator investitsiya o‘simiga (A Y) Nisbatan YalM qanday o‘sganligini (AM) bildiradi, ya’ni bu — -Д Y Demakdir. Iqtisodiyot rivojlanishi bilan investitsiyaning bu ishga qo‘shgan hissasi ortib boradi. Investitsiya birligining iqtisodiy O‘sishdan iborat natijasi ortib borishi uchun, u iqtisodiyotning ilg‘or Sohalariga yuborilib, yangi texnologiyani joriy etishga qaratilishi kerak. Bu investitsiyalarning novatsiyalarga, ya’ni yangilikni joriy Etishga yuborilishini bildiradi. Shundagina multiplikatsiya samarasi7 boradi, ya’ni investitsiya birligiga hisoblangan iqtisodiy o‘sish Tez boradi. Agar investitsiya eski sohalarga qo‘yilib, eski texnologiyaga qaratilsa samara bermaydi, chunki tovar va xizmatlar Miqdori resurs sarfiga nisbatan tez o‘smaydi va eng muhimi eski Sohalarda yaratilgan mahsulotlarga talab bo‘lmay, ular sotilmay Qoladi, natijada mahsulot va xizmatlarning bozor qiymati pasayib, Iqtisodiyot orqaga ketadi. Agar investitsiyalar novatsiyaga yuborilsa, Iqtisodiyot tez o‘sadi, chunki bular bozorda talab bor tovarlarni Yangi yuksak unumli texnologiyaga tayanib ishlab chiqarilishini Bildiradi. Investitsiya ishlab chiqarish omillarining sifatini oshirgan taqdirda ishlab chiqarish funksiyasini kuchaytiradi, bu esa biz oldingi Boblarda ko‘rganimizdek ishlab chiqarish hajmini uning omillariga Bog‘liqligini ko‘rsatadi. Agar mahsulot hajmini Qm, mehnat miqdorini U, moddiy kapital miqdorini K, inson kapitalini C, mahsulot Yaratishning ishlab chiqarish omillariga bog‘liqligini E, texnologiya Samarasini A deb olsak, AQ=AE (AY, AK, AC) hosil bo‘ladi. Investitsiya barcha ishlab chiqarish omillarini bir-biriga bog‘liq Holda takomillashtirgan taqdirda, jadal iqtisodiy o‘ ;ish yuz beradi. Biroq, bu yerda iqtisodiy o‘sishni iqtisodiyot darajasiga teskari Mutanosiblikda bogManishi bor. Agar iqtisodiy daraja qanchalik past Bo‘lsa, boshqa shart-sharoit bir xil boMganda, shunchalik investitsiya Beradigan iqtisodiy o‘sish jadal boradi. Masalan, mahsulot miqdori Q=120 ЬоЧа turib investitsiya tufayli yangidan 12 ta mahsulot yaratilsa, iqtisodiy o‘sish 10 % ( 12/120x100 = 10 %) boMadi. Agar Q=6000 bo‘la turib, yangidan 180 ta mahsulot ishlabI Chiqarilsa, iqtisodiy o‘sish (180/6000x100%=3%) boʻladi Bunda ishlab chiqarish hajmi 120<6000 boigani holda, 10 %> 3 % kelib chiqadi. Investitsiyalar yetarli boiganda dastlabki iqtisodiy Darajasi past mamlakatlar bu yuqori bo‘lgan mamlakatlarga nisbatanjadalroq rivojlanadi. Bunday hodisaning tagida qo£shimcha kapital daromadligining pasayib borishi yotadi. Bir ishlovchiga to‘g‘ri keladigan kapital miqdori qanchalik ko‘p Bo’lsa, investitsiya tufayli qo’shimcha kiritilgan kapital shunchalik Mahsulot o‘simini kam beradi. Agar bu ko£rsatkich qanchalik kam Bo‘lsa, iqtisodiy o‘sish shuncha ildam boradi. Bu mehnat unumdorligi darajasining o‘zgarishi bilan bog‘liq. Yuksak unumdorlik bor Yerda uni o‘stirish qiyin bo‘ladi. Unumdorlik past yerda kichik Miqdordagi investitsiya ham iqtisodiy o‘sishni tezlatadi, chunki Darajasi past joyda unumdorlikni darajasi yuqori joydagiga nisbatan Ko‘tarish yengil bo£ladi. Biroq investitsiyani moddiy kapitalga Yuborish bilan cheklanib bo‘lmaydi, chunki iqtisodiy o‘sish uchun Inson kapitali ham takomillashib borishi kerak. Ta'lim darajasi. Iqtisodiy o‘sish yuz berishi uchun moddiy va Inson kapitalining mukammalligi bir-biriga mos boiishi talab Qilinadi. Buning uchun ishlab chiqarishning texnologik darajasiga Ish kuchining sifati mos tushishi kerak, aks holda yangi texnologiyadan unumli foydalanib bo£lmaydi. Shu o‘rinda ta’lim darajasini ko‘tarish iqtisodiy o‘sish omiliga aylanadi. Ta’lim darajasi Kishilarning bilim olish vaqti nechog‘li uzun bo‘lishiga va eng Muhimi olingan bilimning chuqur bo‘lishiga bog‘liq. AQShda bir yil Davomida olingan bilim keyinchalik shu o‘qigan kishining ish haqini 10 % oshiradi, chunki bu unumdorlikning ortishiga olib keladi. Bilimdonlar qanchalik ko£p bo£lsa, shunchalik ilmiy kashfiyot va Texnologik ixtiro ko£p bo£ladi. Ular ishlab chiqarishga kirib borib, Mehnat unumdorligini oshiradi. Ilg£or mamlakatlarda mehnat Unumdorligi o£sishining texnologik yangiliklar beradi. Yangiliklar Ommaviylashgan sari iqtisodiy o£sish tezlashadi. Masalan, Koreya Respublikasidagi texnologik yangiliklaming ko£pchiligini AQSh va Yaponiyada o£qib kelgan olimlar va mutaxassislar yaratgan, ular Ishlab chiqarishga joriy etilib, jadal iqtisodiy o£sish yuz bergan. XXI Asr yangi texnologiyalar asri bo£ladi, shu bois iqtisodiy o£sishda Ta’lim rolining yanada kuchayishi kutiladi. Iqtisodiy erkinlik darajasi. Bu bozor kuchlarining erkin amal Qilishini va iqtisodiyotga ta’sirini bildiradi. Erkinlikning poydevorini Xususiy mulk tashkil etadi. Shu bois, mulkning dahlsizligini, uning O’z egasi manfaati yolida ishlatilishini qonunchilik asosida ta’- Minlash iqtisodiy o£sishning sharti hisoblanadi. Shu sababli mulkiy Huquq himoya qilingan bo£lishi zarurat hisoblanadi. Mulk sohibi Undan o£z bilganicha erkin foydalanib, daromad chiqarib olishi Kerak. Shundagina u tashabbus ko£rsatib iqtisodiy <*£sishga hissa Qo£shadi. Iqtisodiyotning ochiqligi. Bu milliy iqtisodiyotni o‘zgalar Uchun ochiq bo£lishini, bu yerga tashqaridan resurslarning erkin Kirib kelishini, eksport va importning kengayib borishini anglatadi. Ochiq iqtisodiyot sharoitida resurslar, jumladan chet el kapitali Ishlab chiqarishning kerakli sohalariga yuborilib, ular rivojini tezlashtiradi, bu bilan YalMning ko‘payib borishini ta’minlaydi. Ochiq Iqtisodiyot tashqi savdoning afzalligidan foydalanishga sharoit Yaratadi. Biroq, buning uchun transport kommunikatsiyasi rivojlangan bo‘lishi kerak. Shu sababli suv yo‘li bilan jahon bozoriga Chiqa oladigan mamlakatlarda iqtisodiy o‘sishga erishish nisbatan Yengil bo‘ladi. Ilg‘or «Osiyo arslonlari» mamlakatlari qulay suv Yo‘llari orqali jahon bozoriga qo‘shilib iqtisodiyotning yuqori marralariga yetib olishdi. Quruqlik bilan oralib, suv yo‘li bilan chetga Chiqa olmagan mamlakatlarda ochiq iqtisodiyotning afzalligidan Foydalanish muammo bo‘lib qoladi. Xalqaro bozordagi holat. Bu tashqi bozor konyunkturasi bo‘Lib, bu yerda narxlarni pasayib va oshib turishi eksporti katta mamlakatlardagi iqtisodiy o‘sishga ta’sir etadi. Eksport tovarlari narxi oshsa YalM hajmi ortadi. Bordi-yu, ular pasaysa, YalM hajmi ham Qisqaradi. Masalan, 2003-2005-yillarda jahon bozorida neft narxining shiddat bilan o‘sishi uni eksport qiluvchi mamlakatlar iqtisodiy o‘sishiga katta hissa qo‘shdi. Demografik vaziyat. Iqtisodiy o‘sish jon boshiga hisoblangan YalM ning ko‘payishini bildirar ekan, bu aholining soniga ham bogMiq bo‘ladi. YalM jon boshiga ortib borishi uchun, ishlab chiqarish aholi soniga nisbatan tezroq o‘sib borishi zarur. Agar aholi 2 % o‘sib, ishlab chiqarish 5 % o‘ssa, jon boshiga YalM 3 %ga ortadi. Aholi o‘sishining sustlashuvi iqtisodiy o‘sishga ko‘mak bersa, uning Tez o‘sishi aks natijaga keltiradi. Shu bois, iqtisodiy o‘sishga erishish Uchun aholining o‘sishi tartiblanib turishi talab qilinadi. Iqtisodiy o‘sishning omillari bir xil amal qilmaydi, shu vajdan Ular iqtisodiyotga har xil hissa qo‘shadi. Ularning aksariyat qismi Mehnat unumdorligini oshirish orqali iqtisodiyotni rivojlantiradi. 6000> Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling