2.2.Sainaradorlikning ijtimoiy ahamiyati. Yalpi ichki mahsulotning ishlatilishi
Samaradorlik iqtisodiy farovonlikni oshirishga xizmat qiladi. Bu uning ijtimoiyligidir.
Iqtisodiyotda shunday qoida borki, unga ko‘ra kishilarningIqtisodiy farovonligini, ular tovar va xizmatlarni naqadar darajadaYarata olishi belgilab beradi.
Kishilar o‘z mehnati bilan yaratgan ne’matlarni iste’mol qiladilar. Agar bundan ortiq iste’mol qilinsa, to‘plangai^ milliy boylik yeb yuboriladi yoki mamlakat tashqi qarzga botib qoladi. Ayni paytda iqtisodiyotni kelajakda rivojlantirish uchun investitsiya yetishmay qoladi, chunki iste’mol ko‘pligidan jamg‘arma hosil boʻladi.
Shu bois, turmush farovonligi iqtisodiyotning samaradorligiga bogʻliqdir. Agar jamiyat qanchalik kam sarflagan holda ko‘p ishlab chiqarsa, shunchalik kishilar farovon yashaydilar. Hozir dunyodagi mamlakatlarda farovonlikning jiddiy farqlanishini iqtisodiyot samaradorligining turlicha boMishi yuzaga keltiradi. Boy mamlakatlarda samaradorlik yuqori bo‘lganidan turmush farovonligi yuksak. Kambag‘al mamlakatlarda aksincha, samaradorlik past boMganidan Turmush darajasi ham past.
Aholining farovonligini oshirib rivojlangan mamlakatlardagidek Farovon hayotga erishish uchun samaradorlikni muttasil ko‘tarish zarur.
Yalpi ichki mahsulotning ishlatilishi
Jamiyatning mehnati bilan yaratilgan YalM, birinchidan, aholi Iste’molini qondirishga, ikkinchidan, kelajakda iqtisodiyotni rivojlantirish uchun sarflanadi. U taqsimlanganda turli qismlarga Ajratiladi.
Iste’mol fondi.13 Bu haryilgi iste’molni qondirishga ketadigan Qism boklib, bu birinchidan xususiy, ikkinchidan davlat iste’moli Uchun xizmat qiladi.
Yalpi jamg‘arma fondi.14 Bu iqtisodiyotni o‘stirishga yuboriladi
YalM asosiy qismi xususiy iste’molga yuboriladi va bu xonadonlar hamda firmalar iste’molidan iborat bo‘ladi. Hozir yer yuzida Xususiy iste’mol YalM ning 2/3 qismini tashkil etadi. Xonadon Iste’moli uning joriy ehtiyojini qondirishga qaratiladi. Bu ishlovchilarning ish qobiliyatini tiklash, uni rivojlantirish, bolalarni boqib Tarbiyalash uchun ketadi. Uning hisobidan xonadonda inson Kapitalini investitsiyalash ham yuz beradi. Firmalarda iste’mol bu Resurslar iste’moli bo‘Iadi, ya’ni YalMning mashina-uskuna, xomashyo, yoqilg‘i va turli materiallardan iborat qismi ishlab chiqarishda Ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |